Sirdaryo Kadastr
1.02K subscribers
7.16K photos
1.05K videos
18 files
4.98K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DIQQAT E’LON!

▶️ “O‘zbektelekom” AK telekommunikatsiya tarmog‘ini modernizatsiya qilish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga qaratilgan ishlar amalga oshirilishi munosabati bilan 2024-yil 25-30 noyabr kunlari Kadastr agentligining “Ko‘chmas mulk-3” tizimi ishlashida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishini ma'lum qilamiz.

◼️ Yurtdoshlarimizdan yuzaga kelishi mumkin bo'lgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz.

#DavKadastrPalata #profilaktika #e_lon

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqlar e'tirof etilayotgani OAV nigohida


🇺🇿O'zbekiston Respublikasining “Ozboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida”gi Qonuni mazmuni, huquqlarni e'tirof etish asoslari, bir martalik to'lov miqdorlari va boshqa muhim jihatlar haqida Kadastr tizimi vakillari "O'zbekiston 24" telekanalining "Maxsus reportaj" dasturida batafsil ma'lumotlar berdilar.

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Subsidiya olish uchun ijtimoiy mezonlar baholanadi

🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 749-sonli 11.11.2024-yildagi qarori bilan ipoteka subsidiyalari olish uchun arizalarni baholash mezonlari o'zgardi.

◼️Unga ko'ra, endilikda ariza beruvchining ijtimoiy mezonlarga muvofiqligi subsidiya.idm.uz maxsus platformasida tekshiriladi va ijtimoiy mezonlar asosida baholanadi.

⭐️🌟Xususan, Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi tomonidan ariza beruvchida, shu jumladan, uning turmush o‘rtog‘ining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida mulk huquqi bilan turar joyning mavjud yoki mavjud emasligi mezoni o'rganiladi va baholanadi.

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
2024-yil 1-dekabrdan qonunchilikda yuz beradigan ayrim o'zgarishlar haqida ma'lumot beradi:

⚜️ Kambag‘al oilalar reyestri shakllantiriladi.
👉 Batafsil

⚜️ “Majburiyatlar reyestri” instituti joriy etiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Avtomobillarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi
👉 Batafsil

⚜️Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan shaxslarga himoya orderi tashabbus tartibida beriladi
👉 Batafsil

⚜️ Xorijga ishga ketmoqchi bo‘lgan fuqarolarni kasb-hunar va chet tillariga o‘qitish bo‘yicha buyurtmalar joylashtirish tartibi joriy etiladi
👉 Batafsil

⚜️ Meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchilarni baholash tizimi joriy etiladi
👉 Batafsil

⚜️ Yangi tayinlanadigan ijtimoiy to‘lovlar, xizmatlar va imtiyozlar “Ijtimoiy karta" AT orqali taqdim etiladi
👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🟦🟦🟦

YURTDOSHLARIMIZGA TAVSIYALAR!

☯️ Xabaringiz bor 8-noyabrdan butun respublika boʻyicha reja jadval asosida xatlov ishlari olib borilmoqda. Davlat kadastrlari palatasi vakillari mazkur jarayonni katta shijoat bilan olib borar ekanlar, xonadon sohiblari boʻlmish sizlardan ham bu jarayonda oʻz xissangizni qoʻshishingizni soʻraymiz. Qanday qilib deysizmi? 👇

📹 Mazkur videoni tomosha qiling!👆

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Respublikadagi kon nomlari muvofiqlashtirilmoqda


🇺🇿 Yurtboshimiz boshchiligida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar doirasida Davlat kadastrlari palatasining Respublika toponimika xizmati boshqarmasi ham mamlakatimizdagi geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash bo'yicha samarali ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

🇺🇿 Xususan, Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash bo'yicha Respublika ekspertiza komissiyasi tomonidan bugungi kunga qadar rus tilida nomlanib kelgan 1 246 ta kon nomidan 703 tasi oʻzbekchalashtirilib, 2024-yil 15-noyabrdagi 766-sonli Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlandi. Ushbu qaror asosida kon nomlari Geonames axborot-veb portalida ro'yxatdan oʻtkaziladi.

Shuningdek, qonun talablariga javob bermaydigan ba’zi konlar qayta nomlandi. 543 ta kon nomi davlat ekspertizasidan o'tkazish jarayonida.

#DavKadastrPalata #toponimika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yerga oid huquqbuzarliklarni bartaraf qilish mexanizmlari takomillashtirildi


Joriy yilning 15-noyabrida "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga yer uchastkalaridan samarali foydalanish, sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi 997-sonli Qonun qabul qilindi.

📃 Ushbu Qonun yer uchastkalaridan samarali foydalanishni ta’minlash, ularni o‘zboshimchalik bilan egallash va imoratlar qurish holatlarini kamaytirish, yer to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishlariga nisbatan ta’sir choralarining mutanosibligi va yetarliligini ta’minlashga qaratilgan.

📊 Mazkur infografika orqali qonunning ahamiyatli jihatlari hamda davlat mulkida bo‘lgan yer uchastkasini qaytarish, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash to‘g‘risidagi ishlarni yuritishning o‘ziga xos xususiyatlari haqida batafsil ma'lumotlar olishingiz mumkin.

🫥 Asos: 15.11.2024-yildagi O'RQ-997-sonli Qonun

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🟦🟦🟦

Ariza berilishi talab etilmaydi


Ariza berilishi talab etilmaydigan, oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish boʻyicha tadbiq etilgan qonun haqida aniq va toʻliq maʼlumotlarga ega boʻlishni istasangiz muzkur videoni tomosha qiling! 👆

🌏 Qonuning toʻliq matni: https://lex.uz/docs/7049383

🌐 https://www.youtube.com/watch?v=gAActsA-T9I

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ijara huquqini eʼtirof etishda kimlar bir martalik to‘lovlardan ozod etiladi?


Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini eʼtirof etish uchun bir martalik to‘lovni to‘lashdan quyidagi shaxslar ozod etiladi:

◼️bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida bir martalik yig‘imni to‘liq to‘lagan shaxslar;

◼️ I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan shaxslardan bir martalik to‘lov belgilangan to‘lovning 50 foizi miqdorida undiriladi.

🔍 Asos: 05.08.2024-yildagi O'RQ-937-sonli Qonun

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM