Sirdaryo Kadastr
1.01K subscribers
7.23K photos
1.06K videos
18 files
5.01K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
#yer_nazorati

⚡️HUDUDLARDA YER VA KADASTR NAZORATI TADBIRLARI KUCHAYTIRILGAN TARTIBDA O'TKAZILMOQDA

Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining
hududiy inspektorlari tomonidan hududlarda kuchaytirilgan tartibda yer nazorati tadbirlari davom ettirilmoqda.

Xususan, anashunday tadbirlardan birida Guliston tumanning "Soyibobod" mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro tomonidan hech qanday hujjatlarsiz o'zboshimchalik bilan 20 kv.m yer maydonida egallanib unda noqonuniy qurilish ishlari amalga oshirilayotganligi aniqlandi.

Shundan so‘ng yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxsga tushuntirish ishlari olib borildi va uning huquqiy oqibatlari tushuntirildi hamda noqonuniy qurilma fuqaro tomonidan joyning o'zida bartaraf etilishi ta'minlanmoqda.

Кanalga ulanish:
https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🫥Hududlarda yer nazorati tadbirlari

⭐️Kadastr agentligi mas'ul xodimlari va Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasida tuzilgan ishchi guruhlar tomonidan hududlarda kuchaytirilgan tartibda yer nazorati tadbirlari o‘tkazilmoqda.

📍Guliston shahridagi yer nazorati tadbirlarida fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan yer maydonlarini egallab olinib, noqonuniy qurilish qilingan holatlari aniqlandi.

➡️Tafsilotlar Sirdaryo telekanalining “Diyor yangiliklari” informatsion dasturlari lavhasida.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ijtimoiy_rolik

🌍Yer olishda firibgarlarga aldanib qolmaslik uchun ushbu video rolikni tomosha qiling.


❗️Yer sotishni vada qilayotgan firibgarlarga duch kelsangiz huquqni muhofaza qilish organlariga yoki Bosh prokuraturaning 1007 ishonch telefoniga qo'ng'iroq qiling.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#korrupsiyaga_qarshi_kurash

⚡️
Korrupsiyaga qarshi kurashish – davr talabi

Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bosh mutaxassisi Sh.Davronov tomonidan Kadastrning Mirzaobod tuman bo'lim hamda filialida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida soha xodimlariga korrupsiya illatiga yo‘l qo‘ymaslik, hamda yerlarni noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanishni o‘ziga kasb qilib olgan turli nopok shaxslarning nayrangiga uchmaslik to'g'risida so'z bordi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA #yer_nazorati

⚡️YER NAZORATI TADBIRLARI OAV NIGOHIDA

Kadastr agentligi mas'ul xodimlari va Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasida tuzilgan ishchi guruhlar tomonidan hududlarda kuchaytirilgan tartibda yer nazorati tadbirlari o‘tkazilmoqda.

📍Yangiyer shahar va Boyovut tumanida yer nazorati tadbirlarida fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan yer maydonlarini egallab olinib, noqonuniy qurilish qilingan holatlari aniqlandi.

🗣Tafsilotlar Sirdaryo telekanalining “Diyor yangiliklari” informatsion dasturlari lavhasida.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
⚡️ Kadastr xotin-qizlari «Otamdan qolgan dalalar» nomli spektakilida

Tarbiya va maʼnaviyat o‘chog‘i bo‘lgan – teatr har bir insonga hayotiy saboqlar beruvchi jonli vositadir. Teatrdan madaniy hordiq chiqarish uchungina emas, undagi namoyish etiladigan spektakllarni tomosha qilib, inson jamiyatdagi voqeliklarni, kechinmalarni teran anglashi mumkin.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi tizimidagi xotin-qizlari viloyat musiqali dramma teatrida Tog‘ay Murodning «Otamdan qolgan dalalar» nomli spektakilni tomosha qilishdi va teatrdan katta taassurotlar bilan qaytishdi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Vatan ichra sayohat

🌟 "Davlat kadastrlari palatasi tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish boʻyicha 2024-yil uchun moʻljallangan yo'l xaritasi"da tizim xodimlari ishtirokida “Vatan ichra sayohat” loyihasi doirasida mamlakatimizdagi tarixiy obidalar, so'lim go'shalarga tashriflar uyushtirish rejalashtirilgan edi.

🌈 Ushbu loyiha doirasida kuni kecha Markaziy apparat kadastrchilari Bo'stonliq tumanining so'lim go'shalari, Chotqol vodiysi, Palatau sharsharasi va Obirahmat g'ori bo'ylab birgalikda sayohat qilishdi. Birdamlikda bo'lib o'tgan sayohat xodimlarni o'zaro hamjihatlikka chorlab, o'zgacha kayfiyat va kelgusi faoliyatlarida shijoat bag'ishladi. Zero, "Yaxshi dam, mehnatga hamdam".

#DavKadastrPalata #vatan_ichra_sayohat

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😀😃😄😆😊

Turar joyning maydoni to‘g‘risida ma’lumotnoma
olish tartibi

📃 Ariza beruvchilar Davlat kadastrlari palatasining xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali murojaat qiladi.

🗂 Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar:
📎So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi)
pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JShShIR ma’lumotlari);
ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);
yashash manzili;
elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;
obyektning kadastr raqami.

📃Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan bo‘lsa).

◼️Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Bepul

📆 Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati:
3 ish kuni

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.11.2023 yildagi 612-son qarori

#DavKadastrPalata #xizmatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati

Guliston shahrida navbatdagi holat bartaraf etildi

Kadastr agentligining Guliston shahar bo'lim inspektorlari tomonidan shaharning "Yuksalish" MFY hududida o'tkazilgan yer va kadastr nazorati tadbiri davomida tegishli hujjatlarsiz, o‘zboshimchalik bilan davlat zaxirasiga tegishli 300 kv.m yer maydonida beton poydevor quyib, devor qurib o‘rab olish holatlari aniqlandi.

📄Aniqlangan holat yuzasidan inspektorlar tomonidan fuqaroga noqonuniy qurilmani bartaraf etish yuzasidan tushintirish ishlari olib borilib ushbu fuqaroga nisbatan belgilangan tartibda ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi

Ushbu ogohlantirishdan o’ziga to'g'ri xulosa chiqargan fuqaro o'z hisobidan ushbu noqonuniy qurilmani bartaraf etdi va ushbu yer maydoni davlat zaxirasiga qaytarildi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube