Sirdaryo Kadastr
1.04K subscribers
7.08K photos
1.03K videos
18 files
4.91K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
#Kadastr #VM_71

▫️Yerga oid munosabatlar▫️

🟩 Yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi

📖 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.02.2022 yildagi 71-qarori bo‘yicha ma’lumot.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#bilasizmi #huquq #VM_71

Savol:

Yerni xususiylashtirish uchun fuqaro tomonidan qancha mablag‘ to‘lanadi?

Javob:

Mulkdorlar, yerdan foydalanuvchilar uchun xususiylashtirish to‘lovi mazkur yer uchastkasi uchun hisoblangan yer solig‘i miqdorining 20 barobari deb belgilangan.

🔹Masalan: agar fuqaro bitta hovliga bir yilda 200 ming so‘m soliq to‘laydigan bo‘lsa, (bunda mol-mulk solig‘i qo‘shib hisoblanmaydi, aynan yer uchastkasiga to‘lanadigan soliqqa nisbatan hisoblanadi), xususiylashtirish uchun 4 mln so‘m to‘lov amalga oshiriladi.

☝🏻Eslatma: Fuqarolarda yakka tartibdagi uy-joy Yuridik shaxslarda esa noturar bino-inshootlarni mavjud bo'lgan taqdirda ular faqatgina o‘zlariga tegishli ko‘chmas mulkning yer uchastkasini kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish orqali xususiylashtirib olishi mumkin (agar bino-inshootlar kadastr hujjatlari rasmiylashtirilmagan bo‘lsa, yerni xususiylashtirish mumkin emas).

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#VM_71

⚡️Nafaqat binoga, balki yeriga ham egalik qiling

🔰Bugungi kunga qadar fuqarolarga tegishli uy-joylar joylashgan yer uchastkalari, meros qilib qoldirilgan umrbod egalik qilish huquqidagi yerlar, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan noturar joy obyektlarining yer uchastkalariga doimiy foydalanish huquqlari berilgan. Bunda bino o‘zingizga tegishli bo‘lib, uning yeri esa tegishli bo‘lmagan.

Jismoniy va yuridik shaxslar endilikda yer uchastkalarini xususiylashtirishlari mumkin bo‘ldi.

💻Buning uchun DXM yoki my.gov.uz portali orqali ariza beriladi.

📋Ariza Kadastr agentligi va Qurilish bo‘limlariga xususiylashtirishga monelik qilmaydigan barcha tomonlar tekshirilishi uchun yo‘naltiriladi.

📨Tekshiruvlardan o‘tgach fuqaroga to‘lovni amalga oshirish, yaʼni xususiylashtirish haqida xabarnoma yuboriladi.

📑Xabarnoma orqali xususiylashtirish uchun to‘lovni amalga oshiradi va davlat orderiga ega bo‘ladi.

✍️Kadastr organlari tomonidan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

@Sirdaryo_kadastr
#ijro #VM_71 #auksion #bilasizmi

⚡️Sirdaryo viloyatida jami 658 mln so‘mlik yer uchastkalari sotilgan

🔰O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.02.2022 yildagi VM-71-son qaroriga ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalarini mulk yoki ijara huquqlari asosida, yakka tartibda uy-joy qurish uchun mulk huquqi asosida realizatsiya qilish “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Mazkur qaror ijrosi yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi Yerlarni auksionga chiqarish sektorining maʼlum qilishicha, 2022-yil boshidan 1-iyul kuniga qadar,

💻Sirdaryo viloyati hududi bo‘yicha jami 53 gektar yer maydoni auksion savdosiga chiqarilgan

Auksion savdosiga chiqarilgan 1399 ta 53 gektar bo'sh yer maydonlaridan 78 tasi 1 gektar bo‘sh yer maydonlari 658 mln so‘mga sotilgan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#VM_71 #auksion

Uy-joy qurish uchun yer uchastkalari sotuvi boshlandi

Endilikda siz o'zingizga maqul joydan uy-joy qurish uchun yer uchastkalarini onlayn auksion savdolarida ishtirok etgan holda sotib olishingiz mumkin.

Ayni damda Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahridan uy-joy qurish uchun onlayn auksion savdolariga chiqarilgan 8 ta yer uchastkalaridan birini tanlang.

Uy-joy uchun bo'sh yer uchastkalari haqida ma'lumotlarni e-auksion platformasi orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
#2022_yil_sarhisob #ijro #VM_71 #auksion

⚡️2022-yilda auksion orqali Sirdaryo viloyatida qariyb 6,5 mlrd so‘mlik bo'sh yer uchastkalari sotildi

🔰O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.02.2022 yildagi VM-71-son qaroriga ijrosi yuzasidan, Tadbirkorlik faoliyati uchun 2 232 ta 136,3 gektar bo'sh yer maydonlari E-auksion.uz elektron savdo platformasiga mulk va ijara huquqlari asosida savdoga chiqarildi.

Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi yerlarni auksionga chiqarish sektor rahbarining maʼlum qilishicha, 2022-yil davomida auksion savdosiga chiqarilgan 2 232 ta 136,3 gektar bo'sh yer maydonlaridan 426 tasi 38,5 gektar bo‘sh yer maydonlari 6 mlrd 329 million 600 ming so‘mga sotilgan.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#bilasizmi #huquq #VM_71

⚡️O‘zingizga tegishli yer uchastkangizni masofadan turib xususiylashtirish imkoniga egasiz

💻Endilikda yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun jismoniy va yuridik shaxslar my.gov.uz orqali murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi.

📨Ariza Kadastr agentligi va Qurilish bo‘limlariga yo‘naltiriladi. Xususiylashtirishga monelik qilmaydigan tomonlari tekshirilgach, fuqaroga xususiylashtirish haqida xabarnoma yuboriladi va talabgor to‘lovni amalga oshiradi.

💳Xizmat uchun to‘lov miqdori:
🔹Arizani ko‘rib chiqish uchun - 27 000 so‘m

💳Xususiylashtirish to‘lovi
🔹viloyat markazlarida yer solig‘ining 10 baravari,
🔹boshqa hududlarda 5 baravari miqdorida

📑To‘lov amalga oshirilgach, yer uchastkasiga bo‘lgan davlat orderi beriladi. Ushbu order asosida kadastr organlari yer uchastkasiga nisbatan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM