Sirdaryo Kadastr
1.01K subscribers
7.84K photos
1.16K videos
20 files
5.42K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlaridan samarali foydalanish tashkil etiladi

📃 Hukumat qarori (247-son, 21.04.2025 y.) bilan “Bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini xatlovdan o‘tkazish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi nizom tasdiqlandi.

🔰Nizom noturar bo‘lgan bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini aniqlash va xatlovdan o‘tkazish, xatlov natijalarini rasmiylashtirish, bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlaridan samarali foydalanish mezonlari va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish tartibini belgilaydi.

📝 Nizomga ko‘ra, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi va uning hududiy boshqarmalari "Davlat mulki" ATda bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarining hisobini yuritish sohasida quyidagilarni amalga oshiradi:

🔹 toifalarga ajratish bo‘yicha:

➡️bo‘sh turgan;
➡️meyorga asosan ortiqcha maydon aniqlangan;
➡️qurilishi tugallanmagan (1 yildan ortiq muddatda);

◼️samarali foydalanish choralari ko‘rilganligi bo‘yicha:

➡️ rivojlantirish dasturlariga kiritilgan;
➡️ ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan;
➡️ davlat-xususiy sheriklik dasturiga kiritilgan;
➡️ ijaraga berish uchun ommaviy savdolarga chiqarilishi belgilangan.

✔️ Markaz aniqlangan bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xatlov yakunlangandan so‘ng 10 kun muddatda o‘zining rasmiy veb-saytida e’lon qiladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumotlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xabaringiz bor, Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 aprel kuni yer hisobini yuritish va kadastr xizmatini rivojlantirish bo‘yicha qilingan ishlar hamda kelgusidagi vazifalarga oid
taqdimot bilan tanishdi.

🇺🇿 Mamlakatimizda 45 million gektarga yaqin yer maydoni bor. 2021-yilgacha shundan bor-yo‘g‘i 1 million gektari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan edi. So‘nggi yillarda yagona tizim yaratilib, raqamlashtirish joriy etilgani natijasida 42 million gektar yer, ya’ni jami maydonlarning 94 foizi ro‘yxatdan o‘tkazildi.

◼️ Jumladan, o‘rmon va suv fondi, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘liq davlat ro‘yxatiga olindi. Transport, aloqa, geodeziya, energetika, yo‘l kabi 13 turdagi davlat kadastri bo‘yicha ma’lumotlar 100 foiz shakllandi. Yana 7 ta yo‘nalish bo‘yicha ishlar yakuniy bosqichda.

➡️ Sohadagi eng dolzarb masala – ko‘chmas mulk munosabatlarini tartibga solishdir. Shu maqsadda ko‘chmas mulklarning haqiqiyligi va ishonchliligi davlat tomonidan kafolatlanadigan yagona ma’lumotlar bazasi – UZKAD tizimi ishga tushirilgan. Barcha bino va inshootlar xatlovdan o‘tkazilib, unga kiritilmoqda. Hozirgacha 150 mingta turar va 707 mingta noturar joy, 44 mingta ko‘p qavatli uy haqidagi ma’lumotlar ushbu yangi tizimda aks ettirilgan.

🇺🇿 Yaqin-yaqingacha o‘z uyiga mulk huquqi bo‘lmagani uchun millionlab fuqarolar qiynalib kelardi. O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5 avgustdagi “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonuni bilan joriy yil yanvardan hujjatlarni rasmiylashtirib, egalariga taqdim etish boshlandi.

🟢 Qayd etilganidek, bu yil 400 mingta yakka tartibdagi uy UZKAD tizimiga kiritiladi. Natijada mol-mulkni sotish, ijaraga berish, meros qoldirish, garovga qo‘yish kabi jarayonlar osonlashadi. Kelgusida 6 million 300 mingdan ziyod barcha yakka tartibdagi uylar ushbu tizimda aks ettiriladi.

Taqdimotda galdagi rejalar va ustuvor vazifalar ko‘rib chiqildi.

#Prezident #DavKadastrPalata

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bugun 1-may.
Qonunchilikda nimalar o‘zgardi?


◾️Ayrim banklarga balansga olingan mol-mulklarni bozor qiymatida to'g'ridan-to'g'ri sotishga ruxsat etiladi.

◾️Ayrim tadbirkorlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganda, davlat boji undirilmaydi.

◾️Ayrim tadbirkorlarga garovsiz kiriditlar ajrtiladi.

◾️Ayrim tadbirkorlarga qo‘shilgan qiymat solig‘i tezlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.

◾️Kreativ park rezidentlariga soliq imtiyozlari joriy etiladi.

◾️«Hamkor tadbirkor» dasturi yo‘lga qo‘yiladi.

◾️Fuqarolar yig‘ini raislari professional mediatorlikka bepul o‘qitiladi.

◾️Fonogrammadan foydalanishni cheklanadi.

◾️Tadbirkor ayollarga grantlar ajratiladi.

◾️Ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilinganlarga nafaqa puli “Inson” markazlari orqali to‘lanadi.

◾️«Toza qo'llar» dasturi amalga oshiriladi.

◾️Kam taʼminlangan oilalarga elektr va tabiiy gaz to‘lovlarining bir qismi kompensatsiya qilinadi.

#DavKadastrPalata #Qonunchilikdagi_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#DavKadastrPalata #audio_ochiq_muloqot

Hududlarda onlayn audio muloqotlar davom etadi!

Hurmatli
fuqarolar hamda tadbirkorlar. Sizning kadastr masalalariga oid savol va murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasining mutasaddilari ishtirokida joriy yilning 7-may kuni soat 15:00 da onlayn audio muloqotlar o‘tkaziladi.

🗓 Ushbu infografikada joriy yilning may oyida rejalashtirilgan ochiq audio muloqotlar sanasi bilan tanishishingiz mumkin.

🌐 Kadastrga oid savollaringiz bilan o'z hududingizning telegram kanali orqali o'tkaziladigan audio muloqotda qatnashing va hududiy mutaxassislarimizga to'g'ridan-to'g'ri savolingizni berib, javob oling!

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
😀😃😄😆😊

937-qonun haqida bilishingiz muhim


📝 "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi O'RQ-937-sonli Qonun haqida bilishingiz muhim boʻlgan alohida jihatlar mazkur infografikada.

👉 Qiziqqanlarga tarqating va bizni kuzatib boring!

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yurtimiz bo'ylab
xatlov ishlari davom etmoqda

🇺🇿  “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonun asosida hududlarda keng qamrovli xatlov ishlari olib borilmoqda. Aholining fikrini bilish, ochiqlikni ta'minlash maqsadida yerlar ro‘yxati jamoatchilikka taqdim etilib, mahalla e’lonlar taxtasida ochiq ravishda yoritilmoqda.

Xatlov ishlari shaffoflik va adolat tamoyillariga asoslangan holda olib borilib, yer uchastkalari va bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlarni rasmiylashtirishga xizmat qiladi. Quyidagi havolalardagi ma'lumotlarda hududlardagi xatlov jarayonlari aks etgan.

▫️ Qoraqalpog'iston Respublikasi
▫️ Qashqadaryo viloyati
▫️ Farg'ona viloyati
▫️ Toshkent viloyati
▫️ Navoiy viloyati
▫️ Jizzax viloyati
▫️ Andijon viloyati
▫️ Samarqand viloyati
▫️ Sirdaryo viloyati
▫️ Buxoro viloyati
▫️ Namangan viloyati
▫️ Toshkent shahar
▫️ Xorazm viloyati

⭕️ Aholimizni xatlov jarayonida faol ishtirok etishga, mavjud qonunchilikka rioya qilib o‘z huquqlarini himoya qilishda hushyor bo‘lishga chaqiramiz!  Xatlov vaqtida o'z obyektingizda bo'lishingizni so'raymiz.

#DavKadastrPalata  #xatlov2025

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Noturar ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni ro'yxatdan o'tkazish yanada oson


Endilikda ikki yuridik shaxslar o‘rtasida noturar ko‘chmas mulkni butunligicha boshqaga o‘tkazishga oid shartnomalarni rasmiylashtirish va unga bo‘lgan huquqni yangi mulkdor nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarni kompozit tarzda ko‘rsatamiz:

😏Ariza beruvchilar xizmatdan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga murojaat qiladilar;

😞 Markaz ariza beruvchilarning shaxsini aniqlaydi va shartnoma ular tomonidan shaxsan imzolanganligini tasdiqlaydi hamda shartnomani Davlat kadastrlari palatasiga yuboradi;

😟 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va davlat reyestridan ko‘chirmani Markazga yuboradi;

😕 Markaz ko‘chirma kelib tushgandan so‘ng uni ariza beruvchilarning elektron manziliga yuboradi.

🔵 Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-noyabrdagi 795-son qarori.

#DavKadastrPalata #DXMdagi_xizmatlarimiz

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

"Millar" ogohlikka chaqiradi
!

⚡️Bilasiz, bir necha kun avval, ijtimoiy tarmoqlarimizda soxta kadastrchilar paydo bo'lgani haqida xabar bergandik. "Milliy" telekanalining "Millar" informatsion dasturida ayrim viloyatlarda o‘zini "kadastrchiman" deya fuqarolardan xatlov uchun pul yig‘ib yurgan firibgarlar haqidagi ma'limot e'lon qilindi.

Yana bir bor eslatib o'tamiz. Bunday firibgarlardan ogoh bo‘ling va Siz ham ularni uchratsangiz, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yoki Kadastr agentligining 1097 qisqa raqamlariga xabar berishingizni so‘raymiz.

#DavKadastrPalata #e_lon #diqqat_firibgarlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

"Namunaviy idoraviy arxiv" loyihasi asosida yana bir tuman arxivi takomillashtirildi

🌟 Davlat kadastrlari palatasi tomonidan filiallar idoraviy arxivlarini zamonaviy talablarga mos ravishda takomillashtirish maqsadida amalga oshirilayotgan "Namunaviy idoraviy arxiv" loyihasi doirasida 2024-yilda 12 ta tuman (shahar) arxivi qayta jihozlandi. Shulardan 8 tasida zamonaviy mobil stellajlar o‘rnatildi.

▶️ Jumladan, Sirdaryo viloyati Mirzaobod tuman filiali zamonaviy arxiv jihozlari bilan taʼminlanib, qo‘riqlov tizimi mustahkamlandi.

📁 2025-yilda ushbu arxivda 17 104 ta kadastr yig‘majildi (15 744 ta turar, 1 360 ta noturar) tekshiruvdan o‘tkazilib, quyidagi qulayliklarga erishildi:

◾️ Barcha hujjatlar to‘liq raqamlashtirildi
◾️ Har bir hujjatning aniq joylashuvi (stellaj, javon, quti) belgilandi◾️ Hujjatlardan foydalanishda samaradorlik oshdi

📊 Shuningdek, 2025-yil boshidan buyon 43 515 ta hujjat to‘liq raqamlashtirildi va bu jarayon izchil davom etmoqda.

🗂 Arxivlar – tartib va samaradorlik asosi!

#DavKadastrPalata #arxiv #Sirdaryo
 
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ko‘chmas mulkka kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda va ularga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xizmatlari haqida


⭐️🌟 Davlat kadastrlari palatasida fuqarolar va tadbirkorlarga ko‘chmas mulkka kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda va ularga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda ko‘rsatadigan xizmatlari borasida aniq tartib yo‘lga qo‘yilgan.

✔️ Mazkur yo‘nalishni tartibga solish maqsadida ishlab chiqilgan yo‘riqnoma bo‘yicha kadastr mutaxassislari uchun doimiy ravishda o‘quv seminarlari tashkil etib kelinmoqda.

🎞 Rad etish sabablari, bosqichlar, tartibga rioya qilish, amaliy seminarlar hamda natijalar... Video shu haqda.

#DavKadastrPalata #kadastr_pasporti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM