Sirdaryo Kadastr
1.04K subscribers
7.08K photos
1.03K videos
18 files
4.91K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
#Yig'ilish

🔹Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasiga mas'ul Muxitdinov S.F hamda Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i Ismailov N.A boshchiligida Ko'chmas mulk-3 dasturiy ta'minoti hamda Davlat kadastrlari yagona tizimidagi xato va kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha Davlat kadastrlari palatasi tumanlardagi mas'ul xodimlarga yig'ilish bo'lib o'tdi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from TOSHKENT SHAHAR KADASTR
ТАЙИНЛОВ

Кулешов Бобур Рахматуллаевич
Давлат солиқ қўмитаси ҳузуридаги Кадастр агентлиги Давлат кадастрлари палатаси Тошкент шаҳар бошқармаси Мирзо Улуғбек тумани филиали бошлиғи вазифасини бажарувчи лавозимига тайинланди.

Бобур Рахматуллаевич - 1985 йил Тошкент шаҳрида туғилган. 2010 йил Тошкент архитектура қурилиш институтини тамомлаган.

2021-йилдан шу вақтга қадар - Давлат кадастрлари палатаси Тошкент шаҳар бошқармаси Мирзо Улуғбек тумани филиалида бош муҳандис вазифасида фаолият юритган.

Ижтимоий тармоқлар орқали кузатиб боринг👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚜️ Prezident farmoniga muvofiq, xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish, investitsiyaviy muhit jozibadorligini oshirish hamda davlat aktivlarini (davlat aksiya paketlari, ulushlari, ko‘chmas mulk obektlari) sotib olgan investorlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida:

🔹 qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi asosida auksion orqali sotishda davlat aktivlarini sotishda qo‘llaniladigan uch yilgacha bo‘lib-bo‘lib to‘lash tartibi tatbiq etiladi;

🔹 bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan davlat aktivlari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari bo‘yicha kamida 35% miqdoridagi dastlabki to‘lovni biryo‘la amalga oshirgan xaridorlarga mazkur davlat aktivlari va yer uchastkalarini kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish huquqi berildi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_axborot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#Savol_javob #Huquqiy_bilim

Savol:
Hovli uyim 17 sotix. Kadastr hujjatlarim joyida. Lekin 6 sotix qizil maydon qilib belgilangan. O'sha qizil maydonga uy qurishim mumkinmi?

Javob:
O‘zining egallab turgan yer uchastkasida qurilish, qayta qurish ishlarini amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-sonli qarori bilan tasdiqlangan ma'muriy reglamentlarga asosan ruxsatnoma olish lozim. Buning uchun davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etiladi. Ruxsatnoma Arxitektura qurilish bo‘limi tomonidan beriladi.

🚫Agar yer uchastkasi qizil chiziq hududida yoki muxofaza zonasida joylashgan bo‘lsa yoki o‘zboshimchalik bilan egallangan bo‘lsa, qurilish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsat berilmaydi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Huquqiy_bilim

Kadastr pasporti quyidagi hollarda rasmiylashtiriladi yoki qayta rasmiylashtiriladi:

🔹 ko‘chmas mulk ob'ekti bo‘yicha birlamchi xatlov ishlari bajarilganda;
🔹 ko‘chmas mulk ob'ektining bir qismi begonalashtirilganda yoki yer uchastkasi alohida bo‘linganda;
🔹 qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilgandan so‘ng ularning bir qismiga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganda;
🔹 yer uchastkasining maydoni yoki chegara nuqtalari o‘zgarganda;
🔹 ko‘chmas mulk ob'ektining manzilini belgilashda yoki o‘zgartirishda;
🔹 ko‘chmas mulk ob'ektining toifasi o‘zgarganda;
🔹 o‘z yer uchastkasida tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasdan qurilgan bino va inshootlar mavjud bo‘lganda.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Huquqiy axborot
#Биласизми

🔘 Қуйидаги ҳолларда кадастр паспортини расмийлаштириш бепул амалга оширилади:

кўчмас мулк объекти бўйича бирламчи кадастр йиғмажилди (паспорти) мавжуд бўлиб, бегоналаштирилганда ёки объектда ўзгаришлар (реконструкция, қўшимча ва алоҳида қурилиш) мавжуд бўлмаганда;

кўчмас мулк объектининг бир қисми бегоналаштирилганда объектнинг қолган қисмига ёки реконструкциясиз тоифаси ўзгарганда;

кадастр йиғмажилди (паспорти) йўқолганда (яроқсиз ҳолга келганда).

✍️ Ушбу ҳолларда кадастр паспорти 3 иш куни мобайнида расмийлаштирилади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
🔹Yurtimiz sarhadlari🔹

🌐 Sirdaryo viloyatining shahar va tumanlar hududi qancha?

Sirdaryo viloyatining umumiy maydoni, 4276,18²km

1. Xovos tumani - 619,55²km
2. Oqoltin tumani - 551,37²km
3. Boyovut tumani - 522,89²km
4. Guliston tumani - 349,65²km
5. Sardoba tumani - 517,6²km
6. Sirdaryo tumani - 536,13²km
7. Mirzaobod tumani - 635,76²km
8. Sayxunobod tumani - 451,13²km
9. Shirin shahri - 13,39²km
10. Guliston shahri - 36,21²km
11. Yangiyer shahri - 29,88²km
12. Sirdaryo shahri - 10,39²km
13. Baxt shahri - 2,23²km

#DavKadastrPalata #yurtimiz_sarhadlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
#Eslatma

🏠O'zingizga tegishli bo'lgan yerni xususiylashtirish uchun davlat xizmatlari markazlariga yoki yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiling.

Bir martalik to'lov yuridik va jismoniy shaxslar uchun sotib olish qiymatini aniqlashda o'sha kunda belgilangan bazaviy soliq stavkasining 20 baravari etib belgilangan.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🔰Ko‘chmas mulk obyektlarining davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlari

🏢Ko‘chmas mulk obyektlarining noturar bino va inshootlarga oid qismiga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

1.Umumiy maydoni 100 kvadrat metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk BHMning 1 baravari
2.Umumiy maydoni 100 kvadrat metrdan 1000 kvadrat metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk Obyektning 1 kv. m. maydoni uchun BHMning 1,15%
3.Umumiy maydoni 1000 kvadrat metrdan 5000 kvadrat metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk BHMning 17,25 baravari
4.Umumiy maydoni 5000 kvadrat metrdan 15000 kvadrat metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk BHMning 34,5 baravari
5.Umumiy maydoni 15000 kvadrat metrdan 50000 kvadrat metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk BHMning 57,5 baravari
6.Umumiy maydoni 50000 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan ko‘chmas mulk BHMning 80,5 baravari

🏣Ko‘chmas mulk obyektlarining turarjoy fondiga oid qismiga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

1.Ko‘p kvartirali uydagi kvartira Obyektning 1 kv. m. maydoni uchun BHMning 1,15%
2.Yakka tartibdagi turarjoy Obyektning 1 kv. m. maydoni uchun BHMning 1,15%

❇️Yer uchastkalariga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

1.Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - Bepul
2.Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lmaganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi BHMning 1,25 baravari
3.Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkasi BHMning 1,25 baravari
4.Noturarjoy obyektlarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi BHMning 1,25 baravari
5.Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan yer uchastkasi BHMning 2,5 baravari

🔹Xizmatdan foydalanish uchun YAIDXP orqali ariza yuborilganda to‘lov summasining 90 foizi undiriladi.

Batafsil: https://my.gov.uz/uz/pages/service-price

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Savol_javob #Huquqiy_bilim

Savol: Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun yerlar oldin ham auksion orqali ajratilishi belgilangan edi. Yangi nizom bilan nimalar o‘zgardi?

Javob:
Yangi nizomda yerni shaharsozlik hujjatlari asosida auksionga chiqarish, shuningdek avval yer uchastkasiga doimiy foydalanish huquqi realizasiya qilingan bo‘lsa, endilikda mulk huquqida sotilishi belgilanmoqda.
Bu esa o‘z navbatida nizolarni bartaraf etish hamda yerga bo‘lgan mulkchilik huquqini kafolatlanishini ta'minlaydi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Bilib_oling #Huquqiy_bilim

❗️Quyidagilar kadastr pasporti berishni rad etish uchun asos bo‘ladi:

1.So‘rovnomada noto‘g‘ri maʼlumotlar ko‘rsatilishi;

2.Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi;

3.Ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda bo‘lmagan taqdirda;

4.Vakolatli organ tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi.

Kadastr pasportini rasmiylashtirishni ushbu bandda ko‘rsatilmagan asoslar bo‘yicha rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Kadastr pasportini tayyorlash ajratilgan yer uchastkasi bo'yicha muddati nechchi ish kunigacha beriladi?
Anonymous Quiz
8%
1 ish kunigacha
69%
3 ish kunigacha
23%
5 ish kunigacha.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹Davlat ro‘yxatidan o'tgan 🔹

Davlat kadastrlari palatasi hududlar bo‘yicha 2022 yil 31 mart - 11 aprel kunlaridagi ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan jami ma’lumotlarni taqdim etadi.

Ushbu ma’lumotda siz, ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

💠 O'tgan haftada Davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 12 129 tani tashkil etdi.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#O`RQ_419 #stop_korrupsiya

KORRUPSIYAGA YO`L YO`Q

⚖️ Mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha davlatimiz tomonidan katta ahamiyat berilmoqda.

📲 Agarda Siz kadastr tizimida korrupsion holatlarga guvoh bo‘lsangiz yoki tizim xodimlarining noqonuniy harakatlari to‘g‘risida maʼlumotlarga ega bo‘lsangiz Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi Komplayens-nazorat xizmati xodimining +99867-225-98-97 telefon raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

🤝Murojaatchi to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar sir tutilishi kafolatlanadi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹Ko‘chmas mulkka egalik huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Vakantkadastr

🔻Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi va Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlovlar eʼlon qiladi:

🔸Kadastr agentligining Sirdaryo viloyati boshqarmasi:

Ma'muriy amaliyot bo'limi boshig'i
Tashkiliy-nazorat va tahlil sho'basi boshlig'i

❗️Hujjatlar 2022-yil 21-aprelgacha qabul qilinadi.

🔷 Hujjatlarni elektron yuborish tartibi bo‘yicha video qo‘llanma.
🔷 Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uz‘dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha video qo'llanma.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Xalqaro press klub
⚡️⚡️⚡️Халқаро пресс-клуб “Ер ҳисоби ва давлат кадастри тизими: мақсадли фойдаланиш, назорат ҳамда рақамли технологиялар” мавзуидаги ўзининг навбатдаги сессиясини ташкил этмоқда.

Ўтган давр мобайнида ер ва кадастр назорати йўналишида нима ишлар амалга оширилди?

Ер ҳисоби ва давлат кадастрини шакллантириш, рақамли технологияларни изчил жорий этиш бўйича бугун аҳвол қандай?

📍Шу каби саволларга ХПКнинг жонли эфирда бўлиб ўтадиган сессияси орқали жавоб олишингиз мумкин.

🎥 Эфирни сиз бугун, 13 апрель соат 11:15 да “Ўзбекистон 24”, “УзРепорт” ва “Ренессанс” телеканаллари орқали тўғридан-тўғри кузатиб боришингиз мумкин.

Ўтказиб юборманг😊

@IPCUzbekistan
#Auksion #VMQ_485

⚡️Sirdaryo viloyatida e-auksion.uz platformasi orqali 86ta ko'chma savdo joylarini 3 yilga ijaraga oling

▪️Oqoltin tumani 9 ta (
Ko'rish)
▪️Boyovut tumanida 10 ta (
Ko'rish)
▪️Guliston tumanida 6 ta (
Ko'rish)
▪️Sardoba tumanida 6 ta (
Ko'rish)
▪️Mirzaobod tumani 1 ta (
Ko'rish)
▪️Sirdaryo tumanida 8 ta (
Ko'rish)
▪️Xovos tumanida 27 ta (
Ko'rish)
▪️Yangiyer shahrida 9 ta (
Ko'rish)
▪️Shirin shahrida 1 ta (Ko'rish)
▪️Yangiyer shahrida 9 ta (Ko'rish)

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube