Sirdaryo Kadastr
1.03K subscribers
7.14K photos
1.05K videos
18 files
4.96K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
Ахборот технологиялари соҳасида салоҳиятли кадрлар тайёрлаш ва иқтидорли ёшлар билан тизимли ишлаш масалалари муҳокамаси юзасидан видеоселектор йиғилиши ўтказилди.
Давлатимиз раҳбари “Бир миллион дастурчи” лойиҳасини ҳар бир мактабга етказиш, болаларни ўқишга кенг жалб этиш муҳимлигини таъкидлади.
Президент, ижодий ва ихтисослашган мактабларда таълим-тарбия сифатини ва ўқитувчилар малакасини ошириш бўйича вазифалар белгиланди.

Состоялось видеоселекторное совещание по вопросам подготовки квалифицированных кадров в сфере информационных технологий и организации системной работы с одаренной молодежью.
Глава государства отметил важность охвата всех школ программой «Один миллион программистов», широкого вовлечения детей к обучению.
Определены задачи по повышению качества образования и квалификации педагогического состава Президентских, творческих и специализированных школ.

#Mirziyoyev #videoselektor #IT #maktab

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Forwarded from Kadastr - Live
#Kadastr #IT_texnologiyalari

🔰O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-fevraldagi “Sunʼiy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4996-son qaroriga muvofiq Kadastr agentligi O‘zbekiston Respublikasi ochiq maʼlumotlar portaliga quyidagi veb servislarni joylashtirdi:

📚“Maʼmuriy-hududiy birliklar va manzillar to‘g‘risidagi maʼlumotlar”;

📚“Ko‘chmas mulk, shu jumladan ularning konturlari va chegaralari to‘g‘risidagi maʼlumotlar (shaxsiy identifikatsiyasiz)”.

💻Xozirda istagan odam mazkur maʼlumotlarga O‘zbekiston Respublikasi ochiq maʼlumotlar portali orqali ruhsat (dostup) olishi mumkin.

Havola

Telegram Instagram YouTube Facebook
Forwarded from Kadastr - Live
#Kadastr #IT_texnologiyalari

📝Kadastr agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 23.07.2021 yildagi “Fazoviy maʼlumotlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-702-son qonuniga asosan fazoviy maʼlumotlar milliy infratuzilmasining geoportallari tarmog‘ini yaratish uchun konsepsiyasi ishlab chiqildi va o‘rnatilgan tartibda tasdiqladi.

🔷Mazkur konsepsiyaga binoan, Fazoviy maʼlumotlar milliy infratuzilmasining geoportallari tarmog‘i O‘zbekiston Respublikasining 20 ta Davlat tashkilotlarining geoportallarini o‘z ichiga olgan bo‘ladi.

🔷Fazoviy maʼlumotlar milliy infratuzilmasining geoportallari tarmog‘i joriy yilning davomida ishlab chiqilib, to‘liq ishga tushiriladi.

Telegram Instagram YouTube Facebook
Forwarded from Kadastr - Live
#Kadastr #auksion #IT_bolim

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil
20-dekabrdagi “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun bo‘sh turgan yer uchastkalarini berish tartib taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1023-son qaroriga muvofiq qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer maydonlarini «E-IJRO AUKSION» savdo maydonchasida elektron onlayn-auksionni orqali sotish belgilangan.
💻 «E-IJRO AUKSION» savdo maydonchasi orqali auksionga chiqarilgan va sotilgan yer maydonlari Respublika bo‘yicha ma’lumotlar ochiq ma’lumotlar portali va Kadastr agentligining rasmiy veb-saytiga joylashtirildi.

📌Bu esa fuqarolarimiz tomonidan sotilgan yer maydonlari haqida to‘liq axborot olishlari mumkin.

Telegram Instagram YouTube Facebook
#Kadastr #IT_texnologiyalari

Kadastr agentligi va Moliya vazirligining axborot tizimi integratsiyalashtiriladi

📌Kadastr agentligining mas'ul hodimlari tomonidan ma’lumot almashish uchun tegishli Texnologik yo‘riqnoma ishlab chiqilgan. Mazkur Texnologik yo‘riqnomada o‘rnatilgan tartib o‘zaro kelishilgandan so'ng, Kadastr agentligining “Davreestr” axborot tizimi, Moliya vazirligining “Passport-budjet” axborot tizimi bilan integratsiya qilinishi kutulmoqda.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
Forwarded from Kadastr - Live
#Kadastr #IT_texnologiyalari

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi, IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i - O. Umarov Kadastr agentligining markaziy apparatiga tashrifi kuni “ArcGIS” dasturi yordamida interfaol xaritada kuzatish imkoniyatiga ega yagona axborot bazasi 21 turdagi qatlamlarning sohalar, hududlar va yo‘llar kesimida raqamlashtirilganlik darajasi yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Forwarded from Kadastr - Live
​​#Kadastr #IT_texnologiyalari

🔰Davlat soliq qo‘mitasi hamda Kadastr agentligi axborot tizimlari o‘rtasida elektron hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 7-sentabrdagi PQ-4819-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va saqlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 4-sentabrdagi 539-son qarori asosida Davlat soliq qo‘mitasi hamda Kadastr agentligi axborot tizimlari o‘rtasida elektron hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

💻Mazkur elektron hamkorlikka muvofiq Davlat soliq qo‘mitasi Kadastr agentligidan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oladi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Президент Шавкат Мирзиёев Мирзо-Улуғбек туманидаги Дастурий маҳсулотлар ва ахборот технологиялари технологик паркини бориб кўрди.
Бу ерда жами 17 та иморат барпо этилади. Президентимизга ушбу объектларда бўладиган шароитлар, соҳадаги натижалар ҳақида маълумот берилди.
Давлатимиз раҳбари шу ерда IT соҳаси вакиллари ҳамда маҳалла раислари ва ҳоким ёрдамчилари билан мулоқот қилди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил Технологический парк программных продуктов и информационных технологий в Мирзо-Улугбекском районе.
На территории комплекса будет возведено 17 зданий. Президенту доложили о создаваемых в них условиях и достигнутых в последние годы результатах в сфере.
Здесь же глава государства пообщался с представителями IT, а также побеседовал с председателями махаллей и помощниками хокима.

#Mirziyoyev #tanishuv #IT #texnopark

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Forwarded from Kadastr - Live
#Kadastr #IT_texnologiyalari

🧑‍💻Kadastr agentligi hamda Qurilish vazirligi axborot tizimlari o‘rtasida elektron hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

🔰Bu bilan qurilish sohasida korrupsiya va byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali qurilish jarayonlarining barcha bosqichida jamoatchilik uchun shaffoflikni ta’minlashdan iborat.

🔹Kadastr agentligining ma’lumotlar bazasidan foydalangan holda qurilish sohasida mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish, hamkorligini ta’minlash va joylarda samarali ishlarni ta’minlash imkoniyatini yaratishi bilan ahamiyatga sazovor.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt