Sirdaryo Kadastr
1.04K subscribers
7.07K photos
1.03K videos
18 files
4.9K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
▪️Ma’naviyatimizda buyuk siymolar o‘rni▪️

⚜️ Bugun so’z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi hamda adabiyot va sheʼriyatda oʻziga xos oʻrin egallagan adib, shoir va yirik davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bag’ishlab Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi tomonidan "Ma'naviyatimizda buyuk siymolar o'rni" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

⭐️ Kadastr agentligi direktori o'rinbosari Mirsaid Mirmaksudov boshchiligida bo'lib o'tgan tadbirda O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi, O'zbek adabiy til me'yorlari va davlat tilida ish yuritish markazi hamda O'zbek tilini rivojlantirish jamg'armasi vakillar qatnashib Navoiy va Boburning hayoti va ularning o'zbek tili rivojiga qo'shgan hissasi haqida so'z yuritdilar.

◼️Davlat tilida ish yuritishga oid chop etilgan bir necha kitoblar taqdimotidan so‘ng, mehmonlarga tizim rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️17-iyun - Butunjahon cho'llanish va qurg'oqchilikka qarshi kurash kuni▪️

🪐 Ushbu kunda dunyodagi barcha mamlakatlar yerlarni tanazzulga uchrashini kamaytirish bo‘yicha muammolarni hal etishga yo‘naltirilgan qarorlar qabul qilib, turli tadbirlar o‘tkaziladi va ularga aholinining keng qatlamlarini faol ishtirok etishini ta’minlash orqali cho‘llanish va qurg‘oqchilikni salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha keng ko‘lamli amaliy ishlar olib boriladi.

🇺🇿 Ma’lumotlarga ko‘ra, Mamlakatimizning 60 foizi cho‘l va yarim cho‘llardan iborat bo‘lib, cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish masalalari barqaror rivojlanishni ta’minlashda ustuvor o‘rin egallaydi.

💧 Shu bilan birga, Orol dengizining qurigan hududidan tuz va boshqa mineral moddalarning shamol orqali tarqalishi esa ekologik vaziyatni murakkablashishiga olib kelmoqda.

▶️ Shu boisdan, Davlat kadastrlari palatasi jamoasi tabiatga ehtiyotkor munosabatda bo‘lish, uni asrab-avaylashga chaqiradi.

#DavKadastrPalata #muhim_sanalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
🇺🇿 Mustaqil yurtim - O'zbekistonim!

▪️Ulg'aytirding bag'ringda qancha dahoni
▪️Mayli ayting bo'lsa agar da'voni,
▪️Jahon berolmaydi senga bahoni,
▪️Ta'rifi yo'q ardog'i go'zal bo'stonim,
▪️Nomi tilda doston - O'zbekistonim!🇺🇿

Respublikamiz Mustaqilligining 32 yilligi muborak bo'lsin.
💐💐💐

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yangi o'quv yili boshlandi

📚 Bugundan barcha ta'lim muassasalarida yangi o'quv yilining birinchi kuni. Maktabga ilk bora qadam qo'ygan barcha o'quvchilar uchun muhim, esda qolarli kun. Talabalik baxtiga muyassar bo'lgan yoshlarimiz uchun esa sabrsizlik bilan orziqib kutgan "talaba" maqomini his qiladigan kunlari hisoblanadi.

📖🖋 Shu munosabati bilan, yurtimizdagi barcha o'quvchi va talabalarni yangi o'quv yilini boshlaganlari bilan tabriklaymiz. Ularga yangi bilimlarni egallashlari va yanada yuqori cho'qqilarni zabt etishlariga tilakdoshmiz.

💐Yurtimiz egalari, Vatanimiz kelajagi bo'lgan yoshlarga ulkan muvaffaqiyat va zafarlar yor bo'lsin.

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

11-noyabr - Kasaba uyushmalari kuni

💠 Barchamizga ma'lumki, 2020-yil 23-noyabrdagi O‘RQ-648-son Qonuni bilan rasman «11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni» deb belgilangan.

🫥 Kasaba uyushmasi – fuqarolarning mehnat faoliyati yoki oʻqish turi boʻyicha umumiy manfaatlar bogʻlab turadigan iхtiyoriy jamoatchilik birlashmasidir. Ularning maqsadi – oʻz a’zolarining mehnat hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini yoqlab chiqish va himoya qilishdir.

🇺🇿 Oʻzbekistonda kasaba uyushmalari kunining belgilanishi, eng avvalo, kasaba uyushmalari tashkilotlarini ma’naviy qoʻllab-quvvatlash, ularning yanada samarali faoliyat yuritishini ta’minlash, tashkilot fidoyi хodimlarini ragʻbatlantirishga хizmat qiladi. Bu bilan mehnatkashlar huquqlari himoya qilinishi ustidan jamoatchilik nazorati ta’sirchanligini oshirish ko'zda tutilgan.

💐 🌟 Fursatdan foydalanib, Davlat kadastrlari palatasi jamoasi barcha Kasaba uyushmalari xodimlarini ushbu kun bilan samimiy muborakbod etadi. Sizning kasbingizga bo‘lgan mehringiz va fidoyiligingiz, inson manfaatlari uchun qilayotgan mehnatlaringizni qadrlaymiz.

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#muhim_sana

⚡️Bugun 22-dekabr — Energetiklar kuni!

Energetika soha vakillarini bugungi kasb bayrami bilan tabriklaymiz. Energetika sohasida vijdonan xalq uchun kunu-tun mexnat qilayotgan insonlar juda ko‘p.

Mashaqqatli kasb egalari bo'lmish energetiklar fidoiylik bilan qilayotgan mehnatlari tufayli yurtdoshlarimiz xonadonlari issiq va yorug'.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

25-may - Maktablarda so'nngi qo'ng'iroq kuni


🇺🇿 Bugun erta tongdan yurtimizning barcha umumta'lim dargohlari bitiruvchilari uchun eng esda qolarli va o'zgacha hayajonli kun. Har bir o'quv dargohlarida "So'nggi qo'ng'iroq" lar yangrab, o'quvchilar qadrdon maktablari, mehribon ustozlari va jonajon sinfdoshlari bilan xayrlashuv tadbirlarini o'tkazadilar. 25-may sanasini bitiruvchilar uchun bir vaqtning o'zida ham quvonchli, ham biroz qayg'uli kun desak yanglishmaymiz.
Shu o'rinda, bugun kadastrchilar uchun ham quvonchli kun. Kadastr agentligining Toshkent geodeziya va kartografiya texnikumini geodeziya yoʻnalishida 31 nafar, kadastr yoʻnalishida 30 nafar, jami 61 nafar o'quvchilar bitirmoqda.

Aziz bitiruvchilar!

📚Sizlarni o'rta-maxsus ta'limni muvaffaqiyatli tugatganingiz, umringizning yanada go'zal va mas'uliyatli bosqichiga qadam qo'yganingiz bilan samimiy muborakbod etamiz.
Kelgusi hayotingizda ulkan yutuqlar va yuksak marralarni zabt etishingizga tilakdoshmiz. Oldingizga aniq maqsad qo'yib, bor kuch-g'ayratingiz va salohiyatingiz bilan yuqori cho'qqilarga erishishingizni va el-yurt manfaati uchun xizmat qilishingizni tilaymiz. Umid va ishonch ramzi bo'lgan yetuklik shahodatnomalaringiz barchangizga muborak bo'lsin!

🌟Davlat kadastlari palatasi jamoasi

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

17-iyun - Butunjahon cho'llanish va qurg'oqchilikka qarshi kurash kuni


🌐 Ushbu xalqaro sana BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1995-yil 30-yanvarda ta’sis etilgan bo‘lib, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Cho‘llanishga qarshi kurash konvensiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan tanlangan. O‘zbekiston Osiyo mintaqasidagi davlatlar orasida birinchilar qatorida BMTning Cho‘llanishga qarshi kurash konvensiyasiga a’zo bo‘lgan.

💦🌫 O'tgan yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, bir daqiqada O‘zbekistonning 9 kvadrat metr hududi cho‘llanib boryapti. Har soniyada dunyo bo‘ylab 23 gektar cho‘llanib boryapti. Bu holat davom etaversa, 2050-yilga borib, Yer yuzining 95 foizi cho‘llanishi va bu 3 milliarddan ziyod odamni oziq-ovqat tanqisligida qoldirishi mumkin.

◼️Qurg‘oqchilik va cho‘llanishga qarshi kurash Markaziy Osiyo va O‘zbekiston uchun hayot-mamot masalasiga aylanib bormoqda. Shu sababli, Davlat kadastrlari palatasi jamoasi har bir fuqaroni tabiatga yaxshi munosabatda bo‘lishga va suv resurslaridan oqilona foydalanishga chorlab qolamiz.

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni


📝 Bugun jamiyatning, insonning manfaat va qiziqishlari, ijtimoiy taraqqiyot maqsadlaridan kelib chiqib, amaliyotga tadbiq etuvchi, qayta tashkil etuvchi, ta’sir ko‘rsatishda o'z o'rniga ega bo'lgan, ijtimoiy taraqqiyotning ulkan harakatlantiruvchi kuchi hisoblangan matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni.

✏️ Kezi kelganda insonlar o‘z fikrini to‘g‘ri ifoda eta olishga ham ojizlik qilgan bir pallada, o'z mahorati bilan nafaqat aholi o‘rtasida, balki xalqlar, mamlakatlar, millatlar o‘rtasidagi muvozanatni saqlash, axborot sohasidagi erkinlik va oshkoralikni ta'minlash hamda keng jamoatchilikka yetkazishda ommaviy axborot vositalarining o'rni beqiyos.

🫥 Ma’lum qilinishicha, 2023-yilda O‘zbekistonda 2 140 ta yoki 2016-yilga nisbatan 626 taga ko‘p ommaviy axborot vositasi faoliyat yuritgan. Anʼanaviy nashrlar bilan birga internet nashrlar ham jadal rivojlanib, ularning soni 745 taga yetgan. So‘nggi yillarda respublika nashriyotlari tomonidan 132 million nusxa badiiy kitob va boshqa adabiyotlar chop etilgan.

💐 Fursatdan foydalanib, sadoqatli va zahmatkash ommaviy axborot vositalari va soha axborot xizmati xodimlarini ushbu bayram bilan chin yurakdan tabriklab, ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, mashaqqatli mehnat yo‘llarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bugun, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganiga 32 yil to'ldi

🌏 “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi toʻgʻrisida”gi qonun 1992-yil 2-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan.

🇺🇿 Ushbu muqaddas ramzni kattayu kichik birdek qadrlaydi. Unda jonajon O‘zbekistonimizning tom maʼnodagi asl tasvirini ko‘radi. Gerbimizga har bir hamyurtimiz alohida ehtirom bilan munosabatda bo‘lishi mamlakatimizda ezgu qadriyatga aylangan.

🇺🇿Davlat gerbining soʻl tomoni rizq-roʻzimiz timsoli — bugʻdoy boshoqlaridan, oʻng tomoni esa oʻzbekning dongʻini dunyoga taratgan bebaho boyligimiz — chanoqlari ochilgan gʻoʻza shoxlaridan iborat chambarga oʻralgan. Uzoqdagi togʻlar va daryolar manzarasida gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi, ayni paytda bu Oʻzbekistonning serquyosh mamlakat ekanligini ham bildiradi. Gerbning yuqori qismida esa Oʻzbekiston ozodligining ramzi sifatida sakkizburchak yulduz, uning ichki qismida yarimoy va yulduz ma`nosi mamlakat aholisining ko`p qismi islom diniga etiqod qilishi, markazida — baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan.

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#muhim

🇺🇿Davlatimiz Rahbari tomonidan «O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida»gi qonunni imzolandi.

➡️ Tafsilotlar "O’zbekiston 24" telekanalining "Axborot 24" informatsion dasturi lavhasida.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Aziz hamkasblar, hamyurtlar!

🇺🇿 Bugun yurtimizning asosiy milliy bayrami - Vatanimiz tarixida yangi bir davrni boshlab bergan, milliy tariximizda alohida ahamiyat kasb etadigan kun - Istiqlolimiz 33 yilligi tantanasidir.

🇺🇿 Shu qisqa vaqt ichida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari yurtimizning tinchligi, jahon hamjamiyatida erishayotgan yutuqlari, milliy armiyamiz hamda milliy ta'lim tizimining yaratilishida, ijtimoiy ta'minot, kichik biznes, transport va aloqa infrastrukturasi kabi sohalar rivojida shuningdek, aholimizning tinch va farovon turmush tarzida, o'z ifodasini topmoqda.

⭐️🌟Qayd etish muhimri, istiqlolimizning ayniqsa so'nggi yillarida yer, mulk, kadastr yo'nalishlarida katta islohotlar amalga oshirilmoqda. Davlatimizning tizimga bo'lgan e'tibori tufayli esa soha yanada rivojlanib, halqaro tajribalar orttirgan holda raqamlashtirishga o'tish jarayonlarida ulkan zafarlarni qo'lga kiritmoqda.

🇺🇿 Bayram munosabat bilan, yurtdoshlarimizni, barcha hamkasblarimizni chin dildan samimiy qutlaymiz. Barchamizga aziz bo'lgan ushbu ayyomda oilangizni tinchlik-osoyishtalik, qalbingizni xotirjamlik, xonadoningizni esa bayram shukuhi aslo tark etmasin!

Hurmat bilan,
Davlat kadastrlari palatasi raisi
M.K.Valiyev


#DavKadastrPalata #muhim_kun #tabrik #Mustaqillik33

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Assalom_maktab #muhim_sana

Yangi o'quv yili boshlandi

📚 Bugundan barcha ta'lim muassasalarida yangi o'quv yilining birinchi kuni. Maktabga ilk bora qadam qo'ygan barcha o'quvchilar uchun muhim, esda qolarli kun.

📖🖋 Shu munosabati bilan, yurtimizdagi barcha o'quvchi yangi o'quv yilini boshlaganlari bilan tabriklaymiz. Ularga yangi bilimlarni egallashlari va yanada yuqori cho'qqilarni zabt etishlariga tilakdoshmiz.

💐Yurtimiz egalari, Vatanimiz kelajagi bo'lgan yoshlarga ulkan muvaffaqiyat va zafarlar yor bo'lsin.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#muhim

⚡️Kadastr agentligi tomonidan aholiga yana qanday qulaylik yaratildi?


Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

ISHONCH VA UMIDLARINI BOG'LOVCHI KO'PRIK


Assalomu alaykum hurmatli hamkasblar!
Bugun 2024 yil, 8-noyabr!

🗓 Bu kun tarixga "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuni kuchga kirgan kun sifatida muhrlandi.

🇺🇿Bu kun, necha yillardan buyon vatandoshlarimizni qiynab kelayotgan ulkan muammolaridan biriga bosqichma-bosqich barham berilishining muqaddimasidir.

⭐️🌟Mazkur sharafli, shuning bilan birga mashaqqatli faoliyatni ya'ni yurtimiz bo'ylab xatlov jarayonlarini boshlash arafasida ekanmiz, barchangizga kuch-quvvat, metin iroda, sabr-toqat, shijoat va g'ayrat tilab qolaman. Tashkilotimizdagi har bir xodimning, ayniqsa, kadastr muhandislari va topograflarning amalga oshirajak har bir zahmatli ishlari, mehnatlari biz uchun qadrlidir!

Zero, mazkur muhim hodisada vatanimiz va yurtdoshlarimiz orasida ularning ishonch va umidlarini bog'lovchi ko'prik vazifasini bajarish aynan bizning zimmamizdagi burchimizdir.

🇺🇿 Ishonch bilan ayta olamanki, Sizdek o'z kasbiga sadoqatli hamkasblarimiz bor ekan, yurtboshimiz, davlatimiz va xalqimizning bizga bildirayotgan yuksak ishonchlarini albatta yorug' yuz bilan oqlaymiz!

➡️ Shunday bo'lsada, har biringizdan yana bir bor o'z vazifalaringizni xalqimizni rozi qilish yo'lida halol, pok va vijdonan hamda sidqidildan bajarishingizni so'rab qolaman!

Hurmat ila
Davlat kadastrlari palatasi raisi M.K.Valiyev


#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM