Sirdaryo Kadastr
1.01K subscribers
7.6K photos
1.12K videos
20 files
5.26K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yurtimiz sarhadlari

O'zbekiston Respublikasi hududi — 44 892,4 ming gektar

🇺🇿O'zbekiston Respublikasi hududi bilan quyida tanishishingiz mumkin:

🇺🇿  Surxondaryo viloyati- 2 009,9 ming gektar
🇺🇿 Farg'ona viloyati- 675,3 ming gektar
🇺🇿 Qoraqalpog'iston Respublikasi- 16 656,1 ming gektar
🇺🇿 Andijon viloyati- 430,2 ming gektar
🇺🇿 Sirdaryo viloyati- 427,6 ming gektar
🇺🇿 Jizzax viloyati- 2 117,9 ming gektar
🇺🇿 Navoiy viloyati- 10 948,1 ming gektar
🇺🇿 Buxoro viloyati- 4 183,1 ming gektar
🇺🇿 Xorazm viloyati- 608,2 ming gektar
🇺🇿 Namangan viloyati- 743,3 ming gektar
🇺🇿 Samarqand viloyati- 1 677,3 ming gektar
🇺🇿 Toshkent viloyati- 1 515,0 ming gektar
🇺🇿 Toshkent shahri- 43,5 ming gektar
🇺🇿  Qashqadaryo viloyati- 2 856,8 ming gektar

#DavKadastrPalata #yurtimiz_sarhadlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🟦🟦🟦

XATLOVDAGI TAVSIYALAR!

☯️ Xabaringiz bor, O'RQ-937-sonli Qonuniga ko'ra, 2024-yilning 8-noyabridan respublika boʻyicha reja jadval asosida xatlov ishlari olib borilmoqda. Davlat kadastrlari palatasi vakillari mazkur jarayonni katta shijoat bilan olib borar ekanlar, xonadon sohiblari boʻlmish sizlardan ham bu jarayonda oʻz xissangizni qoʻshishingizni soʻraymiz. Qanday qilib deysizmi? 👇

📹 Mazkur videoni tomosha qiling!👆

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿😀😃😄😆😊

Aholiga berilgan ipoteka kreditlarini takror moliyalashtirish uchun yangi imkoniyatlar yaratiladi


📃 Qonun (O'RQ-1028-son, 12.02.2025 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.

Qonun bilan “Ipoteka to'g'risida”gi, “Qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risida”gi, “To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida”gi qonunlarga ipoteka munosabatlariga elektron garov xatini joriy etishni, bunday garov xati bilan ta'minlangan majburiyatlarni bajarishni, u bo'yicha huquqlarni boshqa shaxsga o'tkazishni va undan foydalanishga doir boshqa mexanizmlarni belgilashni, shuningdek talab qilish huquqlari hamda garov xati tugatish massasiga kiritilmasligini nazarda tutuvchi o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilmoqda.

🎚 Bunda, “Ipoteka to'g'risida”gi qonunga kiritilgan qo'shimchaga ko'ra:

🔹Elektron garov xatiga o'zgartirishlar kiritish garov xatining qonuniy egasi va garovga qo'yuvchi tomonidan elektron garov xatiga o'zgartirishlar kiritish to'g'risidagi kelishuv (qo'shimcha kelishuv) shaklini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida to'ldirish orqali amalga oshiriladi;

🔹Elektron garov xatlari bo'yicha huquqlarni boshqa shaxsga o'tkazish depo hisobvarag'iga tegishli yozuv kiritish orqali amalga oshiriladi. Elektron garov xatiga doir huquqlar oluvchining depo hisobvarag'iga tegishli yozuv kiritilgan paytdan e'tiboran unga o'tadi va depo hisobvarag'idan ko'chirma bilan tasdiqlanadi.

#DavKadastrPalata #Qonunchilik

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yerni ko'p kvartirali uy-joy qurish uchun ijaraga olgan yuridik shaxslar yer solig'ini to'lashdan ozod qilinadi

📃 “Uy-joy va ipoteka bozorini yanada rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-26-son, 21.02.2025 y.) qabul qilindi.

◼️ Farmonga muvofiq, 2025-yil 1-maydan “Yangi O'zbekiston” massivlarini barpo etish doirasida quyidagilarni nazarda tutuvchi tartib o'rnatiladi:

yer uchastkalarini ko'p kvartirali uy-joylar qurish uchun ijaraga berish bo'yicha auksion savdolarida qatnashish, ko'p kvartirali uy-joylarni qurish va ularni realizatsiya qilishga faqat QQSni to'lovchi yuridik shaxslarga ruxsat etiladi;

yer uchastkalarini ko'p kvartirali uy-joylar qurish uchun ijaraga berish bo'yicha auksion savdolari ofertasida loyiha oldi hujjatlari tayyorlashga 15 kunlik, loyiha ishlarini bajarishga 2 oylik va qurilish ishlarini boshlashga 3 oylik muddat belgilanadi, shuningdek, unda qurilishni yakunlash va obyektni foydalanishga qabul qilish muddatlari ko'rsatiladi;

auksion savdolarida yer uchastkasini ko'p kvartirali uy-joy qurish uchun ijaraga olgan yuridik shaxslar ijaraga olgan paytdan boshlab 12 oy davomida ushbu yer uchastkasi bo'yicha yer solig'ini to'lashdan ozod qilinadi;

🗓 2025-yil 1-martdan “Yangi O'zbekiston” massivlarida ko'p kvartirali uy-joylar qurilishini amalga oshiruvchi qurilish tashkilotlariga aylanma mablag'larini to'ldirish uchun 12 oylik imtiyozli davr bilan 24 oy muddatga Markaziy bankning asosiy stavkasidan ko'pi bilan 2 foiz bandga yuqori stavkada kreditlar ajratiladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bugun respublika kadastrchilari milliy libosda


🇺🇿 Dunyo xavas qiladigan milliy liboslarimiz bor: o‘zbek do‘ppisi, milliy liboslari, beqasam to‘ni.

🇺🇿 Uni kiyganda har bir o‘zbek - o‘z millatining qanchalik boy tarixga ega ekanligini qalbida his qiladi. Bugun Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining butun respublika jamoasi bu ulug‘vor tuyg‘uni qalbidan o‘tkazdi.

🫥 Siz ham mazkur tashabbusga qo‘shiling, o‘zbekning ko‘rkam liboslarida namoyon bo‘ling!

#DavKadastrPalata #milliylik

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🟦🟦

XATLOV VAQTI UYINGIZDA BO'LISHINGIZNI SO'RARDIK
!

🇺🇿 🗓 Manzilli ro‘yxat bo‘yicha xatlovga tushgan mahallalardagi xonadonlarda uy egalarining xonadonida bo‘lmasliklari, ishchi-guruhga yer hujjatlarini taqdim etmaslik yoki keyinroq kelishlarini aytish kabi ayrim holatlar kadastrchilarimiz tomonidan xatlov ishlarini amalga oshirilishlariga to'sqinlik qilmoqda.

Aslida mazkur xatlov Sizning foydangizga tashkil etilganini anglashingiz biz uchun muhim.

Sizdan faqat mahallangiz xatlovga tushgan vaqtni bilish va o'sha kuni xonadoningizda bo‘lish so'raladi xolos!

👉 Xatlovdan bexabar qo'shningizga ham mazkur videoni ulashib qo'ying.

#DavKadastrPalata #xatlov2025 #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

XATLOVDA
NIMALARNI BILISHINGIZ KERAK?!

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasining "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi 937-sonli Qonuniga muvofiq Davlat kadastrlari palatasi tomonidan "Ko'chmas mulklarni xatlov yo'li bilan texnik inventarizatsiyadan o'tkazish va elektron yig‘majildini tayyorlash tartibi to‘g‘risida" uslubiy qo'llanma ishlab chiqildi.

📃 Ushbu yo'riqnoma asosida tayyorlangan mazkur video orqali xatlov jarayonlarida e'tibor qaratish lozim bo'lgan tomonlar haqida batafsil ma'lumotlarni taqdim etamiz.

#DavKadastrPalata #OʼRQ_937 #xatlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr atamasining ma'nosi


📝 Kadastr atamasi ko‘pincha "ko‘chmas mulk" tushunchasi yoki barcha ko‘chmas mulkni uslubiy jihozlangan inventarizatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lib, chegaralarni belgilashga va xaritalarda grafik tasvirlashga asoslangan va davlat, huquqlar va foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan arxiv bilan uzviy bog‘liqdir.

🌐 "Kadastr" atamasi butun dunyoda keng tarqalgan. "kadastr suratga olish" atamasi kadastr bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ko‘chmas mulk uchastkalarining chegaralarini o‘rganishni ta’minlaydi.

📝 Kadastr tushunchasi ko‘chmas mulkka soliq solish va qonuniy huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar tizimini ham o‘z ichiga oladi.

#DavKadastrPalata #kadastr_atamasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🟦🟦

Bo'sh ish o'rinlari bo'yicha e'lon!

⭐️🌟 Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Sirdaryo va Farg'ona viloyatlaridagi quyidagi vakant lavozimlariga tanlov eʼlon qiladi:

🟢 Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i - bosh ro‘yxatdan o‘tkazuvchi lavozimiga;

🟢 Davlat kadastrlari palatasi Farg'ona viloyati boshqarmasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i - bosh ro‘yxatdan o‘tkazuvchi lavozimiga.

➡️ Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boshqarmasiga murojaat qilishlari mumkin.

Tanlov Davlat kadastrlari palatasida doimiy faoliyat yuritadigan tanlov komissiyasi tomonidan o'tkaziladi.

📍 Manzil: Toshkent shahri, 100097, Chilonzor tumani, “M” mavzesi, Bunyodkor shoh ko‘chasi, 28-uy.

📞 Тelefon raqamlari: +998 71 207 00 03

❗️ Eslatma! Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar 2025 yilning 15- aprel kuniga qadar qabul qilinadi.

#DavKadastrPalata #vakansiya

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hududlardagi xatlov jarayonlari


🫥 Xabaringiz bor, Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari tuman-shahar filiallari xodimlari O'zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuni asosida, tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq mahallalarda xatlov ishlarini olib bormoqdalar. Shuningdek, fuqarolarga qonun mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida atroflicha tushunchalar taqdim etmoqdalar.

➡️O'tayotgan hafta davomida kadastr muhandislari tomonidan amalga oshirilayotgan ko'chmas mulklarni xatlovdan o'tkazilishi jarayonlarini quyidagi boshqarmalar misolida ko'rishingiz mumkini:

▫️Andijon viloyati
▫️Toshkent shahri
▫️Navoiy viloyati
▫️Toshkent viloyati
▫️Surxondaryo viloyati
▫️Qashqadaryo viloyati
▫️Sirdaryo viloyati
▫️Jizzax viloyati
▫️Qoraqalpog‘iston Respublikasi
▫️Samarqand viloyati
▫️Namangan viloyati

#DavKadastrPalata #xatlov2025

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM