Sirdaryo Kadastr
1.04K subscribers
7.1K photos
1.03K videos
18 files
4.92K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
#auksion

⚡️Uy-joy qurish uchun yer uchastkalarini mulk huquqida sotib oling!

🔹Oqoltin tumanidan 50 ta (ko'rish)
🔹Boyovut tumanida 2 ta (ko'rish)
🔹Xovos tumanidan 1 ta (ko'rish)

➡️ Boshqa hududlardan yer uchastkalari savdoga chiqarilishi kutilmoqda.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#tayinlov

⚡️TAYINLOV

Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshlig'ining tegishli buyrug'i bilan Xolmirzayev Jasur Robbim o'g'li – Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasining Xovos tuman bo'limi bosh inspektori lavozimiga tayinlandi.

Jasur Robbim o'g'liga kadastr jamoasi nomidan ushbu masʼuliyatli lavozimda muvaffaqiyat tilab qolamiz.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF–16-son Farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan quyidagilar belgilandi:

2026 yil 1 yanvardan
boshlab kadastr organlarida ro‘yxatdan o‘tmagan davlat ko‘chmas mulk ob’ektlarini saqlash xarajatlari byudjet va byudjetdan tashqari manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;

🌟 Kadastr agentligining hududiy boshqarmalari boshliqlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;

Kadastr, geodeziya va kartografiya sohasida kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini takomillashtiriladi.

➡️ Jumladan:
Kadastr sohasida oliy ta’lim muassasalari va Kadastr agentligining tizim tashkilotlari bilan hamkorligi yo‘lga qo‘yiladi hamda quyidagi 10 ta oliy ta’lim muassasalari kafedralarning amaliyot filiallarini ochiladi:

1. “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti;
2. O‘zbekiston milliy universiteti;
3. Toshkent davlat texnika universiteti;
4. Termiz muhandislik-texnologiya instituti;
5. Guliston davlat universiteti;
6. Qoraqalpoq davlat universiteti;
7. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti;
8. Farg‘ona politexnika instituti;
9. Urganch davlat universiteti;
10. Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti.


➡️ Batafsil: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF–16-son Farmonida

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ayol mulkdorlar qanchaga ortdi?

🌟 Davlat kadastrlari palatasining 2023-yil davomidagi ma’lumotlariga ko‘ra, Respublika bo‘yicha ayol mulkdorlar nomidagi jami obyektlar soni 2 149 933 tani tashkil etadi.

🤵🏻‍♀️ 🏠Respublikamiz bo‘yicha eng ko‘p ayol mulkdorlar Toshkent shahrida, eng kam mulk egalari esa Sirdaryo viloyatida ekanligini ushbu infografikada ko'rishingiz mumkin.

📊 Avval xabar berganimizdek, 2023- yilning 10 oyi davomidagi ayol mulkdorlar soni 2 137 366 nafar bo'lgan bo'lsa, mazkur ma'lumotlarga ko'ra👆 ularning soni 12 567 nafarga ortganini ko'rishimiz mumkin.

#DavKadastrPalata #DKP_statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati #Sirdaryo_viloyati

⚡️JOYLARDA TARG‘IBOT ISHLARI

Kadastr agentligi Sayxunobod tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan Baxmalsoy MFY hududida yer nazorat tartibida monitoring ishlari o‘tkazildi. Monitoring davomida fuqaro tomonidan hech qanday hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan 155 kv.metr yer maydonni egallab, qurilish ishlarini amalga oshirganligi aniqlandi.

📝Inspektorlar tomonidan fuqaroga nisbatan sodir etgan huquqbuzarligi uchun MJtK ning 60-moddasi 3-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 15 kun muddatda noqonuniy qurilmani buzish uchun ogohlantirish xati berildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat xizmatchisining tashqi ko‘rinishida rasmiylik va kamtarlik bo‘lishi lozim


🇺🇿 Davlat xizmatchilarining xizmat faoliyatidagi tashqi ko‘rinishi va kiyinish uslubi fuqarolarning davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga hurmatini, shu jumladan davlat xizmatining nufuzini oshirishga xizmat qilishi kerak.

🇺🇿Davlat xizmatchisining tashqi ko‘rinishi mehnat sharoitlari va xizmat turiga qarab, xizmat majburiyatlarini bajarishi vaqtida fuqarolarning davlat tashkilotiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishiga ko‘maklashishi, umumiy qabul qilingan ish uslubiga muvofiq bo‘lishi va rasmiylik, xolislik, kamtarlik, intizomni namoyon etishi lozim.

🛡 Davlat xizmatchilarining ish joyida tashqi ko‘rinishi va kiyinish uslubiga oid qo‘shimcha talablar idoraviy odob-axloq qoidalari hamda ichki mehnat tartibida belgilanishi mumkin.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_malumot

🏠Ko‘chmas mulkni bo‘lish uning mulkdorining arizasiga yoki sudning qaroriga asosan amalga oshiriladi


▪️Bo‘lish natijasida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqning yuzaga kelganligi yoki bekor qilinganligi shartnoma yoki sud qarori bilan tasdiqlanadi. Ko‘chmas mulkni bo‘lish uchun bo‘linayotgan ko‘chmas mulkka ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi va kadastr pasporti shakllantiriladi.

▪️Ko‘chmas mulkni bo‘lish chog‘ida bu ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar va ularga oid cheklov yangidan tashkil etilgan ko‘chmas mulkka o‘tadi.

▪️Ko‘chmas mulkni bo‘lish chog‘ida huquqlarning va ularga oid cheklovlarning boshqa shaxsga o‘tishi bo‘linayotgan ko‘chmas mulkka nisbatan ushbu huquqlar va cheklovlarning bekor bo‘lishini hamda ularning yangidan vujudga kelgan ko‘chmas mulkka nisbatan yuzaga kelishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.

‼️Ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralar va qurilishi tugallanmagan obyektlar bo‘linmaydi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
#tabrik

⚡️26-yanvar - O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kuni

Hurmatli davlat bojxona xizmati organlari hodimlari, sizlarni bugun “26-yanvar – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kuni” munosabati bilan Kadastr jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz.

Mamlakatimiz iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, xususan, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida davlat xizmatlarining shaffofligini, eksport-import operatsiyalarining mutanosibligini taʼminlash, tadbirkorlik faoliyatini jadal rivojlantirish, investitsiya va eksport salohiyatini oshirishda Siz kabi soha fidoyilarining xizmati beqiyos.

Fursatdan foydalanib, barcha bojxona xodimlarini xizmat faoliyatida ulkan zafarlar va muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tilaymiz. Yurt ravnaqi yo‘lida fidoyilik bilan xizmat qilishdan aslo charchamang!

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube