Sirdaryo viloyati sport boshqarmasi
7.51K subscribers
35.5K photos
2.89K videos
21 files
7.62K links
Sirdaryo viloyati sport boshqarmasining rasmiy sahifasiga xush kelibsiz.

Sport xaqida yangiliklarni birinchilardan boʻlib, ushbu telegram kanali orqali kuzatib boring.

001391-sonli Guvohnoma asosida ish olib boriladi.
Download Telegram
#_Besh_tashabbus_olimpiadasi
#_1_mavsum
#_Yangiyer_shahri
#_Yoshlar_ishlari_agentligi
#_Maxalla_bosqichi
#_Quvnoq startlar_turi
Yangiyer shahar Z.M.Bobur maxallasida ko'chalar oʻrtasida
"BESH TASHABBUS OLIMPIADASI"NING
1-MAVSUMI doirasida "Quvnoq startlar" sport  turi boʻyicha o‘g‘il va qizlar 7-10 yosh toifalari oʻrtasida sport musobaqasiga start berildi va ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. 
Barcha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlarimizga omad va zafarlar tilaymiz!!!
#_Besh_tashabbus_olimpiadasi
#_1_mavsum
#_Yangiyer_shahri
#_Yoshlar_ishlari_agentligi
#_Maxalla_bosqichi
#_Quvnoq startlar_turi
Yangiyer shahar "Binokor" maxallasida yoshlar oʻrtasida
"BESH TASHABBUS OLIMPIADASI"NING
1-MAVSUMI doirasida "Quvnoq startlar" sport turi boʻyicha o‘g‘il va qizlar 7-10 yosh toifalari oʻrtasida sport musobaqasiga start berildi va musoboqa ko‘tarinki ruhda o'tdi.
Yangiyer shahri sport maktabida suniy mini futbol maydonining qurilish ishlari boshlandi

Mazkur sport maydonchasi O'zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining "Sportni qo'llab quvvatlash" jamg'armasi mablag'lari hisobidan barpo etilmoqda
.

🔹 sirdaryosport
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Guliston shahrida dzyudo bo’yicha sport musobaqasi o’tkazildi

Joriy yilning 20-may kuni Guliston shahrida sportning dzyudo turi bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasida viloyat kubogi o'tkazildi. Ushbu musobaqada 100 nafarga yaqin sportchilar bellashdi. G'olib va sovrindorlar pul mukofoti bilan taqdirlandi hamda respublika kubogiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Umumjamoa hisobida 1-o'rinni Sayxunobod tumani, 2-o'rinni Guliston shahri va 3-o'rinni Yangiyer shahri jamoalari qo'lga kiritdi.

Hududlarda dzyudo infraltuzilmasini yaxshilash maqsadida viloyat dzyudo federatsiyasi tomonidan Sayxunobod va Xovos tumanlariga tatami jamlanmasi berildi.

🔹 sirdaryosport
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yangiyer shahrida yoshlar o‘rtasida voleybol sport turi  bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

Hech bir soha mamlakatni sportchalik dunyoga tanita olmaydi. Haqiqatdan ham, kundan kunga rivojlanib borayotgan ushbu soha davlatimizni dunyo hamjamiyatidagi obro' va nufuzining ortib borishiga asosiy omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Davlatimiz rahbari tomonidan sportga, uning rivoj topishiga berilayotgan e’tibor tufayli bugun ushbu soha Respublikamizning barcha hududlarida rivojlanmoqda. Buni
Yangiyer shahri misolida ham ko‘rishimiz mumkin.

Davlatobod mahallasidagi 8-sonli maktabning sport zali yoshlar ixtiyoriga berilgan, albatta, mahalla va maktab ma’muriyati nazorati ostida.

Bugungi kunda Yangiyerlik yoshlar o‘rtasida voleybol musobaqasi o‘tkazilib va rejaga ko‘ra, musobaqalar o‘rnatilgan tartibga olingan, g‘olib va o‘yin peshqadamlariga diplomlar topshirildi. Endilikda bunday musobaqlar davomiy bo‘lib o‘tadigan bo‘ldi.

Shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh muhum tashabbusning ijrosi shaharda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.

Darhaqiqat, sportga berilayotigan e’tibor bugun nafaqat yoshlarni balki
Yangiyer shahri rahbarlarini ham qiziqtirmoqda.

Bizning sahifalarimiz:
📲Telegram 📲Facebook
📲Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Osiyo davlatlarining eng yirik sport musobaqasi boshlanmoqda

Joriy yilning 23-sentabr - 8 avgust kunlari Xitoy davlatining Xanchjou shahrida navbatdagi XIX-yozgi Osiyo o’yinlari bo‘lib o‘tadi. 4 yilda bir marotaba o‘tkaziladigan mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi delegatsiyasi 38 ta sport turi bo‘yicha ishtirok etadi.

