Sirdaryo Kadastr
1.03K subscribers
7.12K photos
1.04K videos
18 files
4.95K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
#OʼRQ_937

⚡️Egalik huquqi eʼtirof etilmagan yer uchastkalarini qaytarish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi

«O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq, huquqlar eʼtirof etilmagan, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini qaytarish hamda ularda binolar va inshootlar qurish bilan bog‘liq qonun buzilishlarini bartaraf etish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OʼRQ_937 #xatlov #Boyovut_tumani

⚡️SIRDARYODA XATLOV JARAYONLARI

Xabaringiz bor 8-noyabrdan “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun kuchga kirdi va kadastr mutaxassislari tomonidan joylarda mahallalar kesimida xatlov ishlari boshlab yuborilgan.

Ayni kunlarda Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida boshqarma boshlig’i o’rinbosari Sh.Alimov tomonidan Boyovut tumanida amalga oshirilayotgan xatlov ishlari o’rganildi va aholiga Qonun yuzasidan tushintirish ishlari olib borildi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#OʼRQ_937

Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara hamda mulk huquqi xalq deputatlari Kengashlarining qarorlari bilan eʼtirof etiladi

Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qarorlari bilan eʼtirof etiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qaroridan norozi bo‘lgan shaxslar ushbu qaror ustidan sudga qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda shikoyat qilishi, prokuratura va adliya organlari esa qarorni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida sudga ariza (shikoyat) berishi mumkin.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube