Sirdaryo viloyati sport boshqarmasi
5.07K subscribers
40.5K photos
3.21K videos
21 files
8.8K links
Sirdaryo viloyati sport boshqarmasining rasmiy sahifasiga xush kelibsiz
Download Telegram
#Besh_tashabbus_olimpiadasi
#Workout

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilayotgan ommaviy sport musobaqalarining mahalla bosqichi yakunlanishiga oz qoldi.

Shu sport turi boʻyicha musobaqada tumanning 50 ga yaqin yoshlari ishtirokida yakuniy mahalla bosqichi bo'ldi.

Oqoltin tumanida ham street
workout bo‘yicha mahalla bosqichida g‘oliblar aniqlandi.

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram| Instagram| Facebook
#Guliston_shahar
#besh_tashabbus
#1_sektor
#Workout

🤼Besh tashabbus olimpiadasi doirasida joriy yilning 8-oktyabr kuni  Ahillik mahallasida sportning Workout musobaqasining sektor bosqichi o'tkazildi!

👋 "Besh tashabbus olimpiadasi"dan oʻrin olgan
Workout turi boʻyicha musobaqani sektor bosqichi  1-sektor hududida joylashgan mahallalar o'rtasida oʻtkazildi.

⚡️ Shiddatli va murosasiz bahslar, kuchlilar ichida kuchli boʻlish ishtiyoqi ishtirokchilarni yanada ruhlantirdi.

🏆 Gʻolib boʻlgan mahalla yoshlari musobaqaning shahar bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdilar.
#Guliston_shahar
#Sektor_bosqichi
#Besh_tashabbus_olimpiadasi
#Workout

🔸Joriy yilning 8 oktyabr  kuni Guliston shahar Yoshlar ishlari agentligi.
3⃣-sektor hududi Taraqqiyot mahallasida joylashgan
Workout maydonida
3⃣-
sektor mahalla yoshlari òrtasida 5 tashabbus olimpiadasi 2 mavsum òyinlarining Workout turi bòyicha 16-21, 22-26, 27-30 yosh toifasida o'g'il bolalar o'rtasida sektor  bosqichi bòlib òtdi. Sektor bosqichida 5 ta mahalladan kelgan yoshlar òzaro kuch sinashdilar. Yakuniy natijaga kòra g'oliblikni qòlga kiritgan yoshlar shahar bosqichiga yòllanmani  qòlga kiritishdi.
  🏆🥇Yoshlarimizga shahar bosqichida omad tilab qolamiz.
#workout
Joriy yilning 29-oktabr kuni Shirin shahar Nurodbod MFY da joylashgan workout maydonchasida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha mahallalardagi yoshlar o‘rtasida "Besh tashabbus olimpiadasi" ning ikkinchi mavsumi doirasida Workout musobaqasining Shirin shahar bosqichi bo'lib o'tdi.
Musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandilar.
#workout

Shirin shahrida 5 tashabbus olimpiadasining 1-mavsumi (C) ligasida Bunyodkor MFY dan qatnashgan D. Sharipova g'oliblikni qo'lga kiritgani uchun workout maydonchasi qurib berilgan edi. Shu sababdan ushbu maydochadan aholi va yoshlarni qulay foydalanishlari uchun alohida darvoza ochilib ta'mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Shirin shahar sport maktabi.
# Besh tashabbus
# 1-mavsum
#Boyovut tumani
#2-sonli_sport_maktabi
#Workout
# Mahalla bosqichi

2023 yil 7-aprel kuni Boyovut tumani Madaniyat MFY, Sohil Beruniy MFY O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11-apreldagi "Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora - tadbirlari to'g'risida"gi PQ-201 - sonli Qarori, shuningdek, mahalla yoshlari ortasida ommaviy sport musobaqalarini tizimli tashkil etish orqali sog'lom turmush tarzini keng targib qilish, ularni ommaviy sportga jalb etishni yangi bosqichga olib chiqish, 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi 67-maqsadida belgilangan vazifalarning ijrosini ta'minlash maqsadida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida mahallalarda istiqomat qiluvchi  yoshlar o‘rtasida sportning "WORKOUT" turi bo‘yicha mahalla bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada g‘olib bo‘lgan yoshlar sektor bosqichiga yo‘llanma qo‘lga kiritishdi.
5⃣ #Besh_tashabbus_olimpiadasi
🏀 #Stritbol
#Workout
#Shashka

Joriy yilning 8-10 may kunlari Sayxunobod tumani sport maktabida Besh tashabbus olimpiadasi doirasida Workout, Shashka, va Stritbol sport turlaridan tuman bosqich musobaqalari bo'lib o'tdi. Musobaqalarda sektor bosqichlarida g'oliblikni qo'lga kiritgan 16-30 yoshgacha bo'lgan mahalla yoshlari ishtirok etishdi.
Ertadan 🖐“Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning #workout turi bo‘yicha musobaqalarga start beriladi

⚡️ Yurtimizda ertadan boshlab, ya’ni 14-15 mart kunlari mahallalarda istiqomat qiluvchi yoshlar o‘rtasida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning #workout turi bo‘yicha musobaqalarning mahalla bosqichi boshlanadi.

🟡 Siz yashayotgan mahallangizda ushbu musobaqalar aniq qaysi sanada va oʻtkazilish manzili bo'yicha batafsil ma’lumotni mahallangizga biriktirilgan sport murabbiysi va yoshlar yetakchisiga murojaat qilgan holda aniqlashtirishingizni tavsiya etamiz.

🎙 Sport haqida yangiliklarni birinchilardan boʻlib, ushbu telegram kanali orqali kuzatib boring.

🇺🇿 Bizning sahifalarimiz:
🚀Telegram 🔵Facebook 📷Instagram 🎬 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Beshtashabbusolimpiadasi #workout

⚡️
Oqoltin tumani Yangi davr mahallasi hamda Sardoba tumani Fayzobod mahallasida istiqomat qiluvchi yoshlar o‘rtasida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning #workout turi bo‘yicha musobaqaning mahalla bosqichi bo‘lib o‘tdi. G‘oliblar musobaqaning keyingi mahallalararo sektor bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

🟢 Sirdaryo viloyati sport  boshqarmasi axborot xizmati

Sport haqida yangiliklarni birinchilardan boʻlib, ushbu telegram kanali orqali kuzatib boring.

🇺🇿 Bizning sahifalarimiz:
🔹
Telegram 🔹 Facebook 🔹 Instagram 🔹 Youtube
Mahalla yoshlari o‘rtasida 🖐 “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning “Workout” turi bo‘yicha Sirdaryo viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi

⚡️ Yoshlarda jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida joriy yilning 19-may kuni tashkil etilgan 🖐 “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning #Workout yo‘nalishi bo‘yicha Sirdaryo viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.

🟡 Mazkur musobaqada viloyatning barcha hududlaridan saralangan jismonan chiniqqan, faol va tashabbuskor yoshlar ishtirok etdilar. Workout – bu ochiq maydonlarda, sport anjomlarisiz, tana vazni bilan bajariladigan mashqlardan iborat bo‘lib, so‘nggi yillarda yoshlar orasida ommalashib borayotgan sport turi hisoblanadi.

🟢 Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, texnikasi, muvozanat saqlash ko‘nikmalari hamda kreativ harakatlari orqali baholandi. Hakamlar hay’ati tomonidan har bir ishtirokchining chiqishi belgilangan mezonlar asosida xolisona baholandi.

⚡️ G‘olib va sovrindor ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

🇺🇿 Bizning sahifalarimiz:
🔹 Telegram 🔹 Facebook 🔹 Instagram 🔹 Youtube 🔹 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM