Sirdaryo Kadastr
1K subscribers
7.79K photos
1.15K videos
20 files
5.39K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ko‘chmas mulkka
kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda va ularga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xizmatlari haqida

⭐️🌟 Davlat kadastrlari palatasida fuqarolar va tadbirkorlarga ko‘chmas mulkka kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda va ularga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda ko‘rsatadigan xizmatlari borasida aniq tartib yo‘lga qo‘yilgan.

✔️ Mazkur yo‘nalishni tartibga solish maqsadida ishlab chiqilgan yo‘riqnoma bo‘yicha kadastr mutaxassislari uchun doimiy ravishda o‘quv seminarlari tashkil etib kelinmoqda.

🎞 Rad etish sabablari, bosqichlar, tartibga rioya qilish, amaliy seminarlar hamda natijalar... Video shu haqda.

#DavKadastrPalata #kadastr_pasporti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr

⚡️YERLAR FAQAT AUKSION ORQALI SOTILADI YOKI IJARAGA BERILADI

❗️Yer
sotib olib tadbirkorlik qilmoqchi bo‘lsangiz qonuniy va shaffof yo‘lni tanlang, firibgarlarga aldanib qolmang!

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#kadastr_xizmati

Turar joyning maydoni to‘g‘risida ma’lumotnoma berish


🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;

Xizmatdan foydalanuvchilar - jismoniy shaxslar;

Xizmatdan foydalanish uchun hech qanday hujjat talab etilmaydi;

Xizmat ko‘rsatish muddati - avtomatik;

Xizmat narxi - BEPUL

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#kadastr_sohasida_atamalar

Ko‘chmas mulkni texnik inventarizatsiyadan o‘tkazish — ko‘chmas mulkni tekshirish natijalari asosida ko‘chmas mulkning mavjudligi, joylashgan yeri, tarkibi, maydoni, holati, qiymati va boshqa tavsiflari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, aniqlash hamda ularga ishlov berish.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#sayyor_qabul #kadastr

⚡️Yangiyer shahrida sayyor qabul

▪️ Kadastr sohasida aholi muammolarini joyida o‘rganish, hal qilish hamda zarur ko'rsatma, yo‘l-yo‘riqlar berish maqsadida  soha mutasaddilari ishtirokida fuqarolar uchun doimiy ravishda sayyor qabullar tashkil qilinmoqda.

▪️ Shular jumlasidan, bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmalari hamkorligida Yangiyer shahrining "Yangiobod" mahallasida sayyor qabuli bo'lib o'tdi.

➡️ Sayyor qabul davomida 12 nafar fuqaroning kadastr sohasiga oid muammoli masalalari bilan murojaatlari ko'rib chiqildi.

8 nafar murojaatchiga mutaxassislar tomonidan huquqiy tushuntirishlar berilib murojaatlari joyida ijobiy hal etilgan bo'lsa 4 ta murojaat esa qo‘shimcha o‘rganish va hujjatlar talab etilishi bois nazoratga olinib, sohadagi mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi hamda ijro muddatlari belgilandi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr

⚡️YERLAR FAQAT AUKSION ORQALI SOTILADI YOKI IJARAGA BERILADI

❗️Yer
sotib olib tadbirkorlik qilmoqchi bo‘lsangiz qonuniy va shaffof yo‘lni tanlang, firibgarlarga aldanib qolmang!

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇦🇿Ozarbayjon delegatsiyasi bilan 🌟Kadastr agentligida o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi va 🇦🇿Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasidagi idoralararo hamkorlikni mustahkamlash, kadastr va mol-mulkni ro‘yxatga olish sohalarida tajriba almashish maqsadida Ozarbayjon Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Mulk masalalari davlat xizmati delegatsiyasi Kadastr agentligiga keldi.

➡️ 2-iyun kuni delegatsiya a’zolari 🌟Kadastr agentligida bo‘lib, Agentlik faoliyati, axborot tizimlari, xususan, Yer-nazorat axborot tizimi bilan tanishtirildi. Shuningdek, mehmonlarga Agentlik tomonidan amalga oshirilayotgan raqamlashtirish ishlari, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yo‘nalishlari yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi.

😎 Ozarbayjon tomoni ham o‘z navbatida Mulk masalalari davlat xizmatining tashkil etilishi, funksiyalari va axborot infratuzilmasi haqida ma’lumot berib, o‘z tajribasini ulashdi.

🟪 Delegatsiya a'zolariga kadastr, ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish, yer va mulk munosabatlariga dour axborot tizimlari imkoniyatlari "Geoinfokom" DM tashkiloti tomonidan tanishtirildi.

➡️ 3-iyun kuni delegatsiya Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida mehmonlarga ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish, kadastr xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlari, ularning huquqiy va texnik asoslari, hamda zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilgan ish tizimi haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

📍Shuningdek, delegatsiya Chilonzor tumanidagi Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurib, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, mijozlarga qulayliklar yaratish va avtomatlashtirilgan jarayonlar bilan tanishdi.

Mazkur tashrif doirasida tomonlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, raqamli kadastr, ko'chmas mulkni ro‘yxatga olish tizimlarida ilg‘or tajriba almashinuvini davom ettirishlikka kelishib oldilar.

#Kadastr_agentligi #Xalqaro_hamkorlik

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tqazish majburiydir

Qonunchilikka muvofiq ko‘chmas mulk hisoblangan kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlar qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.

🔹Kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yuridik va jismoniy shaxslarning kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlari davlat tomonidan eʼtirof etilishi hamda tasdiqlanishining yuridik hujjatidir.

🔹Kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hujjatlar bilan tasdiqlangan axborotni davlat reyestrlariga kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

❗️Ko‘chmas mulk hisoblangan kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kadastr obyektlarining barcha mulkdorlari va kadastr obyektlariga doir boshqa huquqlarning egalari uchun majburiydir.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram |Facebook |YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠 “E’TIROF” AATNING KUNLIK HISOBOTI

Jami muhokamadagilar soni - 114 505 ta;
😄Jamoatchilikka e'lon qilinganlar soni - 12 123 ta;
Ko‘rib chiqilayotganlar soni - 2 095 ta;
🫥Jarayondagi yerlar soni - 7 761 ta;
✔️E'tirof etilganlar soni - 596 ta.

ℹ️ etirof.kadastr.uz saytiga kirib dasturdagi barcha jarayonlar bilan tanishishingiz mumkin.

#Kadastr_agentligi #etirof #937qonun_ijrosi

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sayyor_qabul #kadastr

⚡️Sardoba tumanida sayyor qabul

▪️ Kadastr sohasida aholi muammolarini joyida o‘rganish, hal qilish hamda zarur ko'rsatma, yo‘l-yo‘riqlar berish maqsadida  soha mutasaddilari ishtirokida fuqarolar uchun doimiy ravishda sayyor qabullar tashkil qilinmoqda.

▪️ Shular jumlasidan, bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmalari hamkorligida Sardoba tumanning "Bo'ston" mahallasida sayyor qabuli bo'lib o'tdi.

➡️ Sayyor qabul davomida 10 nafar fuqaroning kadastr sohasiga oid muammoli masalalari bilan murojaatlari ko'rib chiqildi.

8 nafar murojaatchiga mutaxassislar tomonidan huquqiy tushuntirishlar berilib murojaatlari joyida ijobiy hal etilgan bo'lsa 2 ta murojaat esa kadastr vakolatiga kirmasligi sababli tegishligigi bo'yicha boshqa tashkilotga yo'naltirildi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube