Sirdaryoda yengil atletikani rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda
Sirdaryo viloyatida yengil atletika sport turini ommalashtirish, aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek, sportchilar uchun zarur infratuzilmani yaratish maqsadida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Guliston shahridagi markaziy stadionda olib borilayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlari natijasida 11 ming tomoshabinga mo‘ljallangan zamonaviy sport majmuasi barpo etiladi. Stadionda nafaqat futbol, balki yengil atletikaning turli yo‘nalishlari bo‘yicha ham mashg‘ulotlar va musobaqalar o‘tkazish imkoniyati yaratiladi.
Hududda olib borilayotgan qurilish ishlari Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i N.Salimjonov, “Yagona buyurtmachi xizmati” davlat unitar korxonasi va pudratchi tashkilot vakillari ishtirokida o‘rganildi. Uchrashuv davomida qurilish jarayonlarini sifatli va belgilangan muddatda yakunlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Jumladan, zamonaviy yugurish yo‘laklari, sakrash va uloqtirish maydonlari, sportchilar uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lgan inshootlar qurilishi rejalashtirilgan.
Hududda olib borilayotgan qurilish ishlari Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i N.Salimjonov, “Yagona buyurtmachi xizmati” davlat unitar korxonasi va pudratchi tashkilot vakillari ishtirokida o‘rganildi. Uchrashuv davomida qurilish jarayonlarini sifatli va belgilangan muddatda yakunlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
#huquqiysavodxonlik
Bojxona postlarida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi
Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasiga qarashli “Sirdaryo”, “Xovosobod”, “Oqoltin” va “Malik” chegara bojxona postlarida profilaktik suhbatlar tashkil etildi.
Tadbir davomida bojxona sohasidagi qonunbuzilishlar yoki korrupsiya holatlar bo‘yicha murojaat etish uchun Bojxona qo‘mitasining 11-08 raqamli qisqa ishonch telefoni hamda Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasining (67) 225-48-67 raqami ishonch telefoni faol ekanligi eslatib o‘tildi.

Tadbirlarda fuqarolarga giyohvand moddalar, psixotrop vositalar, shuningdek, olib o‘tish taqiqlangan dori-darmonlar, valyuta boyliklari va qimmatbaho zargarlik buyumlarini bojxona orqali olib o‘tish tartib-qoidalari haqida tushuntirishlar berildi.
Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-apreldagi 244-sonli qarori bilan tovarlarni bojsiz olib kirish normalariga kiritilgan o‘zgarishlar yuzasidan tushunchalar berilib, ushbu talab va qoidalarga rioya qilish lozimligi eslatib o‘tilmoqda.
Tadbir davomida bojxona sohasidagi qonunbuzilishlar yoki korrupsiya holatlar bo‘yicha murojaat etish uchun Bojxona qo‘mitasining 11-08 raqamli qisqa ishonch telefoni hamda Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasining (67) 225-48-67 raqami ishonch telefoni faol ekanligi eslatib o‘tildi.
Hududlardan xabarlar
Surxondaryoda “Bojxona hududida qayta ishlash” rejimining afzalliklari tadbirkorlarga keng tushuntirib borilmoqda.
Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi masʼullari tomonidan bojxona postlarida ayol xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va ularning xizmat faoliyati oʻrganildi.
Xorazm viloyati bojxona boshqarmasida sudyalar ishtirokida targʻibot uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi boshligʻi ishlab chiqarish korxonalariga oʻrnatilgan quyosh panellari holatini oʻrgandi.
Namangan viloyati bojxonachilari Toshkent shahridagi “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida boʻlib, xizmat vaqtida vafot etgan bojxonachilar xotirasini yod etishdi.
Sirdaryo, Jizzax va Andijon viloyati bojxona boshqarmasi masʼullari tomonidan yengil atletika sport turlarini rivojlantirish maqsadida joylarda oʻrganish ishlari olib borildi.

#donolar_bisotidan
#kun_hikmati
Donolar bisotidan
Har bir daqiqani chuqur mazmun bilan boyita olgan kishi o‘z umrini ham cheksiz uzaytirgan bo‘ladi.
I.KURTS

#kun_tarixi
BOJXONADA KUN TARIXI
2006-yil 26-iyul – Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, chetdan olib kelinadigan texnologiya asbob-uskunalari, ehtiyot qismlar, materiallar va komponentlarni mahalliylashtiriladigan mahsulotlar ishlab chiqarishda texnologiya jarayonida foydalaniladigan toifaga kiritish toʻgʻrisida xulosalar berish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorga oʻzgartirishlar kiritildi. Hujjat 2010-yil 28-oktyabrga qadar amal qildi.
2022-yil 26-iyul – Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq va bojxona qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” qonuni qabul qilindi.
2023-yil 26-iyul – Hukumatning “Alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalarini joriy etish toʻgʻrisida” qarori qabul qilindi. Unga koʻra, Soliq va Bojxona qoʻmitalari tomonidan 2024-yil 1-noyabrdan boshlab eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan alkogol va tamaki mahsulotlarini aniqlash, ularning olib kirilishi, ishlab chiqarilishi hamda ulgurji va chakana savdo tarmogʻida sotilishining oldini olish, shuningdek, ushbu mahsulotlarni tegishli tartibda olib qoʻyish choralari belgilab qo'yildi.
2023-yil 26-iyul – Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi tomonidan Ozarbayjonning Boku shahrida “O'rta transkaspiy” va “Olmaota-Istanbul” yoʻlaklari boʻyicha YEIK/Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti muvofiqlashtirish qoʻmitasining 3-sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasidan Bojxona qoʻmitasi vakillari ham faol ishtirok etishdi.

#bojxona_dunyo_buylab
BOJXONA DUNYO BO'YLAB
Rostovlik bojxonachilar Turkiyadan Rostov-na-Donu daryo porti nazorat punkti orqali kirib kelgan kemada noqonuniy ravishda olib o‘tilayotgan yoqilg‘ini aniqlashdi. Noqonuniy harakat bojxonachilar tomonidan yo‘l yuk hujjatlarini tekshirish jarayonida fosh bo‘ldi. Qonunbuzarlar 5 tonna og‘irlikdagi yoqilg‘ini deklaratsiyada ko‘rsatmagan tarzda olib o‘tishga urinishgan.
Ozarbayjon havo transporti Bosh bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan mamlakat hududiga olmos toshlarni noqonuniy ravishda olib o‘tishga urinish xolatini fosh qilishdi. Dubay-Boku reysi bilan uchib kelgan Ozarbayjon fuqarosining qo‘l yuki ko‘zdan kechirilganda, uning chamadonidan 24 dona kichik sellofan qopchalarga solingan 700,6 karat olmoslar topilgan.
Bolgariya bojxonachilari “Kapitan Andreevo” nazorat-o‘tkazish punktida yirik kokain partiyasini to‘xtatib qolishdi. 5 dona chamadonga joylangan jami 179 ta polietilen qoplarga solingan jami og‘irligi 206 kg giyohvandlik vositalari bojxona ko‘rigi davomida avtotransport vositasining saloni va yukxonasidan topilgan.
AQSHning bojxona-chegara xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Texas shtatidagi Donna xalqaro ko‘prigida umumiy qiymati 803 ming dollar bo‘lgan katta miqdordagi metamfetamin sintetik giyohvandlik vositasini to‘htatib qolindi. 84 ta o‘ramga joylangan umumiy og‘irligi 36,7 kg metamfetamin kinolog itlar yordamida bir fuqaroning avtotransport vositasidan topilgan.