Sirdaryo viloyati sport boshqarmasi
4.72K subscribers
42.2K photos
3.32K videos
21 files
9.2K links
Sirdaryo viloyati sport boshqarmasining rasmiy sahifasiga xush kelibsiz
Download Telegram
#qabul_2024
#sport_maktablari

📣📣📣📣📣

🔔 HURMATLI, OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR!

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina nomidagi ixtisoslashtirilgan sport maktablariga 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli boshlandi:

📍Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 5–6 hamda 9–10-sinflar uchun hujjatlar qabuli amalga oshiriladi;

📍Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 2-,3-,4-,5-,6-,7-,8-sinflar uchun hujjatlar qabuli amalga oshiriladi.

🪪 Oʻquvchilarning hujjatlari Agentlikning ariza.piima.uz sayti orqali faqat onlayn shaklda qabul qilinadi.

📝 Talab etiladigan hujjatlar:

oʻquvchining oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;
oʻquvchining tugʻilganlik haqida guvohnomasi (mavjud boʻlsa fuqarolik pasporti) va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti maʼlumotlari, bogʻlanish uchun telefon raqamlari;
086-U shakldagi tibbiy maʼlumotnoma.

🗣Maʼlumot oʻrnida, sport maktablariga oʻquvchilar ikki bosqich (kasbiy (ijodiy) imtihonlari va test sinovlari) asosida har bir sinfda oʻquvchilar soni 12 nafardan kam boʻlmagan hamda 24 nafardan oshmagan holda qabul qilinadi.

📆 Hujjatlar qabuli joriy yilning 7-avgustidan 25-avgustigacha davom etadi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2025
#sport_maktablari

HURMATLI, OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR!

Agentlik tizimidagi Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina nomidagi sport maktablariga 2025/2026-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli davom etmoqda.

Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 5-sinf uchun hujjatlar qabuli amalga oshiriladi;

Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 1-sinf uchun badiiy va sport gimnastikasi yoʻnalishlari bo'yicha hujjatlar qabuli amalga oshiriladi.

Maʼlumot oʻrnida, sport maktablariga oʻquvchilar ikki bosqich (kasbiy (ijodiy) imtihonlari va test sinovlari) asosida 24 nafardan qabul qilinadi.

📆 Hujjatlar qabuli 20-iyunga qadar onlayn shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

🤖 @piima_admission_chatbot

☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789

🇺🇿 Bizning sahifalarimiz:
🔹 Telegram 🔹 Facebook 🔹 Instagram 🔹 Youtube 🔹 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2👏2🔥1🥰1