Osiyo o’yinlarida ishtirok etadigan  viloyatimiz sportchilari bilan tanishing:

1. Xilola Ortiqboyeva kurash (Guliston tumani);
2. Shaxboz Xolmurzayev akademik eshkak eshish (Shirin shahri);
3. Krasnov Anatoliy akademik eshkak eshish (Shirin shahri);
4. Fazliddin Karimov akademik eshkak eshish (Shirin shahri);
5. Alisher Yarov akademik eshkak eshish (Shirin shahri);
6. Luiza Islomova akademik eshkak eshish (Shirin shahri);
7. Alisher Turdiyev akademik eshkak eshish (Shirin shahri);
8. Farrux Oblokulov akademik eshkak eshish (Shirin shahri);
9. Merojbek Mamatkulov akademik eshkak eshish (Boyovut tumani);
10. Shoxsanam Sherzodova baydarka va kanoe (Sirdaryo tumani);
11. Ibroximxalil Yo‘ldoshev futbol (Yangiyer shahri);
12. Diyora Xabibullayeva ayollar futboli (Sayxunobod tumani);
13. Zarina Mamatkarimova ayollar futboli (Mirzaobod tumani);
14. Yanina Kuskova velosport (Guliston shahri);
15. Safina Sadullayeva yengil atletika (Sirdaryo tumani);
16. Dilshod Turopov gandbol (Sirdaryo tumani);
17. Davron Bozorboyev gandbol (Sirdaryo tumani);
18. Nursulton Bozorboyev gandbol (Sirdaryo tumani);
19. Sardor Elmurodov gandbol (Sirdaryo tumani);
20. Sindor Farxodov gandbol (Guliston shahri);
21. Zilola Mirzayeva gandbol (Sirdaryo tumani);
22. Sevara Razagberganova gandbol hakami (Sirdaryo tumani)
23. Xasanjon Nabiyev Jiu-Jitsu (Guliston shahri)

Osiyo o‘yinlarining rasmiy ochilish marosimi 23 sentyabr kuniga belgilangan.

Sirdaryo viloyati Yoshlar siyosati va sport boshqarmasi barcha sportchilarimizga Osiyo o‘yinlarida omad va zafarlar tilab, Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishlariga umid bildirib qoladi.

🇺🇿 Bizning sahifalarimiz:
📲Telegram 📲Facebook
📲Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌏🇺🇿O’zbekiston delegatsiyasi Xanchjou-2022 XIX yozgi Osiyo o’yinlaridagi ishtirokini yakunladi.

➡️ Viloyatimiz Atletlari bu galgi musobaqada 4 ta oltin, 5 ta kumush va 2 ta bronza, jami 11 ta medal qo’lga kiritdi. Ular bilan tanishing:

🎚️ 1. Xilola Ortiqboyeva kurash (Guliston tumani) 🥇
🎚️ 2. Safina Sadullayeva yengil atletika (Sirdaryo tumani) 🥇
🎚️ 3. Alisher Turdiyev akademik eshkak eshish (Shirin shahri) 🥇
🎚️ 4. Anna Prakaten akademik eshkak eshish (Shirin shahri) 🥇
🎚️ 5. Luiza Islomova akademik eshkak eshish (Shirin shahri) 🥈
🎚️ 6. Shaxboz Xolmurzayev akademik eshkak eshish (Shirin shahri) 🥈🥈
🎚️ 7. Merojbek Mamatqulov akademik eshkak eshish (Boyovut tumani);🥈🥈
🎚️ 8. Shoxsanam Sherzodova baydarka va kanoe (Sirdaryo tumani) 🥉
🎚️ 9. Ibroximxalil Yo‘ldoshev futbol (Yangiyer shahri) 🥉

♻️ Shubhasiz, bunday ko’rsatkich Prezidentimiz va davlatimiz tomonidan sportni qo’llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar, har bir sport turining rivojiga qaratilayotgan e’tiborning samarasi bo’ldi.

Sirdaryo viloyati hokimligi, viloyat Yoshlar siyosati va sport boshqarmasi ushbu tarixiy muvaffaqiyat bilan barcha viloyatimiz aholisini, sportchi va murabbiylar, bu natija yo’lida mehnati singgan barcha mutaxassislarni samimiy qutlaydi.

🇺🇿 Bizning sahifalarimiz:
📲Telegram 📲Facebook
📲Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🖐 “Besh tashabbus olimpiadasi” 2-mavsumi umum taʼlim maktab oʻquvchilari oʻrtasida viloyat bosqichi davom etmoqda

🗣 Joriy yilning 27-oktabr kuni Guliston shahar 11-umumta'lim maktabida 🖐 “Besh tashabbus olimpiadasi” 2-mavsumi doirasida umum taʼlim maktab oʻquvchilari oʻrtasida sportning Mini futbol turi boʻyicha viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi.

🗣Musobaqada viloyatimizning barcha shahar (tuman) maktablaridan tuman bosqichida gʻolib boʻlgan ishtirokchilar ishtirok etishdi.

🟢Musobaqada 16-17 yoshgacha boʻlgan oʻquvchilar qatnashdi.

G'oliblar bilan tanishing;
🥇
Yangiyer shahri
🥈Mirzaobod tumani
🥉Guliston tumani
jamoalariga nasib etdi.

Go'lib jamoalarga Yoshlar siyosati va sport boshqarmasi tomonidan esdalik sovg'alari topshirildi.

🇺🇿 Bizning sahifalarimiz:
🚀Telegram 🔵Facebook
📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
4 ta tuman (shahar)da 10 dan ziyod ob'ektlar o'rganildi.

Bugun viloyat hokimi Yangiyer shahri, Мirzaobod, Хоvos va Sirdaryo tumanlarida bo'lib, ijtimoiy soha infratuzilmasini yaxshilash bo'yicha ishlar bilan tanishdi. Shuningdek, viloyat futbol akademiyasidagi qurilish hamda ta'mirlash borasidagi ishlar holatini ko'zdan kechirdi.

🎙 Sport haqida yangiliklarni birinchilardan boʻlib, ushbu telegram kanali orqali kuzatib boring.

🇺🇿 Bizning sahifalarimiz:
🚀Telegram 🔵Facebook
📷Instagram 📹 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#live #qashqadaryo #voleybol #respublika

G‘alaba

⚡️ Mahalla yoshlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan 🖐 "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning voleybol turi bo‘yicha B liga 16-21 yosh (o‘g‘il bolalar) o‘rtasida Sirdaryo viloyati Yangiyer shahri Binokor mahallasi jamoasi faxrli 🥉-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

🟢 Sirdaryo viloyati sport boshqarmasi jamoasi nomidan sportchilarimizni ushbu g‘alaba bilan tabriklaymiz.

🎙 Sport haqida yangiliklarni birinchilardan boʻlib, ushbu telegram kanali orqali kuzatib boring.

🇺🇿 Bizning sahifalarimiz:
🚀Telegram 🔵Facebook 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yangiyer shahri sport maktabi tomonidan faxriylar holidan xabar olindi.

Bugun "3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni" hisoblanadi.

Shu munosabat bilan Yangiyer shahri sport maktabi rahbarlarining tashabbusi bilan, bugungi kunda yolg’iz va e’tiborga muhtoj oilalar holidan xabar olindi.

Faxriylar bilan suhbatlashildi va turli masalalar muhokama qilindi hamda ularga oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etildi.

🎙 Sport haqida yangiliklarni birinchilardan boʻlib, ushbu telegram kanali orqali kuzatib boring.

🇺🇿 Bizning sahifalarimiz:
🚀Telegram 🔵Facebook 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ishchi guruhi tomonidan ham o’rganish ishlari davom etmoqda.

Avval xabar berib o’tkanimizdek viloyat Sport boshqarmasining bo’lim boshliqlari va mutahassislaridan iborat Ishchi guruhi sport maktablarida o’rganish ishlarini olib borishmoqda.

Xususan bu safar Guliston, Boyovut, Mirzaobod, Sirdaryo, Sayxunobod, Guliston tumanlari, Shirin va Yangiyer shahri Sport maktablari o’rganildi.

O’rganish davomida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, joylarda mashg’ulotlarni o’tilishi va Face ID kabi bir qator dolzarb masalalar ko’rib chiqilmoqda.

O'rganish ishlari davom etadi...

🎙 Sport haqida yangiliklarni birinchilardan boʻlib, ushbu telegram kanali orqali kuzatib boring.

🇺🇿 Bizning sahifalarimiz:
🚀Telegram 🔵Facebook 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirining Sirdaryo viloyatiga tashrifi davomida Yangiyer shahri sport maktabining  akademik eshkak eshish sport turi bo‘limi trenerlari tomonidan qayiqlar va eshkaklar (veslo) ajratib berilishida amaliy yordam so‘ralgan edi.

🟡 Bugun Sport vazirligi tomonidan Yangiyer shahar sport maktabida akademik eshkak eshish sport  turini yanada rivojlantirish va shug‘ullanuvchilarga qulay sharoitlar yaratib berish maqsadida  zamonaviy va bugungi kun talablariga javob beradigan 2 dona, qiymati har biri 17 ming dollarlik qayiqlar hamda 3 juft eshkaklar yetkazib berildi.

🎙 Sport haqida yangiliklarni birinchilardan boʻlib, ushbu telegram kanali orqali kuzatib boring.

🇺🇿 Bizning sahifalarimiz:
🚀Telegram 🔵Facebook 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1_555_ПҚ_443.pdf
4.6 MB
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-dekabrdagi "Yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida"gi PQ-443-sonli qarori qabul qilindi

⚡️ Mazkur qarorga asosan:

🟢 Sirdaryo tumani sport maktabi yengil atletika va gandbol sport turlariga;

🟢 Sayxunobod tumani sport maktabi dzyudo va chim ustida xokkey sport turlariga;

🟢 Shirin shahri sport maktabi akademik eshkak eshish va stol tennisi sport turlariga;

🟢 Yangiyer shahri sport maktabi futbol va akademik eshkak eshish sport turlariga ixtisoslashtiriladi hamda ustuvor va istiqbolli sport turlari sifatida belgilanadi.

🎙 Sport haqida yangiliklarni birinchilardan boʻlib, ushbu telegram kanali orqali kuzatib boring.

🇺🇿 Bizning sahifalarimiz:
🚀Telegram 🔵Facebook 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM