Sirdaryo Kadastr
1.04K subscribers
7.08K photos
1.03K videos
18 files
4.91K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
☺️☺️☺️☺️☺️

🇺🇿 «O‘zbekiston – 2030» strategiyasi to‘g‘risida Prezident Farmoni imzolandi

📃 Farmon bilan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish jarayonida orttirilgan tajriba va jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida ishlab chiqilgan «O‘zbekiston – 2030» strategiyasi tasdiqlandi.

◼️«O‘zbekiston – 2030» strategiyasida quyidagi asosiy g‘oyalar aks ettirilgan:

▫️ barqaror iqtisodiy o‘sish orqali daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoridan o‘rin olish;

▫️ aholi talablariga va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish;

▫️ aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni yaratish;

▫️ xalq xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish;

▫️ mamlakatning suvereniteti va xavfsizligini kafolatli ta’minlash.

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Chet eldan turib ayrim notarial bitimlarni rasmiylashtirish tartibi yo‘lga qo‘yiladi

📃 Qarorga ko‘ra, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish yo‘nalishi doirasida:

📆 2024-yil 1-yanvardan aholiga yo‘l harakati xavfsizligi sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, shu jumladan avtomototransportlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda ularning oldi-sotdi shartnomalari va boshqa notarial tasdiqlangan bitimlarni “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan olish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Bunda ariza beruvchilardan mazkur hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.

📆 2024-yil 1-martdan notarial idoraga kelmasdan, shu jumladan chet eldan turib mol-mulkdan foydalanish bilan bog‘liq bitimlarni (mulk huquqini boshqa shaxsga o‘tkazishdan tashqari) elektron raqamli imzodan foydalanib, videokonferensaloqa orqali rasmiylashtirish tartibi yo‘lga qo‘yiladi.

🧡Batafsil: https://uzdkp.uz/en/the-procedure-for-formalizing-some-notarial-transactions-from-abroad-will-be-established/

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar #VM426

⚡️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish komissiyasi tarkibi quyidagilardan iborat bo‘ladi:

🔹Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi boshligʼi, komissiya raisi

🔹Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi boshligʼi o‘rinbosari, komissiya raisi o‘rinbosari

🔹Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hududiy boshqarmasining masʼul xodimi

🔹Adliya vazirligi hududiy boshqarmasining masʼul xodimi

🔹Soliq qo‘mitasi hududiy boshqarmasining masʼul xodimi

🔹Advokatlar palatasi hududiy boshqarmasining masʼul xodimi

🔹Davlat kadastrlar palatasi hududiy boshqarmasining masʼul xodimi, komissiya kotibi

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Davlat chegarasini belgilash va o‘zgartirish

Davlat chegarasini belgilash va o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat chegarasi dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilinadi.

Davlat chegarasini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish O‘zbekiston Respublikasining va chegaradosh davlatlarning vakillaridan iborat bo‘lgan hukumatlararo komissiya tomonidan amalga oshiriladi. Hukumatlararo komissiyadagi O‘zbekiston Respublikasi vakillarining tarkibi va ularning faoliyati tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilanadi.

Asos: O‘RQ-868-son

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#qonunchilikdagi_yangiliklar #VM405

⚡️Ikki yildan kam ishlagan ro'yxatdan o'tkazuvchilar, attestatsiyadan o‘tkazilmaydi

Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 22-avgust kunidagi 409-sonli qaroriga muvofiq, endilikda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchilarning har uch yilda kamida bir marta malakasi oshiriladi.

Bundan tashqari, ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar har uch yilda bir marta attestatsiyadan o‘tkaziladi.

‼️Oliy taʼlim muassasalarini tugatgan va egallagan mutaxassislik bo‘yicha birinchi marta ishga kirgan shaxslar, agar ular mazkur mutaxassislik bo‘yicha ikki yildan kam ishlagan bo‘lsa, attestatsiyadan o‘tkazilmaydi.

Кanalga ulanish:
https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#qonunchilikdagi_yangiliklar

⚡️Ko‘chmas mulkni birlashtirish va bo‘lish tartibi belgilandi

Ko‘chmas mulkni bo‘lish va uning yangi chegaralarini belgilash uchun shaxs YaIDXP, Davlat xizmatlari markazi yoki Kadastr agentligining veb-sayti orqali ariza yo‘llaydi.

Davlat kadastrlari palatasining tuman filiali 10 kun ichida joyiga chiqqan holda ko‘chmas mulkni bo‘lish imkoniyatini o‘rganib, abris tayyorlaydi va ko‘chmas mulkning yangi chegaralarini belgilash haqida dalolatnoma tuzadi.

Dalolatnoma ko‘chmas mulklarning mulkdorlari tomonidan ERI orqali tasdiqlanadi va dalolatnoma Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tuman (shahar) bo‘limiga yuborilib, bo‘lim tomonidan 3 kun ichida kelishiladi. Kelishilgan dalolatnoma murojaatchiga yuboriladi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Xususiy mulkni “E-auksion shop” platformasi orqali sotish tartibi tasdiqlandi

Xususiy mulkdorlar buyurtmasiga asosan ularning mulklari “E-auksion shop” elektron savdo do‘konida quyidagi usullarda sotiladi:

➡️narxni oshirib borish tamoyili asosida;

➡️eʼlon qilingan narxda sotish orqali.

☑️ Narxni oshirib borish usuli orqali savdolar kamida 2 ta ishtirokchi bo‘lganda o‘tkaziladi.

💰Boshlang‘ich narx buyurtmachining buyurtmasiga asosan belgilanadi. Savdo birinchi to‘rtta qadamda – boshlang‘ich narxning 5 foizi miqdorida, beshinchi va undan keyingi qadamlarda – boshlang‘ich narxning 3 foizi miqdorida belgilanadi.

💰 Mulk uchun to‘lov bir yo‘la yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash orqali amalga oshiriladi. Bo‘lib-bo‘lib to‘lash buyurtmachi va savdo g‘olibi o‘rtasida o‘zaro kelishuv bo‘yicha belgilanadi.

🚫Savdolar quyidagi hollarda o‘tkazilmagan deb topiladi:

🔹 savdolarda qatnashish uchun bironta ham talabgordan ariza kelib tushmagan bo‘lsa;

🔹 savdolar kuni ishtirokchilar tomonidan bironta ham taklif tasdiqlanmasa;

🔹 to‘lovlar o‘z vaqtida to‘lanmagan bo‘lsa.

Eʼlon qilingan narx bo‘yicha sotishda eʼlon buyurtmachining ixtiyoriga ko‘ra belgilangan muddat yoki sotilgungacha elektron do‘konga joylashtiriladi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar #infografika

⚡️Ijara munosabatlarida huquq va majburiyatlarni qayta ijaraga berish tartibi belgilandi


🫥 “Ijara to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra:

▪️ Ijara munosabatlarining obyektlari bo‘yicha huquq va majburiyatlar ijaraga beruvchining roziligi bilan ijaraga oluvchi tomonidan boshqa shaxsga o‘tkazilishi (qayta ijaraga berilishi) mumkin.

▪️ Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari bo‘yicha huquq va majburiyatlar faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda ijaraga oluvchi tomonidan boshqa shaxsga o‘tkazilishi (qayta ijaraga berilishi) mumkin.

▪️ Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tgan taqdirda, ushbu obyekt bilan birga mazkur obyekt band etgan hamda undan foydalanish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkasi ijarasiga doir huquq va majburiyatlar ham qonunga muvofiq boshqa shaxsga o‘tadi, bunda ijaraga beruvchining roziligi talab etilmaydi.

👉🏻 Batafsil

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

📷
Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚡️Uy-joydan mahrum etish mumkin emasligiga oid qonunosti hujjatlar qaytadan ko‘rib chiqiladi

◼️ Mulk huquqining konstitutsiyaviy kafolatlarini taʼminlash, shu jumladan, mulkdor o‘z mol-mulkidan qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan holda mahrum etilishi mumkin emasligi haqidagi konstitutsiyaviy normadan kelib chiqib, ushbu masalalarni faqat qonunlar bilan belgilanadi.

◼️ Uy-joy daxlsizligi huquqini taʼminlash, hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligiga oid konstitutsiyaviy normalardan kelib chiqib, qonunosti hujjatlari qayta ko‘rib chiqiladi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Dehqon xoʻjaligini yuritish uchun ajratiladigan yer uchastkalarining eng koʻp oʻlchami oshirildi


“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga dehqon xoʻjaligini yuritish uchun ajratiladigan yer uchastkalarining oʻlchamini oshirishga qaratilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–876-son, 09.11.2023-y.) 🇺🇿Prezident tomonidan imzolandi.

📔 Yer kodeksi hamda “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan oʻzgartirish va koʻshimchaga koʻra, dehqon xoʻjaligini yuritish uchun chorva ozuqasi ekinlarini yetishtirish maqsadida Prezident qarori bilan belgilangan ayrim hududlarda 0,06 gektardan 5 gektargacha boʻlgan oʻlchamda yer uchastkalari beriladi.

❗️ Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

🌐 Telegram   |  🌐 Instagram    |  🌐YouTube    | 🌐 Facebook       | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM