Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.51K photos
1.6K videos
40 files
4.74K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#4_sektor

4-sektor rahbari sayyor qabul doirasida yordamga muhtoj aholi qatlamining uylarida ham bo‘lmoqda


Mahallada kambag‘allikni qisqartirish, aholi murojaatlarini o‘rganish, ularning muammolariga joyida yechim topish, maqsadidida bugun viloyat 4-sektor rahbari D.Yuldashev G‘ijduvon tumani “Chorsu” mahalla fuqarolari yig‘inida sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabulda mahalla yettiligi, tuman xalq qabulxonasi hamda tegishli tashkilot vakillari ishtirok etdi.

Qabul davomida 30 dan ortiq fuqarolardan moddiy yordam, doimiy ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatlarini boshlash uchun kredit ajratilishiga ko‘maklashish va turli ijtimoiy masalalar yuzasidan 15 dan ortiq murojaatlar kelib tushdi.
Murojaatlarning 10 ga yaqini shu yerning o‘zida hal etildi.

Jumladan, ushbu mahallaning “Istiqlol” ko‘chasidagi 33-xonadonda istiqomat qiluvchi Marziya Muhidova sayyor qabulda ijtimoiy ahvoli og‘irligi, turmush o‘rtog‘i ham bir necha yildan beri hastaliligi sababli dori-darmon hamda uyini ta’miriga ko‘mak berishlarini so‘rab murojaat qildi.

Sektor rahbari sayyor qabul doirasida Marziya Muhidova xonadonida bo‘lib, uning ijtimoiy ahvolini zudlik bilan o‘rgandi hamda tegishli tashkilot vakillari ishtirokida ushbu oilaga beriladigan amaliy yordamlar choralarini belgilab oldi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.


Тelegram | Facebook|Instagram
#Imtiyozlar

Jismoniy shaxslar quyosh panellarini o‘rnatganligi uchun mol-mulk va yer solig‘idan ozod qilingan

Jismoniy shaxslar 3 yil muddatga turar joy obyektlari boʻyicha mol-mulk va yer soligʻidan ozod qilinadilar, agarda:

▪️umumiy quvvati 100 kVtgacha boʻlgan qayta tiklanadigan energiya manbalarini oʻrnatganda;

▪️Bunda imtiyoz miqdori mol-mulk soligʻi bo‘yicha 2 BHM dan
yer soligʻi bo‘yicha 1 BHM dan oshmasligi kerak.

👉16.02.2023-yildagi № PQ-57

Imtiyozlardan foydalanish uchun hududiy soliq organlariga qayta tiklanadigan energiya manbalarini oʻrnatish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi guvohnomani taqdim etish kerak.

Hozirda ushbu oʻzgartirishlar Soliq kodeksiga kiritilish bosqichida.

2024-yilda 242 nafar fuqaro 233,4 million soʻmlik imtiyozlardan foydalangan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mol-mulk va yer solig‘ini 15-oktyabrgacha to‘lang!

Unutmang! Ravon yo‘llar, yangi bog‘cha, maktab, oliygohlar, sport maydonchalari, turar joylar hamda barcha ijtimoiy yordamlar bu siz to‘lagan soliqlardir.

📲Siz Soliq mobil ilovasi orqali 2024-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari haqida ma'lumot olishingiz hamda to‘lovlarni tez va oson amalga oshirishingiz mumkin.

Тelegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_NKT

Xaridorlarga QR-kodli chek berilishi shart

Tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishi hamda mijozlarga QR-kod va fiskal belgili chek taqdim etishlari shart. Bunday cheklar xarid to‘lov terminal orqali yoki naqd pulda amalga oshirilishidan qat'i nazar xaridorga beriladi.
👉 PF-5813-son 06.09.2019-yil

Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda elektron to‘lov tashkiloti va (yoki) elektron tijorat platformalari (marketpleys) orqali elektron fiskal chek taqdim qilinadi.
👉 VMQ-943 23.11.2019


Nazorat-kassa texnikasini qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, xaridorga chek bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik soliq huquqbuzarligi sanaladi va belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.
👉Soliq kodeksi 221-modda

Sotuvchi va xaridor o‘rtasida tovar yoki xizmatlar uchun xarid cheki bermasdan P2P o‘tkazmalari (bir jismoniy shaxsning kartasidan boshqa jismoniy shaxsning kartasiga) orqali hisob-kitob qilish noqonuniy hisoblanadi❗️


🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Savol: I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i bo'yicha qanday soliq imtiyozlari mavjud?

Javob: Soliq kodeksining 380-moddasi 1-qismi 3-bandiga muvofiq I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslar daromadlar qaysi oyda olingan bo'lsa, o'sha oyda har bir oy uchun mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 3 baravari miqdoridagi daromadi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'idan ozod etiladi.

Тelegram | Facebook | Instagram
📣📣📣TADBIRKORLAR VA O‘Z BIZNESINI BOSHLASH NIYATIDAGI FUQAROLAR UCHUN QULAY IMKONIYAT

Mamlakatimiz Prezidentining Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida tadbirkorlik va servis xizmatlari uchun 1000 gektar bo‘sh yer maydonlarini “E-Auksion” elektron auksion savdolariga chiqarish topshirig‘i berilgan edi.

‼️Mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan, ayni paytda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik va servis xizmatlari uchun viloyat hududidagi bo‘sh yer maydonlarining arzon narxlarda “E-Auksion” elektron auksion savdolariga chiqarilganligini bildiramiz.

Tadbirkorlikni boshlash uchun qulay joylar 👉https://e-auksion.uz 👉https://t.iss.one/eauksion_buxoro/499

➡️ Savdolarda qatnashish uchun qo‘llanma (ko‘rish)

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
#4_сектор

Qorovulbozor tumanida ijtimoiy muhofazaga olingan 80 nafar xotin-qiz o‘z biznesini boshlash arafasida

Qorovulbozor tumanida ijtimoiy muhofazaga olingan, daromad manbaiga ega bo‘lmagan, tadbirkorlik va kasb-hunarga qiziqishi bo‘lgan 80 nafardan ortiq xotin-qizlar uch oylik o‘quv kurslarni muvaffaqqiyatli tamomlab, maxsus sertifikatni qo‘lga kiritdilar.

Endilikda sertifikatni qo‘lga kiritgan qorovulbozorlik xotin-qizlar vakillari tikuvchilik, kasanachilik, shirinliklar pishirish, ayollar go‘zallik saloni va boshqa yo‘nalishlarda o‘z biznesini boshlab va shu orqali daromad topish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Bu ishda ularga tuman hokimligi, sektor ishchi guruhi va viloyat xotin-qizlar tadbirkorlik markazining malakali mutaxassislari yaqindan ko‘makchi bo‘ladilar.

Тelegram | Facebook | Instagram
#suniy_intellekt

Soliq to‘lovchilar uchun virtual yordamchi DavrOn xizmatidan foydalanayapsizmi?


Soliq qo‘mitasi tomonidan soliq to‘lovchilar uchun sunʼiy intellekt bazasida yaratilgan virtual yordamchi
DavrOn – samimiy va professional maslahatchi sifatida soliq va soliqqa tortish masalalarida maʼlumotlar hamda personal maslahatlar bera oladi. Virtual yordamchi o‘zbek, rus va ingliz tillarida samimiy muloqot qila oladi.

24/7 rejimida maʼlumot berishga mo‘ljallangan, DavrOn deb nomlangan virtual yordamchini ai.soliq.uz manzilida joylashgan.

Ma`lumot uchun:
Virtual yordamchi Soliq qo‘mitasining sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanadigan uchinchi xizmatidir.

Soliq qo‘mitasi soliq maʼmurchiligi samaradorligini oshirish, shuningdek, soliq to‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanishda imkoniyatlarni kengaytirib borishni ko‘zlagan.

Mazkur yordamchida hozircha Soliq kodeksi, Prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, meʼyoriy hujjatlar va yo‘riqnomalar, shuningdek, soliq organlarining call-markaziga kelib tushayotgan onlayn-NKT, EHF, elektron raqamli imzo, elektron hisobotlar, markirovka va boshqa xizmatlarga oid savollarga javoblarni o‘z ichiga olgan 11 mln belgidan iborat bilimlar bazasi mavjud.

Uni takomillashtirish jarayoni uzluksiz davom ettiriladi.



Тelegram | Facebook|Instagram