Sirdaryo Kadastr
1.04K subscribers
7.08K photos
1.03K videos
18 files
4.91K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #komplayens_nazorati #video

⚡️Korrupsiya - davlatni yemiruvchi, insonni tubanlashtiruvchi illat

▪️Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmalarining Oqoltin tuman bo‘lim va filialida “Korrupsiya - davlatni yemiruvchi, insonni tubanlashtiruvchi illat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

▪️ Komplayens nazorati xizmati bosh mutaxassisi N.D.Abdaliev tomonidan yig‘ilish ishtirokchilariga korrupsiya holatlari kuzatilganda hushyor bo‘lish lozimligi taʼkidlandi. Shuningdek, ish vaqti davomida xizmat intizomining buzilishi, tamagirlik, firibgarlik kabi korrupsion holatlar hamda ularning huquqiy oqibatlari xususida aniq misollarga tayangan holda atroflicha tushuntirishlar berib o‘tildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #komplayens_nazorati #korrupsiya #video

⚡️Korrupsiya - davlatimiz rivojiga to‘siq

▪️Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmalarining Yangiyer shahar bo‘lim va filialida Komplayens nazorati xizmati bosh mutaxassisi N.D.Abdaliyev tomonidan davra suhbati o‘tkazildi.

▪️ Tadbir davomida ishtirokchilarga korrupsiya holatlari vujudga kelishiga sabab bo‘luvchi omillar, ularni bartaraf etish yo‘llari, korrupsiyaviy xatti-harakatlar uchun amaldagi qonunchilikda ko‘zda tutilgan javobgarlik, ushbu illatga qarshi kurashishning samarali mexanizmlari haqida batafsil ma’lumotlar berib o'tildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#kadastr #komplayens_nazorati

⚡️Kadastr tizimida 2022-yil 17-oktyabrdan 17- noyabrgacha “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi"

"Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi"
doirasida Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining komplayens-nazorat xizmati bosh mutaxassisi N.D.Abdaliyev tomonidan, Xovos tuman kadastr xodimlari ishtirokida ochiq muloqot bo'lib o'tdi.

Mazkur tadbirda, ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunining mazmun-mohiyati hamda bugungi kunda yurtimizda Korrupsiya degan illatga qarshi kurashish davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri ekanligi va bu masalaga keng jamoatchilik bilan hamkorlikda qarshi kurashish lozimligi ta'kidlandi.

Tadbir so'ngida xodimlarning huquqiy ongi va huquqiy ma'daniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish yuzasidan o‘zaro fikr almashinildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
#kadastr #komplayens_nazorati

⚡️ Korrupsiya bu - davlat va jamiyatning rivojiga, xalqning adolatga bo‘lgan ishonchiga jiddiy putur yetkazadigan xavfli jinoyatdir

🔰Xabaringiz bor, Kadastr tizimida 17-oktyabrdan 17-noyabrgacha “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” eʼlon qilingan.

🔹Bugun ushbu oylik doirasida Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi Komplayens-nazorat xizmati bosh mutaxassisi N.D.Abdaliev tomonidan Sirdaryo tuman kadastr xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida “Korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaga yo‘l qo‘yganlik uchun javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari” mavzusida seminar o'tkazildi.

🔹Shuning bilan bir qatorda ushbu tadbir davomida har bir xodim o‘z vazifasiga vijdonan yondashgan holda faoliyat yuritishi, xizmat vazifasini suiisteʼmol qilmasligi hamda har bir xodim nafaqat tizim uchun balki birinchi galda o‘z oilasi uchun qadrli ekanligini unutmasligi taʼkidlandi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
#kadastr #komplayens_nazorati

⚡️KELAJAKNI KORRUPSIYASIZ QURAMIZ

Sirdaryo viloyati kadastr tizimida “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida seminarlar o'tkazib kelinmoqda. Navbatdagi seminarda Boyovut tumani hamda Shirin shahar kadastr xodimlari ishtirok etishdi.

Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi Komplayens-nazorat xizmati bosh mutaxassisi N.D.Abdaliev tomonidan seminar qatnashchilariga Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, xodimlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, Korrupsiya degan illatga qarshi kurashish mexanizmlari haqida ma’lumotlar berib o'tildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr