Sirdaryo Kadastr
1.02K subscribers
7.65K photos
1.13K videos
20 files
5.3K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
#bilasizmi #huquqiy_bilim

⚡️Bo'sh yer maydonini oldi-sotdi qilish mumkinmi ?

☑️HA - Agar yer uchastkasi sizga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘lsa.

YO‘Q - Yer uchastkasi sizga meros qilib qoldirilgan umrbod (vaqtincha) foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida tegishli bo‘lsa.

☝🏻Bugungi kunda qonunchilikka muvofiq, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish va bo‘sh yer uchastkalarini auksion shakldagi elektron savdolarda mulk huquqi asosida sotib olish mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
📝Quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi:

🔸ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;

🔸ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;

🔸kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk obyekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan).

💠Ushbu hollarda kadastr pasporti uch ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#yer_nazorati #Guliston_shahar

⚡️Fuqarolar tomonidan bartaraf etilayotgan noqonuniy qurilmalar

🔰Guliston shahar Madaniyat MFY, Amir Temur ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli turar joylar atrofidagi yer maydonlari bir guruh fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallangani aniqlangan.

🔹Aniqlangan maʼlumotlarga ko‘ra, fuqarolar ushbu yerlarda hech qanday tegishli hujjatlarsiz, noqonuniy omborxona binolarini barpo etgan va Kadastr agentligi Guliston shahar bo‘limi tomonidan fuqarolarga tegishli tartibda ogohlantirish xatlari berilgan.

🔹Ayni paytda ushbu ogohlantirishlardan so‘ng noqonuniy qurilmalar fuqarolar tomonidan ixtiyoriy ravishda joyida bartaraf etilmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#hisobot_murojaatlar #Infografika

⚡️MUROJAATLAR TAHLIL QILINGANDA...

📊 Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi hamda uning filiallariga kelib tushgan fuqarolarning murojaatlari bo'yicha ma'lumot.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔹Kelajakka yo‘l🔹

💠 Kadastr sohasida olib borilayotgan islohotlarga yurtdoshlarimiz qanday munosabat bildirmoqdalar? Sohaga islohotlar qanday joriy qilinmoqda?

💠 O‘zbekiston telekanalining “Kelajakka yo‘l” dasturida ushbu savollarga yurtimiz aholisi va Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi mutasaddilari javob berishgan.

📹 Mazkur ko‘rsatuvni to‘liq ravishda 11-sentyabr kuni soat 20:20da takroriy beriladigan efir orqali tomosha qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #oav_biz_haqimizda #kelajakka_yo_l

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jamoa_tabrigi

Бугун Кадастр агентлиги директори ўринбосари – “Геоинновация маркази” ДУК директори Абдуллаев Абдушукур Хамидович Тошкент ахборот технологиялар университети ҳузуридаги илмий даражалар берувчи илмий кенгашда “Давлат ташкилотларининг архив фаолиятини ахборот-ҳужжатли ва метрологик таъминлаш усуллари, моделлари ва алгоритмлари” мавзуси бўйича техника фанлари доктори (DSc) диссертaциясини ҳимоя қилди.

Қарийб 3 соат давом этган ҳимоя жараёнида А.Абдуллаевнинг мавзуси Кенгаш аъзоларида катта қизиқиш уйғотди ва кенг муҳокама қилинди.

Кенгаш аъзолари бир овоздан А.Абдуллаевнинг ишини қўллаб-қувватладилар ва келгусида ушбу йўналишни давом эттириш ва шогирдлар етиштириш зарурлигини, бу йўналиш илм-фанда ҳам катта янгилик эканлигини таъкидладилар.

Устоз Абдушукур Хамидовични Кадастр агентлиги жамоаси ҳамда унинг тизимида фаолият олиб бораётган барча ҳамкасбларимиз номидан самимий қутлаймиз.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Ko‘chmas mulk obyektlarining turar joy fondiga oid qismiga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

🏢Ko‘p kvartirali uydagi kvartira uchun

🔹Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun

BHMning 1,15 foizi

🏠Yakka tartibdagi turarjoy uchun

🔹Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun

BHMning 1,15 foizi

❗️Hozirgi kunda bazaviy hisoblash miqdori 300 000 so‘m bo‘lsa, demak 1 kvadrat metr uchun 3 450 so‘m miqdorida to‘g‘ri keladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🔰Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i B.Minasipov boshchiligida boshqarma xodimlari jamoa bo‘lib Sirdaryo tuman filialida Arxiv hujjatlarini tartibga solish maqsadida kadastr hujjati bo‘lmagan xonadonlarni elektron ro‘yxati shakllantirilib, uy-joyga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etishga asos bo‘luvchi hujjatlarni elektron bazasi shakllantirilmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Эртага, 12 сентябрь куни мамлакатимиз ва қатор етакчи хорижий давлатларнинг нуфузли газеталарида ва интернет-нашрларида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Шанхай ҳамкорлик ташкилоти Самарқанд саммитига бағишланган дастурий аҳамиятга эга, концептуал мақоласи чоп этилади.

Бу олий даражадаги учрашувдан нималар кутиляпти? Саммит Ўзбекистон, минтақа ва умуман замонавий дунё учун қанчалик муҳим? Янги даврда Ўзбекистон нега минтақавий ва глобал миқёсда кенг ҳамкорлик ва мулоқотни илгари сурмоқда? Ўзбекистоннинг ШҲТга раислиги ташкилот фаолиятида қандай акс этди?

Шу ва бошқа муҳим саволларга Президентимизнинг эртанги мақоласида жавоб топиш мумкин.

Завтра, 12 сентября, в авторитетных газетах и интернет-изданиях нашей страны и ряда ведущих зарубежных государств выходит имеющая программное значение концептуальная статья Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева, посвященная Самаркандскому саммиту ШОС.

Что ожидается от этой встречи высшего уровня? Насколько важен саммит для Узбекистана, региона и современного мира в целом? Почему Узбекистан продвигает широкое сотрудничество и диалог на региональном и глобальном уровне в новую эпоху? Какой эффект оказало председательство Узбекистана в ШОС на деятельность организации?

Ответы на эти и другие важные вопросы можно найти в завтрашней статье Президента.

Facebook|Instagram|Twitter
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг "Шанхай ҳамкорлик ташкилотининг Самарқанд саммити: ўзаро боғлиқликдаги дунёда мулоқот ва ҳамкорлик" сарлавҳали мақоласи

Статья Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева "Самаркандский саммит ШОС: диалог и сотрудничество во взаимосвязанном мире"

Article by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev "The SCO Samarkand Summit: Dialogue and Cooperation in an Interconnected World"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand 15-16 sentyabr kunlari ShHT sammitini o‘tkazishga hozirlanmoqda

🔹Samarqandda ShHTga a’zo mamlakat rahbarlari so‘nggi uch yilda ilk marta yuzma-yuz ko‘rishadi. Shuningdek, sammitda birinchi marta 15 mamlakat rahbari ishtirok etadi.

🔹Tadbir arafasida Samarqandda yangi aeroport, Xalqaro turizm markazi qurildi. Markaz hududida jami 10 ta ob’ekt bunyod etildi – 8 ta (2 ta 5 yulduzli va 6 ta 4 yulduzli) mehmonxona, Kongress xoll hamda Karvonsaroy kompleksi qurildi.

🔹Ma’lumot uchun, O‘zbekiston shu paytga qadar uch marta ShHTga raislik qilgan. Shu davrlarda O‘zbekiston 54 ta tashabbusni ilgari surdi va ularning asosiy qismi amaliyotga joriy etildi. Masalan, ShHT doirasida Mintaqaviy aksilterror tuzilmasini tashkil etish mamlakatimizning taklifi va bu tuzilma Toshkent shahrida faoliyat olib bormoqda.
ТEЗКОР!
РАСМИЙ МУНОСАБАТ

‼️ Ижтимоий тармоқларда кадастр агентлиги хизматларидан фойдаланганлик учун тўлов қилишда муаммолар юзага келаётгани тўғрисида хабарлар тарқалмоқда.

Юқоридаги ҳолат бўйича қуйидагиларни маълум қиламиз:

Кадастр хизматларидан Давлат хизматлари маркази (ДХМ), Ягона интерактив давлат хизматлари портали (ЯИДХП) my.gov.uz ҳамда нотариуслар орқали фойдаланиш мумкин.

Кадастр агентлиги бу йўналишда АТБ «Универсалбанк» билан ҳамкорликда ишлаб келмоқда.

📌 Банклараро универсал тармоқли ахборот тизими (Мунис) тўлов тизими ҳамда АТБ «Универсалбанк» орқали амалга оширилган банк операциялар натижаларини солиштириш ишлари олиб борилаётганлиги сабабли кадастр хизматларидан Нотариус орқали фойдаланганда тўлов қилиш вақтинча тўхтатилган.
Бу ҳақда АТБ «Универсалбанк» маълум қилди.

Банк носозликларни тез фурсатларда бартараф этиши ва тизимни ишга тушуришини маълум қилинди.

❗️Ушбу ҳолатга инвойснинг ҳеч қандай алоқаси йўқ.

Маълумот учун:
Ягона интерактив давлат хизматлари портали my.gov.uz ва Давлат хизматлари марказлари орқали юборилган аризаларнинг тўловларида муаммолар йўқ.

Фуқароларимиз юқоридаги носозликлар бартараф этилгунга қадар кадастр хизматларидан ДХМ ва ЯИДХП (my.gov.uz) орқали фойдаланишлари ва тўлов қилишлари мумкин.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Tayinlov

🔷Raximov Bobirjon Baxodirovich - Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi Mirzaobod tumani filiali boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

Raximov Bobirjon - 1988 yil Sirdaryo viloyati, Sahxunobod tumanida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy 2012 yil - O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasini tamomlagan.

💠Mazkur tayinlovga qadar, Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi Umumiy bo‘lim - bo'lim boshlig'i lavozimida faoliyat yuritgan.

🎉Raximov Bobirjon Baxodirovichga ushbu masʼuliyatli lavozimda muvaffaqiyat tilaymiz.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube