Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi telegram sahifasi
11.6K subscribers
15.4K photos
1.47K videos
45 files
4.26K links
🇺🇿 Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining telegramdagi rasmiy sahifasi

• Murojaat yo'llash uchun:
@sirdaryo_mmtbga_murojaat_bot
Download Telegram
#ishchi_guruh
#Sirdaryo

🤩 AGENTLIK DIREKTORINING TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB O‘RGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Avval ma'lum qilinganidek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh tizimdagi maktablar faoliyatini yaqindan, haqqoniy o‘rganish, ularda aniqlangan kamchilik va muammolarni izchil bartaraf etish maqsadida hududlarda bo‘lmoqda.

Navbatdagi o‘rganish Agentlikning Sirdaryo viloyatidagi maktablari bo’ldi. Jumladan, Guliston shahridagi Prezident maktabi, Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi, Shirin shahar hamda Boyovut tuman ixtisoslashtirilgan maktablari ko'zdan kechirildi.

Shuningdek, Guliston shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabining qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishildi.

Agentlik direktori oʻrganilgan maktab rahbariyati, o‘quv jamoasining ta'lim maskanidagi shart-sharoitlarini yanada yaxshilash, pedagoglarning xalqaro tajriba va zamonaviy ta'lim usullariga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan takliflarini qo‘llab-quvvatlab, o‘z tavsiyalarini berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Najot_bilimda
#Sirdaryo_MTRK

💥Sirdaryo viloyati Sardoba tumani 16-sonli umumta’lim maktabi "Najot bilimda" ko'rsaruvi nigohida.

🔎Bizni kuzatishda davom eting.

Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
📱Telegram | 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sirdaryo_viloyat_bolalar_kutubxonasi
#Aksiya

⚡️"BIR HAFTADA BITTA KITOB OʻQISH"

🟢 Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, kitobxonlikni keng targ'ib qilish hamda  o'quvchilar o'rtasida badiiy asarlarning hayotlaridagi o'rni va ahamiyatini targ'ib qilish va kitobga bo'lgan mehrni uyg'otish maqsadida, Guliston shahar 6-umumta'lim maktabida  ''Bir haftada bitta kitob oʻqish'' aksiyasi doirasida 2-B-sinf òquvchilari òzlarining sevgan badiiy  asarlaridan O'zbek xalq ertagi asosida "Oltin tarvuz" ertagidan ZAKOVAT intellektual o'yini o'tkazildi.

🔎Bizni kuzatishda davom eting

Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
📱Telegram   |   📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sirdaryo_viloyat_bolalar_kutubxonasi
#Ijodiy_uchrashuv

✔️Joriy yilning 16-oktyabr kuni viloyat bolalar kutubxonasida Sirdaryo viloyat yozuvchilar uyushmasi a'zosi shoira Bahor Xolbekova tavalludining 70-yilligi munosabati ijodiy uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda Sirdaryo viloyat Yozuvchilar uyushmasi a'zosi N. Qosimova, O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan artist viloyat musiqali drama teatr aktirisasi A.Abdullayeva, Respublika o'g'il bolalar o'quv tarbiya muassasasi o'quvchilari ishtirok etishdi. Tadbir davomida shoiramiz o'quvchilarga ijod namunalaridan o'qib berdilar va kitoblar estalik sovg'alar taqdim etildi.

🔎Bizni kuzatishda davom eting

Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
📱Telegram   |   📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sirdaryo

Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi vakillari Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida joylashgan “Oltin olma” xususiy bog‘chasida bo'lishdi.

Mazkur maktabgacha ta'lim tashkiloti davlat-xususiy sheriklik asosida Saudiya taraqqiyot jamg‘armasining moliyaviy ko‘magi asosida barpo etilgan. Loyiha umumiy qiymatining 63 foizi Taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan ajratildi.

Mazkur ta’lim tashkiloti hozirga qadar 70 dan ortiq tarbiyalanuvchilarni qabul qilgan bo‘lib, bolajonlarning ta’lim-tarbiya olishlari uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM