Sirdaryo Kadastr
1.03K subscribers
7.15K photos
1.05K videos
18 files
4.97K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
#yer_nazorati #guliston_shahar

NOQONUNIY QURILMALAR BARTARAF ETILMOQDA

🔷Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi Guliston shahar bo'lim inspektorlari tomonidan 2022-yil 1-fevral kuni o'tkazilgan manitoring natijasida MCHJ rahbari tomonidan Guliston shahar, Buyuk kelajak MFYda MINI FUTBOL maydonchasi uchun ajratilgan yer maydonida Avtomobil yuvish maydonchasi qurilayotganligi aniqlangan va inspektorlar tomonidan ushbu qonun buzilish holatlarini sodir etgan MCHJ rahbariga 15 kun muddat ichida ushbu noqonuniy qurilishni bartaraf etishi yoki bartaraf etilmagan taqdirda O'zbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik uchun ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilishi to'g'risida rasman ogohlantirilgan.

Ayni damda ushbu noqonuniy Avtomobil yuvish maydonchasi MCHJ rahbari tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilmoqda.

Bizning rasmiy sahifalarimiz 👉🏼 facebook telegram instagram youtube
#Yer_nazorati #Guliston_shahar

⚡️Xar bir qarich yer maydonlari asrab avaylash xar birimizning burchimiz !

🔎Kadastr agentligi Guliston shahar bo‘limi tomonidan olib borilgan monitoringlar davomida Naʼmuna MFY hududida bo‘sh yer maydonida bir nechta fuqarolar tomonidan hech qanday tegishli hujjatlarsiz noqonuniy bolalar sport maydonchasi qurilishi amalga oshirilayotganligi maʼlum bo‘ldi.

❗️Mazkur holat yuzasidan Guliston shahar bo‘lim xodimlari tomonidan fuqarolarga tushuntirish ishlari olib borilib, fuqarolarga ogohlantirish berildi.

Olib borilgan profilaktik suhbatlar natijasida ushbu noqonuniy qurilish oldi olindi va fuqarolarga o‘z ixtiyori bilan qonunchilikda belgilangan muddatda bartaraf etilishi bo‘yicha tushintirish ishlari o‘tkazildi yoki belgilangan muddatlarda ushbu yer maydoni o‘z holatiga qaytarilmagan taqdirda qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida qatʼiy ogoxlantirildi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Korrupsiya #Kadastr #Guliston_shahar

⚡️KORRUPSIYA DAVLATNI YEMIRUVCHI, INSONNI TUBANLASHTIRUVCHI ILLAT

🔰Ma'lumki bugungi kunda yurtimizda Korrupsiya degan illatga qarshi kurashish davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylangan va bu masalaga Keng jamoatchilik bilan hamkorlikda qarshi kurashilmoqda. Xususan Kadastr sohasida ham Korrupsiya degan baloga qarshi jiddiy eʼtibor qaratilgan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#yer_nazorati #Guliston_shahar

⚡️Fuqarolar tomonidan bartaraf etilayotgan noqonuniy qurilmalar

🔰Guliston shahar Madaniyat MFY, Amir Temur ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli turar joylar atrofidagi yer maydonlari bir guruh fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallangani aniqlangan.

🔹Aniqlangan maʼlumotlarga ko‘ra, fuqarolar ushbu yerlarda hech qanday tegishli hujjatlarsiz, noqonuniy omborxona binolarini barpo etgan va Kadastr agentligi Guliston shahar bo‘limi tomonidan fuqarolarga tegishli tartibda ogohlantirish xatlari berilgan.

🔹Ayni paytda ushbu ogohlantirishlardan so‘ng noqonuniy qurilmalar fuqarolar tomonidan ixtiyoriy ravishda joyida bartaraf etilmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA #UzA #Guliston_shahar

⚡️Yerdan foydalanish tartibi qonun himoyasida

Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi Guliston shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan yer nazorati tadbirlari davomida joriy yilning 1 noyabr kuniga qadar 39 ta holatda 0.32 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olingani aniqlandi. Modomiki, bunday qonun buzilish holatlari hamon kuzatilayotgan ekan, ularning oldini olish maqsadida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

Batafsil: 👉 https://uza.uz

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
#yer_nazorati #Guliston_shahar

⚡️O‘z vaqtida noqonuniy ishni oldi olindi

🔰Kadastr agentligi Guliston shahar bo‘limi tomonidan shaharning Bo'ston MFY, 5-ko'p qavatli uyning yon qismi, 45 kv metr yer maydoni noqonuniy ravishda o'rab olinib, yengil konstruksiyali obyekt o'rnatish ishlari amalga oshirilayotgani aniqlandi.

Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, fuqaroga ogohlantirish xati berildi hamda jarimaga sabab bo‘luvchi holatlar yuzasidan tushunchalar bayon etildi.

Fuqaro bilan o‘tkazilgan suhbat qisqa muddatda o‘z natijasini berdi. Qurilma ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#yernazorati #Guliston_shahar

⚡️Tadbirkorlik faoliyati uchun qonuniy yo‘lni tanlang !

⭐️Kadastr agentligining Guliston shahar bo‘limi tomonidan shaharning Nurafshon MFY Tanovor ko‘chasida yashovchi fuqaro aholi punktga yerlariga qarashli umumiy foydalanishdagi yer maydonida o‘zboshimcha savdo do'koni qurib olinganligi aniqlangan.

✔️Mazkur holat yuzasidan yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxsga tushuntirish ishlari olib borildi hamda uning huquqiy oqibatlari tushuntirildi. Natijada holat fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yernazorati #Guliston_shahar

⚡️O‘z vaqtida noqonuniy ishni oldi olindi

⭐️Kadastr agentligining Guliston shahar bo‘limi tomonidan shaharning Do'stlik MFY, Xo'ndamir ko‘chasida o‘zboshimcha yengil konstruksiyali obyekt o'rnatish ishlari amalga oshirilayotgani aniqlandi.

✔️Tadbir davomida fuqaro bilan suhbat olib borilib, yer qonunbuzilish holatlari oqibatlari haqida tushunchalar berildi, Natijada ushbu obyekt fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilishiga erishildi.


Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati #Guliston_shahar


🏣Kadastr agentligining Sirdaryo viloyat boshqarmasi Guliston shahar bo’limi inspektorlari tomonidan Guliston shahar Madaniyat MFY hududida monitoring ishlari olib borilganida, fuqaro tomonidan hech qanday huquqiy hujjatlarsiz 0.0024 gektar yer maydoni avtomobil turar joyi qurish maqsadida o’zboshimchalik bilan egallab, noqonuniy ravishda qurilish ishlarini amalga oshirganligi aniqlandi.

📝Aniqlangan maʼlumotlarga ko‘ra, shahar inspektori tomonidan O'zbekiston Respublikasi MJtKning 60-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan yer qonunbuzilishi sodir etganligi sababli ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, qurilgan noqonuniy qurilishlarni 15 kun muddatda ixtiyoriy bartaraf etish bo'yicha fuqaroga rasmiy ogohlantirish berildi.

Ayni paytda ushbu ogohlantirishlardan so‘ng noqonuniy qurilmalar fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda joyida bartaraf etildi.


Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#Yer_nazorati #Guliston_shahar

⚡️Dehqon bozor hududida yer nazorati tadbiri o'tkazildi


🔹Kuni kecha Guliston shahar dehqon bozori ma’muriyati tomonidan Kadastr agentligining Guliston shahar bo‘limiga dehqon bozori hududida belgilangan joydan tashqarida, piyodalar o’tish yo'llaridagi savdo rastalarini belgilangan tartibda o’rganib berish yuzasidan murojaat yo’llagan edi.

🔹Murojaat yuzasidan bugun Bo'lim tomonidan dehqon bozorini o’rganish jarayonida 10 ta holatda 300 kv.m yer maydonlarida belgilangan chegaradan tashqarida savdo rastalari o’rnatib olish holatlari, shuningdek foydalanish uchun ajratilgan yer maydonlari o'zboshimchalik bilan yengil konstruksiyalari obyektlar o’rnatilganligi aniqlandi.

👉🏻 Batafsil

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #korrupsiyagaqarshi #Guliston_shahar

KORRUPSIYA – KELAJAK TARAQQIYOTIMIZ KUSHANDASIKORRUPSIYA – KELAJAK TARAQQIYOTIMIZ KUSHANDASI

▪️Jamiyatda shunday illatlar borki, u maʼlum bir sohaga emas, balki butun jamiyat taraqqiyotiga to‘g‘onoq bo‘ladi. Davlatni ich-ichidan yemiradigan ana shunday illat – korrupsiya va poraxo‘rlikdir.

⭐️Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi O.Samatov tomonidan Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasining Guliston shahar filiali xodimlari bilan individual tarzda suhbat o’tkazildi.

▪️Har bir xodim bilan individual tarzda o‘tkazilgan suhbatda xodimlarning tartib intizomi, ijro intizomi, ishga o‘z vaqtida kelib ketishi vazifasini suiisteʼmol qilmasligi uqtirildi. O‘z moddiy manfaatlarini ko‘zlab bu illatga qo‘l urmasligi qolaversa har bir jinoyat uchun jazo muqarrarligi tushuntirildi.

▪️Suhbat davomida xodimlarning huquqiy bilimini oshirish maqsadida korrupsiyaga qarshi kurash borasida joriy qilingan yangi mexanizmlar, korrupsion holatlarga sabab bo‘luvchi omillar to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_muloqot #Guliston_shahar

⚡️Guliston shahrida aholi va tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Davlat kadastrlari palatasining Guliston shahar filiali rahbari K.Ismoilov boshchiligida Guliston shahrining Navbahor MFY binosida ochiq muloqot o‘tkazildi.

🖥 Tasdiqlangan reja-grafikka asosan tashkil etilgan uchrashuvda aholi hamda tadbirkorlarni qiynab kelayotgan kadastr masalasida 10 dan ortiq murojaatlar qabul qilinib belgilangan tartibda huquqiy tushuntirishlar berildi. O‘rganish uchun vaqt talab etiladigan murojaatlar ijrosi nazoratga olindi.

🔺Shuningdek bugungi kunda hukumatimiz tomonidan kadastr sohasiga oid qabul qilinayotgan Qaror va Farmonlarning mazmun mohiyati bo‘yicha kerakli tushuncha, ko‘nikmalar berildi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM