Sirdaryo Kadastr
1.01K subscribers
8K photos
1.18K videos
20 files
5.51K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Korrupsiya qarshi kurashda


🌟Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarida Korrupsiyaga qarshi kurash bo'limi xodimlari tomonidan korrupsiya illatini oldini olishga qaratilgan davra suhbatlari, profilaktik tadbirlar muntazam o'tkazib kelinmoqda.

◼️O'tgan bir hafta davomida quyidagi hududiy boshqarmalarda shu mavzudagi tadbirlar o'tkazildi:

▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi
▫️Jizzax viloyati 1, 2
▫️Sirdaryo viloyati 1, 2
▫️Qashqadaryo viloyati
▫️Buxoro viloyati
▫️Toshkent viloyati

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA #yer_nazorati

⚡️YER NAZORATI TADBIRLARI OAV NIGOHIDA

Kadastr agentligi mas'ul xodimlari va Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasida tuzilgan ishchi guruhlar tomonidan hududlarda kuchaytirilgan tartibda yer nazorati tadbirlari o‘tkazilmoqda.


🗣Tafsilotlar Zor tv telekanalining “Bu Kun” informatsion dasturi lavhasida.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#Yer_nazorati

⚡️HUDUDLARDA YER VA KADASTR NAZORATI TADBIRLARI KUCHAYTIRILGAN TARTIBDA O'TKAZILMOQDA

Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasining Sayxunobod tuman bo'limi tomonidan, tumanning Faravon MFY hududidan kesib o'tuvchi avtomobil yo‘lining tutash qismida nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

📑 Nazorat tadbiri davomida fuqaro tomonidan hech qanday huquqiy hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan yengil tipdagi do’kon o’rnatib olish holatlari aniqlandi.

📝Holat yuzasidan inspektorlar tomonidan fuqaroga tegishli tartibda maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, fuqaroga ushbu noqonuniy qurilishni bartaraf etishligi to'g'risida ogohlantirildi.

Shundan so‘ng yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxsga tushuntirish ishlari olib borildi va uning huquqiy oqibatlari tushuntirildi hamda noqonuniy qurilma fuqaro tomonidan joyning o'zida bartaraf etilishi ta'minlandi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ijtimoiy_rolik

KADASTR XIZMATLARINI ONLAYN TO'LASH

Kadastr xizmatlari uchun to'lovlarni istalgan joyda turib 📲mobil dasturlar orqali to'lash imkoniyati mavjudligidan xabaringiz bormi?

📺 Mazkur video rolik orqali 5 ta qadam orqali to'lovlarni amalga oshirishni o'rganib olishingiz mumkin.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#yer_nazorati

⚡️Sardoba tumanida navbatdagi holat bartaraf etildi

Kadastr agentligining Sardoba tuman bo'lim inspektorlari tomonidan tumanning "Qo'rg'ontepa" MFY hududida o'tkazilgan yer va kadastr nazorati tadbiri davomida aholi punkti yer toifasidagi 97 kv.m yer maydoni o'zboshimchalik bilan egallab olinib, noqonuniy molxona binosi qurilganligi aniqlandi.

📄Aniqlangan holat yuzasidan inspektorlar tomonidan fuqaroga noqonuniy qurilmani bartaraf etish yuzasidan tushintirish ishlari olib borilib ushbu fuqaroga nisbatan belgilangan tartibda ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi

Ushbu ogohlantirishdan o’ziga to'g'ri xulosa chiqargan fuqaro o'z hisobidan ushbu noqonuniy qurilmani bartaraf etdi va ushbu yer maydoni davlat zaxirasiga qaytarildi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA #yer_nazorati

⚡️YER NAZORATI TADBIRLARI OAV NIGOHIDA

Kadastr agentligi mas'ul xodimlari va Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasida tuzilgan ishchi guruhlar tomonidan hududlarda  kuchaytirilgan tartibda yer nazorati tadbirlari o‘tkazilmoqda.


🗣Tafsilotlar MY5 telekanalining “Markaziy studio” informatsion dasturi lavhasida.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
😀😃😄😆😊

Turar joyning maydoni to‘g‘risida ma’lumotnoma
olish tartibi

📃 Ariza beruvchilar Davlat kadastrlari palatasining xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali murojaat qiladi.

🗂 Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar:
📎So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi)
pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JShShIR ma’lumotlari);
ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);
yashash manzili;
elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;
obyektning kadastr raqami.

📃Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan bo‘lsa).

◼️Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Bepul

📆 Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati:
3 ish kuni

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.11.2023 yildagi 612-son qarori

#DavKadastrPalata #xizmatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati

⚡️Yangiyer shahrida navbatdagi holat bartaraf etildi

Kadastr agentligining Yangiyer shahar bo'lim inspektorlari tomonidan shaharning "A.Jomiy" MFY hududida o'tkazilgan yer va kadastr nazorati tadbiri davomida fuqaro tomonidan o’zining uyiga tutash bo’lgan yer maydonida 24 kv.m yer maydoni o'zboshimchalik bilan egallab olinib, noqonuniy yozgi oshxona binosi qurilganligi aniqlandi.

📄Aniqlangan holat yuzasidan inspektorlar tomonidan fuqaroga noqonuniy qurilmani bartaraf etish yuzasidan tushintirish ishlari olib borilib ushbu fuqaroga nisbatan belgilangan tartibda ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi

Ushbu ogohlantirishdan o’ziga to'g'ri xulosa chiqargan fuqaro o'z hisobidan ushbu noqonuniy qurilmani bartaraf etdi va ushbu yer maydoni davlat zaxirasiga qaytarildi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot


📃O‘rmon fondi yer uchastkasini ijaraga olish shartnomalari uch bosqichda rasmiylashtiradi:

◼️birinchi bosqichda — uch yil muddatga;

shartnoma majburiyatlariga rioya qilish, ijara to‘lovlari va boshqa to‘lovlarni o‘z muddatida to‘lash, investitsiyalar kiritish bo‘yicha majburiyatlarni bajarish natijalariga qarab:

◼️ikkinchi bosqichda — yigirma yil muddatga;
◼️uchinchi bosqichda — qirq to‘qqiz yildan oshmaydigan muddatga.

🔹Agar qonunchilikda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ijara shartnomasi taraflarning kelishuviga muvofiq o‘zgartirilishi mumkin.

🕐 O‘rmon fondi yer uchastkalarini ijaraga olish shartnomasi taraflarning kelishuviga muvofiq, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sudning hal qiluv qarori bilan muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi_kurash

⚡️Korrupsiyaga qarshi kurashish – davr talabi

▫️Jamiyatda shunday illatlar borki, u maʼlum bir sohaga emas, balki butun jamiyat taraqqiyotiga to‘g‘onoq bo‘ladi. Davlatni ich-ichidan yemiradigan ana shunday illat – korrupsiya va poraxo‘rlikdir.

▫️Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha bosh mutaxassisi Sh.Davronov tomonidan Sayxunobod tuman bo‘lim hamda filialida davra suhbati tashkil etildi.

▫️Tadbir davomida kadastr xodimlari o'rtasida korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi, poraxo‘rlik va firibgarlik jinoyatlari haqida tushuntirishlar berildi.

▫️Suhbat so‘nggida xodimlarning huquqiy bilimini oshirish maqsadida korrupsiyaga qarshi kurash borasida joriy qilingan yangi mexanizmlar, korrupsion holatlarga sabab bo‘luvchi omillar to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati

⚡️ Yer nazorati tadbirlari davom etmoqda

Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi hamda uning tuman, shahar bo'lim inspektorlari tomonidan hududlarda kuchaytirilgan tartibda yer nazorati tadbirlari oʻtkazilmoqda.


Xususan Xovos tumanining "Qahramon" MFY hududida Dron orqali oʻtkazilgan navbatdagi nazorat tadbirida 2 ta qonunbuzlish holatlari aniqlandi.

O'rganish natijalariga ko'ra 2 nafar fuqaro tomonidan tegishli hujjatlarsiz, o‘zboshimchalik bilan jami 700 kv.m yer maydonida molxona va omborxona qurib foydalinib kelayotganligi aniqlandi va inspektorlar tomonidan, fuqarolarga noqonuniy qurilmani bartaraf etish yuzasidan tushintirish ishlari olib borilib ogohlantirish xatlari berildi hamda belgilangan tartibda ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📚📚📚📚

💭 Ижтимоий тармоқда 🌟Кадастр агентлиги Фарғона вилояти ҳудудий бошқармаси бошлиғи Зум орқали ўтказган йиғилишидан парча тарқалди. Ушбу ҳолат Кадастр агентлигининг одоб-ахлоқ комиссияси томонидан атрофлича ўрганиб чиқилди.

🖍 Ушбу ҳолат жорий йилнинг 3 май куни Кадастр агентлиги Фарғона вилояти бошқармаси ҳамда бўлим бошлиқлари иштирокида ҳудудда ер участкаларини ўзбошимчалик билан эгаллаш ва улардан ноқонуний фойдаланиш ҳолатларини аниқлаш, бартараф этиш бўйича белгиланган вазифаларни ижросини бажарилиши ҳамда юридик ва жисмоний шахслар томонидан юборилган мурожаатларни ўз вақтида сифатли кўриб чиқиш бўйича ўтказилган таҳлилий, танқидий йиғилиш жараёнида содир бўлган.

🖍 Бошқарма бошлиғи йиғилиш давомида ходимлар томонидан йўл қўйилган камчиликларни таҳлил қилиш вақтида асабларини жиловлай олмаган.

Агентлик томонидан бошқарма бошлиғига ножўя сўзларни ишлатгани учун «ҳайфсан» интизомий жазо чораси қўлланилди ҳамда тушунтириш ишлари олиб борилди.

Бундай ҳолатларни олдини олиш ва бу каби хатога йўл қўйилмаслик юзасидан тизимдаги барча ташкилот ва ҳудудий бошқармалари бошлиқлари ҳамда уларнинг ўринбосарлари билан тушунтириш ишлари олиб борилди.

Кадастр агентлиги бу каби ҳолатларни ўз ҳолига ташлаб қўймайди. Ходимларнинг ишчанлик кайфиятига ҳамда меҳнат самарадорлигига таъсир қилиши мумкин бўлган ҳолатлар жиддий назоратга олинади ҳамда қонунчиликда белгиланган тартибда жазо чоралари қўлланилади.


#Kadastr_agentligi #rasmiy_munosabat

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA #yer_nazorati

⚡️YER NAZORATI TADBIRLARI OAV NIGOHIDA

Xabaringiz bor Kadastr agentligi tomonidan hududlarda  kuchaytirilgan tartibda yer nazorati tadbirlari o‘tkazilmoqda. Yer nazorati tadbirlari davomida Guliston tumanida yana bir necha fuqarolar tomonidan o'zboshimchalik bilan yerlarni egallash, noqonuniy imoratlar qurish holatlari aniqlandi.


🗣Tafsilotlar Yoshlar telekanalining “Davr” informatsion dasturi lavhasida.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Malayziyada kadastr tizimi

🇲🇾Malayziya kadastr tizimida ikkita asosiy komponent mavjud - yerni ro'yxatga olish va kadastr tekshiruvi.

◼️Yerni ro'yxatga olish komponentining eng muhim elementi - bu yerga egalik qilish tizimi tomonidan talab qilinadigan mulk turi va davlat kafolati xususiyatidir.

◼️Har qanday yerning egasi o'z yeriga va undagi manfaatlarga nisbatan tasarruf etish huquqidan foydalanadi. Ro'yxatga olinishi mumkin bo'lgan hujjatlarga yerni har qanday turga o'tkazish, ijaraga berish yoki sotish kiradi. Reyestr yer uchastkasiga bo'lgan ulush egasi sifatida unda ko'rsatilgan shaxs ushbu ulushning qonuniy egasi ekanligining ishonchli dalilidir. Eng muhimi, tizim yerga bo'lgan manfaatlar faqat ro'yxatga olish orqali o'zgarishi yoki o'zgartirilishi mumkinligini talab etadi.

◼️Ro'yxatga olish tizimining muhim jihatlaridan biri - bu malakali huquqlar (QT) deb ataladigan vaqtinchalik mulk huquqini berishning o'ziga xos amaliyotidir. Bundan ko'zlangan maqsad, olib qo'yilgan yerlarga o'rganishdan oldin mulk huquqini berish va kengroq nuqtayi nazardan yerni o'zlashtirishni tezlashtirishdir.

#DavKadastrPalata #xorijda_kadastr

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM