Sirdaryo viloyati sport boshqarmasi
4.74K subscribers
42.1K photos
3.32K videos
21 files
9.18K links
Sirdaryo viloyati sport boshqarmasining rasmiy sahifasiga xush kelibsiz
Download Telegram
#Futbol #DXX_kubogi
#Oqoltin_tumani

Oqoltin tumanida "Davlat xavfsizlik xizmati raisi
kubogi" uchun musobaqalariga start berildi!

Oqoltin tumanining barcha mahallalari yoshlari oʻrtasida futbol va mini futbol boʻyicha Davlat xavfsizlik xizmati raisi
kubogi uchun musobaqalariga start berildi.

Bugun mazkur musobaqalarining tuman bosqichi bellashuvlariga qurʼa tashlash tadbiri boʻlib oʻtdi.

Musobaqaning ochilish marosimida tuman sektor rahbarlari, Davlat xavfsizlik xizmatining Oqoltin tumani boʻlinmasi boshligʻi, Oqoltin tuman Sportni rivojlantirish bo'limi, Oqoltin tuman bolalar o'smirlar sport maktabi, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi hamda mahallalardagi yoshlar yetakchilari va 13 ta mahalladan tashrif buyurgan futbol jamoalari ishtirok etdi.

Musobaqa yakunida “Eng yaxshi oʻyinchi”, “Eng yaxshi toʻp urar”, “Eng yaxshi darvozabon” va “Eng yaxshi murabbiy” nominatsiyalari boʻyicha gʻoliblar ham aniqlanadi.

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram| Instagram| Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Guliston_shahar
#DXX_kubogi

Guliston shahri "Taraqqiyot" mahallasi Davlat xavfsizligi kubogiga START berildi.

Davlat xavfsizligi
kubogi qur'a tashlash jarayonlari SIRDARYO MTRK nigohida

📺"Diyor Yangiliklari"
🏆"Sport Yangiliklari"
🗺Guliston shahri
💿LAVHA (04.04.2022)

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram| Instagram| Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Boyovut_tumani
#DXX_kubogi

Boyovut tumanida 36 ta mahallalarida shakllantirilgan jamoalari 8 ta guruhga ajratilib sportning mini-futbol va futbol turlari bo'yicha Davlat xavfsizligi kubogiga qur'a tashlanib, musobaqaga START berildi.

📺"Diyor Yangiliklari"
🏆"Sport Yangiliklari"
🗺Sirdaryo viloyati
💿LAVHA (08.04.2022)

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram| Instagram| Facebook
#Sardoba_tumani
#Futbol
#DXX_kubogi

Bugun Paxtaobod markaziy o‘yingohida 15 ta mahalladan saralangan jamoalar "Davlat xavfsizlik xizmati
kubogi" musobaqasida bellashdi.

Musobaqa qizgʻin jarayonlarga va penaltilar seriyasiga boy boʻldi.

Ushbu musobaqada tuman hokimligi boshchiligida bir qancha tashkilotlar hamkorligida tashkil etildi

Musobaqani Sardoba tumani bolalar-o'smirlar sport maktabi trenerlaridan iborat hakamlar hay'ati tarkibi olib bordi

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram| Instagram| Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sayxunobod_tumani
#Chempion_va_yoshlar

Sayxunobod tumani "Baxmalsoy" mahallasida 250 nafarga yaqin mahalla yoshlari ishtirokida "Chempion va yoshlar" uchrashuv o'tkazildi.

Ushbu uchrashuvga Andijondan Mo'ynoqqacha piyoda borgan Eldor Jo'rayevning taklifiga asosan boks boʻyicha Osiyo chempioni, jahon chempionati bronza medali sohibi, Osiyo oʻyinlari oltin medal sohibi, Islom birdamlik oʻyinlari oltin medal sohibi, 4-karra Oʻzbekiston chempioni, "Kelajak bunyodkori" unvoni sohibi, Tokio olimpiadasi ishtirokchisi chempion Bobousman Botirov tashrif buyurdi.
____
#Guliston_shahar
#DXX_kubogi

"Davlat xavfsizligi
kubogi" musobaqasi Guliston shahri "Bog'iston" mahallasida 24 ta mahalla yoshlari orasida 3-tur bahslari bo'lib o'tdi.

Sirdaryo viloyatida mazkur musobaqada viloyatda mavjud 236 ta mahallalarda 6 136 nafar yoshlar bahslarda ishtirok etmoqda.

📺"Diyor Yangiliklari"
⚽️"Sport Yangiliklari"
🗺Sayxunobod tumani, Guliston shahri
💿LAVHA (15.04.2022)

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram| Instagram| Facebook
#Oqoltin_tumani
#DXX_kubogi

Bugun Oqoltin tumanida “
DXX kubogi”ning saralash bosqichi boshlandi

Bugun yoshlarimiz gʻalaba uchun, oʻz mahallasini chempion boʻlish uchun toʻp surmoqda.

"Sahovat" va "Yangi Toshkent" mahallalari oʻrtasidagi musobaqa qizgʻin pallaga yetib keldi. Ayni vaqtda "Yangi Toshkent" mahalla yoshlari hisobni ochishga muvaffaq boʻlib, yirik hisobda raqibidan oldinga chiqib oldi.

Yoshlar davlatimizning ertangi kuni, yangi O‘zbekistonning mustahkam poydevori sanaladi.

Musobaqa davom etmoqda vaqealar rivoji boʻyicha bizni kuzatishda davom eting...

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram| Instagram| Facebook
#Yangiyer_shahar
#DXX_kubogi

Kuni kecha 16-30 yosh toifasidagi uyushmagan yoshlar o‘rtasida sportning katta futbol turi bo‘yicha o‘tkazilayotgan "Davlat xavfsizligi xizmati kubogi" musobaqasi o'tkazildi.

Bunda "Navro‘zobod" 0-1 "Bobur", "Shukrona" 0-0 "T.Malik", "Fazilat" 1-0 "A.Jomiy", "Yuksalish" 0-0 "Shodiyona" jamoalari shu tarzda bahsni yakunlagan bo‘lsa, "Binokor" va "Ma‘rifat" jamoalari 3-1 hisobida bahsni yakuniga yetkazdi.

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram| Instagram| Facebook
#Guliston_tumani
#DXX_kubogi

Guliston tumanida mini-futbol bo'yicha "Davlat xavfsizlik xizmati kubogi" musobaqasining final bosqichi bo'lib o'tdi

Batafsil: 👉 https://telegra.ph/gtx-05-12-3

📌 t.iss.one/sirdaryosport
#Mirzaobod_tumani
#DXX_kubogi

Kuni kecha 19-may kuni Mirzaobod tumanida 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida futbol va mini-futbol bo‘yicha «Davlat xavfsizlik xizmati
kubogi» musobaqasi yakunlandi.

Murosasiz kurashlar ostida bo‘lib o‘tgan mini futbol va futbol musobaqalarida 18 ta mahalla yoshlari o‘zaro kuch sinashishdi.

Musobaqa yakuniga ko'ra:
mini futbol baxslarida:
3-o‘rinni Oydin mahallasi yoshlari
2-o‘rinni Navro’z mahallasi yoshlari
1-o‘rinni Mirzacho’l mahallasi yoshlari egallashdi.

Katta maydonda o‘tkazilgan futbol baxslarida:
3-o‘rinni Oydin mahallasi yoshlari
2-o‘rinni Tinchlik mahallasi yoshlari
1-o‘rinni Bog’iston mahallasi yoshlari egalladi.

Musobaqada g’olib va sovrindor bo’lgan yoshlar tashkilotchilar tomonidan I, II, IIII darajali medal, diplomlar va esdalik sovg'alar bilan mukofotlandi.

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram| Instagram| Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Mirzaobod_tumani
#DXX_kubogi

Davlat xavfsizligi
kubogi uchun Mirzaobod tumani final bosqichi o'tkazildi.

Mini futbol sport turi bo'yicha aralash bosqichida g'olib bo'lgan Mirzacho'l, Yangi O'zbekiston, Oydin va Navro'z mahalla yoshlari; futbol bo'yicha Oydin, Bahoriston, Tinchlik va Bog'iston jamoalari viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritish uchun maydonda bellashdi.

Natijalarga ko'ra mini futbolda Mirzacho'l, futbol musobaqasida Bog'iston jamoalari g'olib bo'ldi.

Musobaqa so'ngida sektor rahbari tomonidan g'olib jamoalar diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi

📺"Diyor Yangiliklari"
⚽️"Sport Yangiliklari"
🗺Mirzaobod tumani
💿LAVHA (20.05.2022)

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram| Instagram| Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Oqoltin_tumani
#DXX_kubogi

Oqoltin tumanida Davlat xavfsizligi xizmati kubogi final bosqichi uchun futbol va mini futbol sport musobaqalari o'tkazildi.

Mini futbol sport turi bo'yicha Bo'ston, Yangi hayot, Yangi davr va Sahovat mahalla yoshlari o'zaro bellashdi.

Natijalarga ko'ra
🥇o'rinni Bo'ston;
🥈o'rinni Yangi hayot;
🥉o'rinni Sahovat mahalla yoshlari egalladi.

Musobaqa so'ngida jamoa a'zolari qimmatbaho sovg'alar va diplomlar bilan taqdirlandi.

📺"Diyor Yangiliklari"
⚽️"Sport Yangiliklari"
🗺Oqoltin tumani
💿LAVHA (21.05.2022)

📌 t.iss.one/sirdaryosport