Sirdaryo Kadastr
1.04K subscribers
7.08K photos
1.03K videos
18 files
4.91K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
#Bilib_oling #Huquqiy_bilim

❗️Quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi:

1.Ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;

2.Ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;

3.Kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk obyekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan).

Ushbu hollarda kadastr pasporti uch ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! facebook telegram instagram youtube
#Bilib_oling #Huquqiy_bilim

❗️Quyidagilar kadastr pasporti berishni rad etish uchun asos bo‘ladi:

1.So‘rovnomada noto‘g‘ri maʼlumotlar ko‘rsatilishi;

2.Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi;

3.Ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda bo‘lmagan taqdirda;

4.Vakolatli organ tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi.

Kadastr pasportini rasmiylashtirishni ushbu bandda ko‘rsatilmagan asoslar bo‘yicha rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! facebook telegram instagram youtube
#Bilib_oling #Huquqiy_bilim

Auksionga chiqarishda yer uchastkasi to‘g‘risida ko‘rsatilishi shart bo‘lgan ma’lumotning minimal hajmi quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:

1. Yer uchastkasining o‘ziga xos raqami va joylashgan joyi;
2. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquq turi;
3. Yer uchastkasi kiradigan yerlar toifasi;
4. Yer uchastkasidan foydalanish mumkin bo‘lgan faoliyat turlari;
5. Yer uchastkasi maydoni (gektarda);
6. Yer uchastkasini kamida ikki tomondan o‘rab turgan obyektlarning raqamli fotosurati;
7. Yer uchastkasiga tutash hududlarning (obyektlarning) belgilangan maqsadi va turlari;
8. Qurilish obyektini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash mumkin bo‘lgan quvvatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
9. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarigacha bo‘lgan masofa;
10. Mazkur yer uchastkasida qurilishga ruxsat berilgan yoki taqiqlangan obyektlar turlari ro‘yxati;
11. Yer uchastkalarining boshlang‘ich narxi;
12. Yer uchastkasi bo‘yicha yoki undan foydalanish huquqiga nisbatan mavjud cheklovlar;
13. Yer uchastkasidan foydalanish shartlari va tartibiga taalluqli boshqa axborot.

Auksionga ijara huquqi bilan chiqariladigan yer uchastkasi bo‘yicha qo‘shimcha ravishda ijara muddati ko‘rsatiladi va ijara shartnomasining loyihasi ilova qilinadi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! facebook telegram instagram youtube
#Bilib_oling #Huquqiy_bilim

Sug'oriladigan yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga bo'lgan huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda o'zga shaxsga berish, — bazaviy hisoblash miqdorining to'rt yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha qilmish:
a) yerlarga ko'p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo'lsa;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
g) xizmat mavqeyidan foydalanib sodir etilgan bo'lsa, - bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha qilmish:
a) yerlarga juda ko'p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo'lsa;
b) o'ta xavfli retsidivist tomonidan;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko'zlab sodir etilgan bo'lsa, - muayyan huquqdan mahrum qilib, sakkiz yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
#Bilib_oling #Huquqiy_bilim

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Bilib_oling #Huquqiy_bilim

Auksionga chiqarishda yer uchastkasi to‘g‘risida ko‘rsatilishi shart bo‘lgan ma’lumotning minimal hajmi quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:

1. Yer uchastkasining o‘ziga xos raqami va joylashgan joyi;
2. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquq turi;
3. Yer uchastkasi kiradigan yerlar toifasi;
4. Yer uchastkasidan foydalanish mumkin bo‘lgan faoliyat turlari;
5. Yer uchastkasi maydoni (gektarda);
6. Yer uchastkasini kamida ikki tomondan o‘rab turgan obyektlarning raqamli fotosurati;
7. Yer uchastkasiga tutash hududlarning (obyektlarning) belgilangan maqsadi va turlari;
8. Qurilish obyektini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash mumkin bo‘lgan quvvatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
9. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarigacha bo‘lgan masofa;
10. Mazkur yer uchastkasida qurilishga ruxsat berilgan yoki taqiqlangan obyektlar turlari ro‘yxati;
11. Yer uchastkalarining boshlang‘ich narxi;
12. Yer uchastkasi bo‘yicha yoki undan foydalanish huquqiga nisbatan mavjud cheklovlar;
13. Yer uchastkasidan foydalanish shartlari va tartibiga taalluqli boshqa axborot.

📌Auksionga ijara huquqi bilan chiqariladigan yer uchastkasi bo‘yicha qo‘shimcha ravishda ijara muddati ko‘rsatiladi va ijara shartnomasining loyihasi ilova qilinadi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Bilib_oling #Huquqiy_bilim
Xususiylashtirilgan yerni mulkdordan qanday holatlarda olib qo'yish mumkin?

⚜️Qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to'g'risida qonunning 34-moddasiga ko'ra shunday belgilangan;
Yer davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun sotib olinganda (egasining yozma roziligi bilan);
Yerga ijro hujjatlari bo'yicha undiruv qaratilganda;
Yer musodara qilinganda;
Yer rekvizisiya qilinganda (epidemiya, tabiiy ofat vaqtida) olinishi mumkin.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Bilib_oling #Huquqiy_bilim

❗️Quyidagilar kadastr pasporti berishni rad etish uchun asos bo‘ladi:

1.So‘rovnomada noto‘g‘ri maʼlumotlar ko‘rsatilishi;

2.Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi;

3.Ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda bo‘lmagan taqdirda;

4.Vakolatli organ tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi.

Kadastr pasportini rasmiylashtirishni ushbu bandda ko‘rsatilmagan asoslar bo‘yicha rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Bilib_oling
Yerto'ladan foydalanish mumkin!

🏣Ko‘p kvartirali uylar yerto‘lasidan foydalanish tartibi qanday?

🔰 Ko‘p kvartirali uylar yerto‘lasidan foydalanish u joydagi mulkdorlar roziligiga asosan amalga oshiriladi.

📌 Yerto‘ladan joylar faqat yerto‘lada shug‘ullanilish mumkin bo‘lgan bir necha faoliyat turlarini amalga oshirish uchun beriladi.

Yerto‘ladan foydalanganlik uchun to‘lanadigan ijara to‘lovlarining eng kam miqdorlari hokimliklar tomonidan tasdiqlanadi.

🚫 Yerto‘ladan foydalanuvchi tomonidan uni boshqa shaxslarga sotish, hadya etish, garovga qo‘yish va ijaraga berishga yo‘l qo‘yilmaydi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Esllatma #Bilib_oling

⚡️KADASTR PASPORTINI TAYYORLASH MUDDATLARI

Kadastr pasportini tayyorlash ko‘chmas mulk obyektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

🔹umumiy maydoni 100 kv.m. gacha — 5 ish kunigacha;

🔹umumiy maydoni 100 kv.m dan 1 000 kv.m. gacha — 7 ish kunigacha;

🔹umumiy maydoni 1 000 kv.m dan 5 000 kv.m. gacha — 10 ish kunigacha;

🔹umumiy maydoni 5 000 kv.m dan 15 000 kv.m. gacha — 15 ish kunigacha;

🔹umumiy maydoni 15 000 kv.m dan 50 000 kv.m gacha — 20 ish kunigacha;

🔹umumiy maydoni 50 000 kv.m dan ortiq — 25 ish kunigacha;

🔹ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha — 3 ish kunigacha.

❗️Kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Esllatma #Bilib_oling

⚡️Yer qonun buzilish holatlari uchun 45 yoki 90 mln so'mgacha jarimalar mavjud

🔰O‘zbekiston Respublikasining ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 60-moddasi 3-qismiga ko'ra

❗️O‘zboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash bo‘lgan va tutash bo‘lmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirilganligi uchun

fuqarolarga — bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari ya'ni 45 00 000 so'm,

mansabdor shaxslarga — uch yuz baravari, 90 000 000 so'm miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

☝️Shuningdek noqonuniy egallangan yer maydonidagi uy-joy, savdo do'kon yoki boshqa imoratlarni sotish, hadya qilish, ijaraga berish yoki boshqa bitimlarni amalga oshirib bo'lmaydi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Bilib_oling

Savol: Yerni xususiylashtirish qanday toifidagi yerlarga amal qiladi?

Javob: Avvalo shuni aytishimiz kerak - qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarga nisbatan amal qiladi.
Bular:
🔹yuridik shaxslarga tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan yer uchastkalari;
🔹O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish, shuningdek tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan yer uchastkalari;
🔹 xususiylashtirilishi lozim bo‘lgan davlat ko‘chmas mulk ob'ektlari joylashgan yer uchastkalari;
🔹bo‘sh turgan yer uchastkalari.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Bilib_oling

🔹O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2022-yil 14-fevralidagi 71-sonli qaroriga asosan yer maydonlarini xususiylashtirishni quyidagicha afzallik tomonlari bor.

🔷 Mulk huquqiga ega bo'lish, yer uchastkasini bir qismini sotish yoki hadya qilish.

🔷 Davlat tomonidan yer uchastkalari olib qo'yilmaydi faqat sotib olinishi mumkin.

🔷 Yer maydonini mustaqil qo'shish, taqsimlash va ajratish huquqini beradi.

🔷 Yer uchastkasidan garov sifatida foydalanish huquqini beradi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#kadastr #bilib_oling

⁉️ Xususiylashtirilgan yer menga qanday foyda keltiradi va eng asosiysi snos qilinishi mumkinmi?

💠 Qonunchilikda davlatga tegishli yerlar yoki boshqa shaxslar foydalanishida bo‘lgan yerlar olib qo‘yilishi nazarda tutiladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi 2022-yil 14-fevral kunidagi 71-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqidagi qaroriga asosan siz yeringizga nisbatan mulk huquqini olishingiz bilan (xususiylashtirish orqali) davlat shunchaki sizga tegishli bo‘lgan yerni olib qo‘ya olmaydi.

🫥 Agar yer uchastkasi davlat ehtiyojiga kerak bo‘lsa, sizdan bozor narxida, shartnoma asosida sotib olishi mumkin. Sizdan davlat yeringizni kelishilgan narxda sotib olsagina, yer davlatga o‘tadi. Yer “snos”ga tushib ketmaydi. Bu – mulk huquqining kafolatlanishi.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_oling #kadastr

Xususiylashtirilgan yer menga qanday foyda keltiradi va eng asosiysi snos qilinishi mumkinmi?

💠 Qonunchilikda davlatga tegishli yerlar yoki boshqa shaxslar foydalanishida bo‘lgan yerlar olib qo‘yilishi nazarda tutiladi. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-sonli qaroriga asosan siz yeringizga nisbatan mulk huquqini olishingiz bilan (xususiylashtirish orqali) davlat shunchaki sizga tegishli bo‘lgan yerni olib qo‘ya olmaydi.

Agar yer uchastkasi davlat ehtiyojiga kerak bo‘lsa, sizdan bozor narxida, shartnoma asosida sotib olishi mumkin. Sizdan davlat yeringizni kelishilgan narxda sotib olsagina, yer davlatga o‘tadi. Yer “snos”ga tushib ketmaydi. Bu – mulk huquqining kafolatlanishi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_oling

⚡️Mediasavodxonlik

Yolg‘on xabar va noqonuniy ma’lumotlarni bo‘lishish uchun ham javobgarlik borligini bilasizmi?

❗️Har qanday axborotni tarqatishdan avval manbaning ishonchligini tekshiring. Feyk va dezinformatsiyalardan yiroq bo‘ling!

Bu nafaqat sizning huquqingiz, balki jamiyat oldidagi burchingiz hamdir.

📹 Batafsil videoda tanishing.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilib_oling


Davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organda ushbu koʻchmas mulk obyektining mansubligi masalasida nizolar borligidan dalolat beruvchi sud hujjatlarining mavjudligi
Vakolatli organ tomonidan koʻchmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qoʻyilganligi
Taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri, qarama-qarshi yoki buzilgan maʼlumotlar
topilishi
birlamchi kadastr yigʻmajildining mavjud emasligi
davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organda ushbu yer uchastkasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib qoʻyilganligi haqidagi maʼlumotlarning mavjudligi
roʻyxatdan oʻtkazuvchi tomonidan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻxtatib turilgan hollarda, taqdim etilgan materiallardagi kamchiliklarning uch ish kunimobaynida bartaraf etilmasligi
yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda bekor qilinganligi
huquqlarning vujudga kelishini belgilamaydigan hujjatlar taqdim etilishi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr