Sirdaryo Kadastr
1.03K subscribers
7.14K photos
1.05K videos
18 files
4.96K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
⚪️Oʼzbekiston Respublikasi Davlat Soliq qoʼmitasi huzuridagi Kadastr agentligi Koʼchmas mulk boʼyicha kadastr muhandisi malaka shahodatnomasini olishga talabgor boʼlgan jismoniy shaxslarga imtihon komissiyasi 17-18 noyabr kunlari malaka imtihonlarini oʼtkazishini maʼlum qilamiz.

⚪️Kadastr agentligi tomonidan beriladigan malaka shahodatnomasiga ega ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandislariga - ko‘chmas mulk ob’ektlariga kadastr yig‘majildini, shu jumladan birlamchi kadastr yig‘majildini tayyorlash huquqi beriladi. Mazkur imtihonlar Davlat Kadastrlari palatasi binosida oʼtkazilishi rejalashtirilgan.

🔘Sinov imtihonlari haqida batafsil yana maʼlumot beriladi.

#DavKadastrPalata #imtihon #malaka_oshirish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook
Ayni damda Davlat Kadastrlari Palatasida, Kadastr agentligi Koʼchmas mulk boʼyicha kadastr muhandisi malaka shahodatnomasini olishga talabgor boʼlgan jismoniy shaxslarga imtihon jarayonlari boshlandi.

Kadastr agentligi tomonidan beriladigan malaka shahodatnomasiga ega ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandislariga - ko‘chmas mulk ob’ektlariga kadastr yig‘majildini, shu jumladan birlamchi kadastr yig‘majildini tayyorlash huquqi beriladi. Imtihon jarayonlari uch guruhga bo'lingan holda, ikki kun davom etadi.

#DavKadastrPalata #imtihon #malaka_oshirish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook
Ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisi malaka shahodatnomasini olishga talabgor bo‘lgan jismoniy shaxslarni malaka imtihonidan o‘tkazish bo‘yicha komissiyasisi tomonidan imtihonlar uch guruhga bo‘lingan holda ikki kun davomida o‘tkazildi.

Malaka imtihonida ishtirok etgan 35 nafar talabgordan 20 nafari imtihonlarni muvaffaqqiyatli topshirdilar.

Ular ega bo‘lgan malaka shahodatnomalari - tez kunlarda topshirilishi ko‘zda tutilgan.

Ushbu yo‘nalish bo‘yicha imtihon topshirib, faoliyat yuritmoqchi bo‘lgan talabgorlarni (71) 276 91 75 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishlari yoki Toshkent shahar, Bunyodkor shoh ko‘chasi, 28 uy - manzilidagi Davlat kadastrlari palatasiga murojaat qilishlari mumkinligini ma’lum qilamiz.

#DavKadastrPalata #imtihon #malaka_oshirish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook
#Kadastr #malaka_oshirish

📝Kadastr agentligi kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish choralarini ko‘rish hamda uning bajarilishini ta’minlash yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

🔰Joriy yilning 1-yarim yilligida 5 ta yo‘nalish bo‘yicha malaka oshirish kurslari dasturlari ishlab chiqildi va ishlab chiqilgan dasturlar asosida 2022-yil 10-iyuniga qadar:

♦️Yer va kadastr nazorati bo‘yicha 40 nafar inspektorlar;
♦️Ma’muriy amaliyot bo‘yicha faoliyat yuritayotgan 20 nafar;
♦️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha faoliyat yuritayotgan 36 nafar;
♦️Topografiya-geodeziya va kartografiya sohasi bo‘yicha faoliyat yuritayotgan jami 116 nafar mutaxassislarning malakasi oshirildi va ularga malaka oshirganligi to‘g‘risida sertifikatlar taqdim etildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #malaka_oshirish

⭐️KADASTR XODIMLARINING MALAKASI OSHIRILMOQDA.

⌨️⌨️👍Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmalari xodimlari uchun Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi tomonidan bir oylik “O‘zbek adabiy tili, me’yorlari va davlat tilida ish yuritish kursi” bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etilgan edi.
Mazkur o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan bir guruh bitiruvchilarga sertifikatlar topshirildi.

2️⃣⌨️🌟Kadastr agentligida Jahon banki loyihasi doirasida Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlarda faoliyat yuritib kelayotgan 65 nafar Kadrlar bo‘limi mas’ul xodimlarini joriy yilning dekabr va 2023-yil yanvar oylarida “Kadrlar xizmati faoliyatida qonun hujjatlari talablariga rioya qilish hamda mehnatga oid hujjatlarni rasmiylashtirish” bo‘yicha 2 haftalik malaka oshirish o‘quv kursi tashkil qilinmoqda.

📆 Joriy yilning 9-20-dekabr kunlari ushbu o‘quv markazida “HR va Kadrlar xizmati faoliyatida qonun hujjatlari talablariga rioya qilish hamda mehnatga oid hujjatlarni rasmiylashtirish” mavzusi bo‘yicha malaka oshirish kursida 19 nafar Kadrlar bo‘limi mas’ul xodimlarining malakasi oshirilib ularga o‘quv markazi tomonidan sertifikatlar taqdim etildi.
‼️2023-yil yanvar oyidan boshlab ushbu malaka oshirish kursida mutaxassislarning malakasini oshirish ishlari davom etishi rejalashtirilmoqda.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️ Jamoatchilik bilan aloqalar texnologiyalari▪️

🫥 Xabaringiz bor, Jahon banki loyihasi doirasida “Davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlashda jamoatchilik bilan aloqalar texnologiyalari” mavzusidagi 3-kunlik seminar-trening o'tkazilayotgan edi.

✈️ Unda, Kadastr agentligi markaziy apparati hamda tizim tashkilotlari xodimlari, shuningdek, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Sirdaryo, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahar tuman, shahar filiallari rahbarlari ishtirok etishdi.

🫥 Qiziqarli, ma'lumotlarga boy o'tgan seminar trening yakuniga ko'ra, ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

#DavKadastrPalata #malaka_oshirish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr xodimlari
malaka oshirmoqda

🌟Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalarida faoliyat yurituvchi xodimlar uchun "Ko‘chmas mulk obyektlarini texnik inventarizatsiyadan o‘tkazish" yo'nalishi bo‘yicha malaka oshirish kurslari tashkil etildi.

◼️Toshkent geodeziya va kartografiya texnikumi binosida tashkil etilgan kurslarda hududlardan jami 22 nafar xodimlar ishtirok etmoqda.

#DavKadastrPalata #malaka_oshirish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bilimli va tajribali kadrlar - soha rivoji garovi


🌐 Zamon shiddat bilan o'tib borayotgan bir paytda, har bir sohaga joriy etilayotgan yangiliklarni doimo o'zlashtirib borish davr talabiga aylanmoqda. Ayniqsa, kadastr tizimi kundan-kunga raqamlashib, soha bo'yicha ko'nikmalar kun sayin yangilanib bormoqda.

🌟 Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari hamda tuman (shahar) filiallarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar Toshkent geodeziya va kartografiya texnikumi "Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi"da bir qancha yo'nalishlarda doimiy malaka oshirib borishlari haqida xabar bergan edik.

🗓 Joriy yilning 6 oyi davomida bilimlarini mustahkamlagan xodimlar, malaka oshirish kurslari jarayonidan lavhalarni batafsil mazkur videoda ko'rishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #malaka_oshirish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bilimli va tajribali kadrlar - soha rivoji garovi


🌐 Zamon shiddat bilan o'tib borayotgan bir paytda, har bir sohaga joriy etilayotgan yangiliklarni doimo o'zlashtirib borish davr talabiga aylanmoqda. Ayniqsa, kadastr tizimi kundan-kunga raqamlashib, soha bo'yicha ko'nikmalar kun sayin yangilanib bormoqda.

🌟 Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari hamda tuman (shahar) filiallarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar Toshkent geodeziya va kartografiya texnikumi "Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi"da bir qancha yo'nalishlarda doimiy malaka oshirib borishlari haqida xabar bergan edik.

🗓 Joriy yilning 6 oyi davomida bilimlarini mustahkamlagan xodimlar, malaka oshirish kurslari jarayonidan lavhalarni batafsil mazkur videoda ko'rishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #malaka_oshirish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Malaka oshirish kurslari davom etmoqda

🌟 Avval xabar berganimizdek, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari hamda tuman (shahar) filiallarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning Toshkent geodeziya va kartografiya texnikumi "Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi"da bir qancha yo'nalishlarda o'quv kurslari davom etmoqda.

🗓 O'tgan haftada malaka oshirgan "Yerlarni auksionga chiqarish" hamda "Ko'chmas mulk obyektlarini texnik inventarizatsiyadan o'tkazish" yo'nalishi bo'yicha xodimlar uchun yakuniy test sinovlari o'tkazildi va unda barcha malaka oshirganlar sinovlarni muvaffaqqiyatli topshirishdi.

📃 Hozirgi kunda esa, yana bir qancha yo'nalishlarda malaka oshirish kurslari boshlangan.

#DavKadastrPalata #malaka_oshirish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xodimlar bilimlari mustahkamlanmoqda

🫥 Muntazam xabar berib turganimizdek, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari hamda tuman (shahar) filiallarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning Toshkent geodeziya va kartografiya texnikumi "Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi"da bir qancha yo'nalishlarda o'quv kurslari davom etmoqda.

O'tgan haftada malaka oshirgan "Davlat yer kadastrini yuritish" hamda kadastr muhandisligi yo'nalishi bo'yicha xodimlar uchun yakuniy test sinovlari o'tkazildi va muvaffaqqiyatli yakunlandi.

🗓 Ushbu haftada "Topografiya-geodeziya va kartografiya" hamda "Yerlarni auksionga chiqarish" yo'nalishi xodimlari malaka oshirmoqdalar, hafta yakunida esa test sinovlari o'tkazilishi belgilangan.

#DavKadastrPalata #malaka_oshirish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM