Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi telegram sahifasi
10.4K subscribers
15.9K photos
1.52K videos
46 files
4.4K links
🇺🇿 Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining telegramdagi rasmiy sahifasi

• Murojaat yo'llash uchun:
@sirdaryo_mmtbga_murojaat_bot
Download Telegram
📌Sirdaryo yoshlar texnoparki va Guliston shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Mazkur memorandumning maqsadi – ta’lim jarayonida innovatsiyalarni joriy etish, yosh avlodning texnologiyaga qiziqishini oshirish va ularning kelajakda yuqori malakali mutaxassislar sifatida shakllanishiga zamin yaratishdir. Ushbu hamkorlik doirasida texnopark yoshlar uchun dasturlash, robototexnika, muhandislik va boshqa zamonaviy fanlar bo‘yicha trening va master-klasslar tashkil etish.

Hamkorlik yangi avlodni ilm-fan va texnologiyalar sohasida yetakchi qilish, shuningdek, Sirdaryo viloyatida innovatsion ekotizimni shakllantirish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

#memorandum #2sonimi #texnopark

🔎Bizni kuzatishda davom eting

Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
📱Telegram   |   📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📢 Poytaxtimizdagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 2023-2024-oʻquv yili davomida xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar va ularning ustozlarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Quvonarlisi mazkur taqdirlash marosimida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Guliston shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati 9-green sinf o'quvchisi Mamajonov Azizbek mintaqaviy xalqaro fan olimpiadasida bronza medalni qo'lga kiritganligi uchun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan 11 250 000 so'm pul mukofoti bilan taqdirlandi.

📚 Azizbekni bundey natijalarni qo'lga kiritishida eng avvalo ota-onasi, ustozlari Ahadov Abdushukur va Baxramov Jasurbek va boshqa ko'plab ustozlarining xizmatlari yuqori. Yana bir bora maktab jamoasi nomidan Mamajonov Azizbekni tabriklab, kelgusidagi olimpiadalarda omad tilab qolamiz

Suratda:
o'ngdan 1chisi Ahadov Abdushukur, o'ngdan 2chisi Mamajonov Azizbek

#2sonimi #olimpiada #faxr
🏢 Sirdaryo viloyati Favqulotda vaziyatlar Boshqarmasi hamda Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi Boshqarmasi bilan hamkorlikda tuzilgan kelishuv rejasiga asosan Guliston shahar 2-son  ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bugun maxsus-taktik o‘quv mashqlari hamda 2024-yil 15-noyabrdan 2024-yil 15 dekabr kuniga qadar «Yong‘in xafvsizligi oyligi» munosabati bilan maktabimiz o‘quvchilarga o‘quv seminar mashg‘uloti o‘kazildi.

📎 Mazkur seminardan o‘quvchilar favqulotda xolatlar yoki yong‘in sodir bo‘lganda to'g'ri va beshikast harakatlanish bo‘yicha amaliy ko'nikmalarga ega bo'lishdi.

#2sonimi #fvv #mmtb #maxsusamaliyseminar
📣 #XUSHXABAR

☄️28-NOYABR kuni GULISTON shahridagi "Barkamol avlod" bolalar markazida asosiy fan olimpiadasi 3-bosqich jarayonlari bo'lib o'tdi.

🧮 Matematika fanidan 10-sinflar o'rtasida o'tkazilgan VILOYAT bosqichida Guliston shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati 10-sinf o'quvchisi Raxmonov Ziyovuddin 71.7 ball bilan faxrli 🥇 O'RINni egallab, olimpiadaning Respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo'lga kiritdi.

📌
Maktabimiz jamoasi nomidan Ziyovuddinni, uning ota-onasini hamda matematika fanidan ustozlari Jasurbek Baxramov, Azizbek Nuraliyev, Abdushukur Ahadov, Sanjar Rahimjonov, Mansur Egamberdiyevlarni ajoyib natija bilan tabriklab, Respublika bosqichida omad va zafarlar tilab qolamiz.

#2sonimi #olimpiada #faxr_iftixor
#stem_class
#saralash_imtihonlari

🏢Guliston shahridagi Prezident maktabida 2024-yil 30-noyabr kuni Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan Guliston shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 5-sinf (48-nafar) oʻquvchilari uchun STEM fanlarni Cambridge dasturida oʻqitish maqsadida saralash sinovlari o'tkazildi.

👨‍🎓Oʻquvchilar 1 soat vaqt davomida matematika va ingliz tilidan test topshiriqlarini bajarishdi. Sinov yakunlariga koʻra 24 nafar oʻquvchilar saralab olindi.

📘 Saralab olingan oʻquvchilarga STEM fanlar ingliz tilida oʻqitiladi.
Oʻquvchilarga omad va muvaffaqiyat tilab qolamiz!

#2sonimi #stemclass #cambridge
📣📣📣Xushxabar📣📣📣

📈 2024/2025 o‘quv yilida magistratura mutaxassisligi bo'yicha  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi tanlovida Guliston shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining tarbiya fani ustozi Fayzullayev Azamat Abdullo o'g'li gʻolib boʻldi.

🏆 Fayzullayev Azamat Abdullo o'g'li - Tarix (yo‘nalishlar va faoliyat turlari bo‘yicha) mutaxassisligi 2-bosqich magistranti

Stipendiant ustozimizni ajoyib natija bilan muborakbod etamiz!

#2sonimi
#faxr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔈🔈🔈21-XALQARO JAUTIKOV OLIMPIADASI NATIJALARI E’LON QILINDI🔈🔈🔈

🌍 13-17-yanvar kunlari Qozog‘istonning Ostona shahrida matematika, fizika va informatika fanlaridan 21-Xalqaro Jautikov Olimpiadasi
bo‘lib o‘tdi.

☄️Dunyoning 20 mamlakatidan 700 ga yaqin o‘quvchi ishtirok etgan ushbu olimpiadada O‘zbekiston terma jamoasi katta muvaffaqiyatga erishdi:
🥇 2 ta oltin, 🥈 5 ta kumush, 🥉 12 ta bronza — jami 19 medal!

⚡️Quvonarlisi mazkur Xalqaro olimpiadada Guliston shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 9-green sinf o'quvchisi Mamajonov Azizbek 🥉 bronza medalni, 11-sinf o'quvchisi Boymurodov Behruz ham 🥉 bronza medalni qo'lga kiritishdi.

💥Medallar soni bo'yicha maktabimiz Respublikada faxrli 2-o'rinni egalladi.

👍Ustozlari Jasurbek Bahromov va Abdushukur Axadovlarga alohida tashakkur.

Barcha g‘oliblarni tabriklaymiz va kelgusi olimpiadalarda ulkan zafarlar tilaymiz!

#2sonimi #faxr #izho_olympiad2025 #alpha_academy

Bizning sahifalarimiz:
🔹 Telegram 🔹 Facebook 🔹 YouTube 🔹 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bizning_qahramonlar

XALQARO OLIMPIADA G‘OLIBLARI TANTANALI KUTIB OLINDI

Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan 21-xalqaro Jautikov olimpiadasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

📍Tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi oʻrinbosari Sh.Karimov, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori A.Ubbiyev, mas’ullar va ota-onalar ishtirok etib, o‘quvchilarni samimiy tabriklashdi.

🇺🇿 Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi, Guliston shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati va Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabi, Guliston shahridagi Alpha Academy ilm markazi jamoalari tomonidan yuqori saviyada kutib olindi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu 21-xalqaro Jautikov olimpiadasida o‘quvchilarimiz jami 19 ta medalni qo‘lga kiritishgan edi.

#2sonimi #faxr #izho_olympiad2025 #alpha_academy
#IMO2025

⚡️⚡️⚡️ Avstraliya tomon ikkinchi muhim qadamni qo’ygan eng kuchl 18 nafar o'quvchilar aniqlandi.

🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Ular orasida Guliston shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 9-green sinf o'quvchisi Mamajonov Azizbek, 10-sinf o'quvchisi Raxmonaliyev Ziyovuddin va 11-sinf o'quvchisi Boymurodov Behruzbek ham bor.

Barcha o'quvchilarimizga omad tilaymiz.

#2sonimi #imo2025 #faxr #iftixor #australia