Sirdaryo Kadastr
1.04K subscribers
7.08K photos
1.03K videos
18 files
4.91K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
#seminar #yer_kodeksi #yer_nazorati

📢 Kadastr agentligininig Sirdaryo viloyati boshqarmasi ma'sul xodimlari tomonidan ayni damda Agentlikning tuman, shahar bo’limi boshliqlariga “Davlat yer, kadastr va geodeziya nazorati sohasidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun belgilangan choralarni ko’rish va ularni belgilangan tartibda rasmiylashtirish, bundan tashqari elektron dasturlarga kiritish hamda to‘g‘ri yuritilishi yuzasidan” o’quv seminari bo'lib o'tmoqda.

Bizning rasmiy sahifalarimiz 👉🏼 facebook telegram instagram youtube
#Kadastr #Seminar

🔰Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi majlislar zalida Yer va kadastr nazorati sohasida amaldagi qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini xodimlarga yetkazish shuningdek E-yer-nazorat avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalanish tartibi tushuntirish maqsadida o'quv seminari o'tkazildi.

🔹Ushbu seminar Kadastr nazorati bo‘limi boshlig‘i Nodir Axmedov, Yer nazorati bo‘yicha mutaxassis M.Kungirov, Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi boshlig'i A.Maxarov va boshqarma mas'ul xodimlari tomonidan tashkil etildi.

🔹Shuningdek seminarda E-yer-nazorat avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalanish, Ma’muriy huqubuzarlik to’g’risida yagona elektron ish yurituv tizimi E-mamuriy ish dasturi orqali Davlat yer va kadastr nazoratiga oid ma’muriy huquqbuzarlikga oid ishlarni yuritish, sohaga oid qabul qilingan Qonun va Qarorlar mazmun-mohiyati hamda inspektorlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar bo'yicha tushunchalar berildi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#VMQ_71 #Seminar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to'g'risidagi" Qarorining mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan o'quv seminari bo'lib o'tdi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Seminar #PQ_138_son

🔰Joriy yilning 6-aprel kuni Bosh prokuraturada Muxtaram Prezidentimizning “Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-138-sonli qarorida belgilangan vazifalar hamda yer bilan bog‘liq boshqa normativ huquqiy hujjatlar ijrosini samarali tashkil qilish borasida Ichki ishlar, Qurilish, Adliya vazirligi va Kadastr agentligi hamkorligida o‘quv seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.

Ushbu seminar mashg‘ulotlarida viloyat studiyalaridan PQ-138-sonli Qaror ijrosini taʼminlashda amaliyotda uchrayotgan ayrim muammolar va ularning yechimlari to‘g‘risida so‘z bordi.

Shuningdek, yig‘ilishda O‘zbekistonning hozirgi yangi taraqqiyot bosqichida yer uchastkalaridan maqsadli foydalanish davlat nazorati samaradorligini oshirishning eng asosiy yo‘nalishlaridan biri ekanligi tushuntirib o‘tildi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Seminar

⚡️SIRDARYO VILOYATIDA NOMSIZ KO'CHALAR, RAQAMLASHTIRILMAGAN UY-JOYLAR, TAKRORLANUVCHI KO'CHA NOMLARI QOLMAYDI

🔰Bugun Sirdaryo viloyati Guliston shahrida Kadastr agentligi mutasaddilari hamda Hokim maslahatchilari ishtirokida "Geografik obyektlar nomlarini to‘g‘ri shakllantirish va ularni davlat reyestriga kiritish" yuzasidan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

🔹Seminarda viloyatda mavjud 297 ta raqamlashmagan uy-joylar, 72 ta nomsiz ko‘chalarga nom berish hamda takrorlanuvchi ko‘cha nomlarini o‘zgartirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan so‘z yuritildi.

🔹Bunda Kadastr agentligi Hokim maslahatchilari va mahalla raislari ishtirokida har bir hududda xatlov o‘tkazilib, ko‘chalarga nom berish va xonadonlarni raqamlashtirish orqali ularni davlat reyestriga kiritilishini taʼminlanadi.

🔹Bajarilayotgan ishlarning natijasida aholining doimiy ro‘yxatdan o‘tish (propiska), tez tibbiy yordam chaqiruvi va boshqa shu kabi muammolariga yechim bo‘lishi kutilmoqda.

@Sirdaryo_kadastr
#Kadastr #seminar

⚡️Sirdaryoda o'quv seminar bo'lib o'tmoqda

💠 Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi Ma'muriy amaliyot bo'limi va Sirdaryo viloyat IIB boshqarmasi mutasaddilari hamkorlikda Sirdaryo viloyatida faoliyati ko'rsatayorgan Kadastr agentligining tuman shahar bo'lim boshliqlari va inspektorlari uchun o'quv seminar o'tkazilmoqda.

💠 Seminarda Ma’muriy huqubuzarlik to’g’risida yagona elektron ish yurituv tizimi E-ma'muriy ish dasturi orqali Davlat yer va kadastr nazoratiga oid ma’muriy huquqbuzarlikga oid ishlarni yuritish, sohaga oid qabul qilingan Qonun va Qarorlar mazmun-mohiyati hamda inspektorlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar bo'yicha tushunchalar berildi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Seminar

🔰Davlat boshqaruvi akademiyasida Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining hududiy boshqarmalari va barcha tuman(shahar) markazlari rahbarlari uchun o‘quv kursi tashkil etildi.

📝O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlarini rivojlantirish Agentligi Sirdaryo viloyati filialidan mus'ul xodimlar tomonidan o'quv seminari bo'lib o'tdi.

📈O‘quv davomida tinglovchilarga davlat siyosatini mahallagacha tushirish, aholi bandligini taʼminlash, ularning daromadini ko‘paytirish, xalq bilan samarali ishlash yo‘nalishlarida bilim va ko‘nikmalar berildi. Shuningdek, tinglovchilarga “Faoliyatni eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida baholash (KPI) va karyera modeli” mavzusida maʼruza o‘tildi.

🔹Mahallada aholi bilan manzilli ishlashning metodologik tamoyillari ko‘rsatib berildi. Shuningdek, tinglovchilarga Milliy kadrlar zaxirasi tizimi, shakllanish manbalari, zamonaviy yetakchilar kompetensiyalari haqida ham maʼlumot berildi.
#Seminar

🔭Davlat kadastrları palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasida topografik va kartografik xaritalarni tayyorlash sektori mutaxasislari uchun seminar - trening tashkillashtirildi.

📝Seminarda mutaxasislarning sohaga doir bilim ko'nikmalarini rivojlantirish, geodeziya va kartografiya faoliyatida foydalaniladigan asbob-uskunalar haqida ma'lumot berilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha ko'rsatmalar berildi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar

Toshkentda Kadastr agentligining viloyat boshqarmalarida faoliyat olib borayotgan matbuot xizmati xodimlari uchun malaka oshirish kurslari boshlandi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Seminar

Bugun Biznes-ombudsmanning Sirdaryo viloyatidagi sho'ba xodimlari va Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmalari hamkorligida seminar tashkil etildi.

Mazkur seminarda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining boshqarma xodimlari va hududiy tuman shahar bo'lim hamda filial rahbarlari qatnashishdi.

Seminarda Prezidentimizning 2022-yil 13-sentabrdagi PQ-374-son Qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 611-sonli qarorining mazmun-mohiyati tushintirib o'tilib, shuningdek Kadastr agentligi direktorining buyrug'iga asosan 17-oktabrdan 17-noyabr kuniga qadar "Korrupsiya oyligi" e'lon qilinganligi munosabati bilan tizimda faoliyat yuritayotgan barcha xodimlar Korrupsiyaga qarshi kurashish, uni oldini olish va korrupsiyaga murosasiz munosabatda bo'lish ta'kidlandi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
#kadastr #seminar_Shirin_shahar

HUQUQIY MADANIYAT—TARAQQIYOT MEZONI

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Shirin shahar bo'lim hamda filiali tomonidan "Sohaga oid qonunchiliklar va undagi o'zgarishlar" yuzasidan Shirin shahar hokimligining majlislar zalida seminar o'tkazildi.

Batafsil
#seminar_trening #ma'muriy_amaliyot

🔰Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi Maʼmuriy amaliyot bo‘lim boshlig‘i M.To'raqulov tomonidan davlat yer va kadastr nazorat sohasidagi olib borilgan tadbirlar davomida aniqlangan qonun buzilish holatlari, ular bo‘yicha yuritilgan maʼmuriy ish hujjatlari va natijalari yuzasidan normativ huquqiy hujjatlarda belgilangan talablarni bajarilishi bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi.

O‘tkazilgan seminar savol javob tarzida va amaliy ko‘nikmalarni hosil qilish maqsadida olib borildi.

Tadbir davomida maʼmuriy amaliyot sohasida yo‘l qo‘yilgan xato kamchiliklar bartaraf etish va kelgusida ushbu kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Ushbu seminarda 30 dan oshiq inspektor va bo‘lim boshliqlari ishtirok o‘tishdi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
#kadastr #seminar

📚Arxiv – davlatning tarixini oʻzida mujassam etgan hujjatli asosga tayangan yirik axborot manbayidir, shu sabab “Arxivlar –tarix koʻzgusi” deya eʼtirof etiladi.

💫 Bugun Davlat kadastrlar palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi hamda uning tuman va shahar filial arxivariuslari Sirdaryo viloyat davlat arxivi tomonidan tashkil etilgan “Idoraviy arxivlarni tashkil etish asoslari” mavzusidagi seminar-treningda malaka oshirishdi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #seminar

🟢 Bugun Toshkent shahridagi Inha universitetida Jahon banki loyihasi doirasida “Davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlashda jamoatchilik bilan aloqalar texnologiyalari” mavzusidagi seminar-trening 1-kuni boshlandi.

Seminar 16-18 avgust kunlari bo'lib o'tadi.

Unda
🌟Kadastr agentligi markaziy apparati hamda tizim tashkilotlari xodimlari, shuningdek, Kadastr agentligi va 💫Davlat kadastrlari palatasining Sirdaryo, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahar tuman, shahar filiallari rahbarlari ishtirok etmoqda.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar #UzKad

Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasida Davlat yer kadastrini yuritish bo‘yicha Arxivda saqlanayotgan “Yer hisobi” kitoblarini saqlanishi, “UzKad” dasturiga kiritilgan yer maydonlarini yer turlarida aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish, “Milliy yer hisoboti”ga tayyorgarlik ko‘rish va ma’lumotlarni jamlash yuzasidan filial Yer kadastri mutaxassislariga “ZOOM” orqali yig‘ilish o‘tkazildi.

Zoom platformasida mas'ullar ishtirokida o'tkazilgan yig‘ilish davomida davlat yer kadastrini yuritish bo‘yicha amaldagi qonun ва qarorlar asosida ish tashkil etish va yer hisobini har bir yerdan foydalanuvchilar kesimida yer turlari asosida to‘g‘ri yuritish, “Yer hisobi” kitoblarini arxivda saqlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
#Sirdaryo#Kadastr

Topograflarga amaliy seminar.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-oktyabrdagi PQ-405-son qaroriga asosan, Kadastr agentligining Davlat kadastrlar palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi va uning hududiy filiallariga taqdim etilgan su’niy yo’ldosh GPS asboblaridan foydalanishga topograf mutaxassislarini o’qitish hamda ko’nikmalar oshirish bo’yicha seminar tashkil etildi.


#Seminar davomida Respublika Aerogeodeziya markazi mutaxassislari tomonidan yangi topografik o‘lchov vositalardan foydalanib ishlarni sifatli amalga oshirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi .


Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
#seminar

Davlat
kadastrlari palatasining Bino inshootlar boshqarmasi mas'ullari tomonidan Sirdaryoda o‘quv seminari o‘tkazildi

Unda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 535-sonli qarorining mazmun mohiyati, tizimda yangi ishga tushirilgan xizmatlar (bo‘lish, birlashtirish, ko‘chmas mulk tarixi, ko‘chmas mulk maʼlumotlarni tahrirlash) to‘g‘risida batafsil tushuncha va ma'lumotlar berildi.

Shuningdek, “Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘ma jildini(pasportini) tayyorlashga doir uslubiy qo‘llanma”ning ijrosi, “UZKAD” dasturida amalga oshirilayotgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil etilib bu yo‘nalishlarda ham bajarilishi lozim bo‘lgan zaruriy masalalar muhokama qilindi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#Seminar

⚡️ YANGI QONUNLAR BO‘YICHA SEMINAR

Bugun, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi hamda Adliya boshqarmasi hamkorligida seminar bo'lib o'tdi.

Unda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi xodimlari va tuman, shahar bo'lim hamda filial rahbarlari ishtirok etishdi.

Seminarda “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi hamda "Manfaatlar to'qnashuvi to'g'risida"gi  Qonunlar mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube