Sirdaryo Kadastr
1.01K subscribers
7.21K photos
1.06K videos
18 files
5K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
#Prezident_qarori

▪️Yoshlar ishlari agentligi “Zakovat” va boshqa intellektual o‘yinlarni tizimli ravishda rivojlantiradi;

▪️2022/2023 o‘quv yilidan “Zakovat”ning respublika g‘oliblari uchun yil davomida har oyda beriladigan stipendiya joriy etiladi;

▪️2022 yildan boshlab, bosqichma-bosqich taʼlim muassasalarida “Zakovat” klublari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi hamda hududlardagi Yoshlar markazlarida jamoalar uchun alohida xona tashkil etiladi;

▪️2022 yildan boshlab har yili talabalar o‘rtasida Intellektual olimpiada tashkil qilinadi. Unda umumjamoa hisobida dastlabki uchta o‘rinni qo‘lga kiritgan OTMga Prezident sovg‘asi topshiriladi;

▪️Respublika bosqichida g‘olib va sovrindor bo‘lgan taʼlim muassasalari o‘quvchilari hamda OTM talabalari taʼlimning keyingi bosqichiga kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi;

▪️taʼlim muassasalarida tashkil etilgan “Zakovat” klublarining koordinatori bo‘lgan professor-o‘qituvchilarga mehnatga haq to‘lash fondining 50 foizi miqdorida bir martalik ustama to‘lab beriladi;

▪️2022/2023 o‘quv yilidan boshlab har yili aprel oyida «Intellektual haftalik» o‘tkaziladi;

▪️Nobel mukofoti sohiblari bilan uchrashuvlar tashkil etib boriladi;

▪️“Zakovat” va boshqa intellektual o‘yinlarining hududiy va respublika bosqichi g‘oliblarini o‘z mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar zaxirasiga olish hamda rahbarlik lavozimlariga tayinlash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;

▪️intellektual turnirlar tashkil qilish, bilimdon yoshlarni rag‘batlantirish, yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan kompyuter va mobil o‘yinlarni yaratgan dasturchilarga grant va subsidiyalar ajratish maqsadida 2022 yilda 50 mlrd so‘m, keyingi yillarda asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq davlat byudjetidan mablag‘ ajratiladi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz 👉🏼 facebook telegram instagram
⚜️Prezident aholi tomonidan to‘lovlarni amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratishga qaratilgan qarorni imzoladi.

◼️ Qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-maydan boshlab benefitsiari byudjet va korporativ buyurtmachi hisoblangan to‘lovlar bo‘yicha to‘lov xizmatlari ko‘rsatganlik uchun vositachilik haqi (yig‘imlar) to‘lov shaklidan qat’i nazar to‘lovchi – jismoniy shaxsdan emas, balki to‘lov summasidan chegirib qolish yo‘li bilan undiriladi.

◼️ Bunda, vositachilik haqi miqdori to‘lov summasining bir foizigacha, biroq jami summasi Markaziy bank tomonidan belgilanadigan chegaraviy miqdorlardan ko‘p bo‘lmagan miqdorda bo‘ladi.

◾️Ushbu tartib:

- barcha turdagi davlat boji va ma’muriy jarimalar bo‘yicha to‘lovlar;

- davlat xizmatlari markazlari tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari, shu jumladan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlariga to‘lovlar;

- “E-auksion” elektron savdo platformasi va “K-Savdo” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga to‘lovlar;

👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #Prezident_qarori

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚜️ Davlat rahbari qarori bilan xususiylashtirish dasturi tasdiqlandi. Unda uchta yo‘nalishda – aksiya, ko‘chmas mulk va IPO bo‘yicha xususiylashtirish rejalari belgilangan.

◾️Birinchidan, 1 mingta korxonadagi davlat aksiya paketlari sotuvga chiqariladi.

◾️Ikkinchidan, 1 mingta ko‘chmas mulk obyektlari ommaviy savdolarga qo‘yiladi. Ularda 600 gektar yer va 1 million kvadrat metrli bino-inshootlar mavjud. Eng muhimi, infratuzilma bilan ta’minlangan va aholi punktlariga yaqin.
Ushbu obyektlarni sotishni tezlashtirish uchun mulklarni sotishga tayyorlash muddati hozirgi 80 kundan 48 kunga qisqartiriladi. 2 ming kvadrat metrgacha bo‘lgan obyektlarni tadbirkorlarning murojaati asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdoga chiqarishga ruxsat beriladi.

👉 Batafsil: https://uzdkp.uz/uz/prezident-shavkat-mirziyoev-24-mart-kuni-davlat-mulkini-xususiylashtirish-ishlarining-ijrosi-va-bu-borada-joriy-yilgi-rejalar-muhokamasi-yuzasidan-yigilish-otkazdi/

#DavKadastrPalata #Prezident_qarori

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM