Sirdaryo Kadastr
1.04K subscribers
7.08K photos
1.03K videos
18 files
4.91K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев фаолиятининг май ойидаги асосий тадбир ва воқеалари.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Ko‘p kvartirali uylar konstruksiyalarini noqonuniy o‘zgartirganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ–773-son, 31.05.2022 y.) bilan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi hamda Soliq kodekslariga o‘zgartirishlar kiritildi.

🔰Unga ko‘ra:

☑️ Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish qoidalarini buzish mansabdor shaxslarga BHMning 15 baravari (4 mln 500 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

❗️Ko‘p kvartirali uylardagi tayanch va (yoki) to‘siq konstruksiyalarni qonunchilikni hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni buzgan holda o‘zgartirish va (yoki) rekonstruksiya qilish, shu jumladan ko‘p kvartirali uylarda va ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarida o‘zboshimchalik bilan imoratlar (inshootlar) qurish ishlarini amalga oshirish:

▫️fuqarolarga BHMning 30 baravarigacha (9 mln so‘mgacha);

▫️mansabdor shaxslarga 50 baravarigacha (15 mln so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu huquqbuzarlikni (to‘siq konstruksiyalarga oid qismida) birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u ko‘p kvartirali uydagi to‘siq konstruksiyalarning amalga oshirilgan o‘zgartirilishini yoki ularni rekonstruksiya qilish tufayli yo‘l qo‘yilgan buzilishlarni, ko‘p kvartirali uyga tutash yer uchastkasida o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni (inshootlarni), shuningdek ularning oqibatlarini ixtiyoriy ravishda bartaraf etsa, javobgarlikdan ozod etiladi.

Maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ko‘p kvartirali uy-joy fondidan foydalanish sohasini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

🔰 Qonun bilan Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra:

boshqaruvchi tashkilotlar yoki ko‘p kvartirali uylarni boshqaruvchilar tomonidan umumiy mol-mulkni boshqarish, unga texnik xizmat ko‘rsatish va uni taʼmirlash, shuningdek ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarini obodonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmatlar hamda bajarilayotgan ishlar bo‘yicha aylanma soliq solishdan ozod etiladi;

bu bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlardan hamda bajarilgan ishlardan olingan mablag‘lar soliqqa tortilmaydi.

🗓 Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Batafsil: https://t.iss.one/huquqiyaxborot/11773

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🔰Sirdaryo viloyatida tashkiliy va tahliliy yig’ilish

🔹Bugun, Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshlig'i A.Maxarov boshchiligida Hovos, Sardoba va Sirdaryo tuman bo'limlarida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi o'rinbosarlari hamda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Hovos, Sardoba va Sirdaryo tuman bo‘lim hamda fillial rahbar xodimlari ishtirok etishdi.

🔹 Avvalo yig'ilishda, Davlat soliq qo'mitasi raisining buyrug'iga asosan tegishli tayinlovlar amalga oshirildi.

Jumladan:

⚡️Kadastr agentligi Hovos tuman bo'lim boshlig'i lavozimiga Tadjibayev Azamat Anvarbekovich

⚡️Kadastr agentligi Sardoba tuman bo'lim boshlig'i lavozimiga Alikulov Nodirjon Baxodirovich

⚡️Kadastr agentligi Sirdaryo tuman bo'lim boshlig'i lavozimiga tayinlangan Bo'ronov Otabek Madamin o'g'li tanishtirildi.

🔹Shuningdek, tizimda amalga oshirilayotgan ishlar tahliliy va tanqidiy ko‘rib chiqildi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Savol_javob #Huquqiy_bilim

Savol: Bizning qishloqda 15-20 yil oldin akamning nomiga uy-joy uchun yer ajratilgan. Lekin ajratilgan yer arxiv xujjatlarida ko‘rsatilmagan ekan. O‘sha yerda uy qurganmiz, kadastr qildirmoqchi edik. Endi qanday qilib kadastr qildirishimiz kerak?

Javob: Sizning murojaatigiz boyisha O‘z.Res. Prezidentining 08.06.2021 yildagi “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6243-sonli Farmoniga ko‘ra O‘z.Res.VM.ning 23.01.2019 yildagi 63-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish va yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizasiya qilish tartibi to‘g‘risida"gi nizom o‘z kuchini yo‘qotganligini ma’lum qilamiz. Yuqoridagilardan kelib chiqib, tuman fuqarolik sudinig mamuriy ishlar bo'limiga murojaat qilishingiz maqsadga muvofiq.
Forwarded from Sirdaryo | Kun.uz
Kadastr agentligiga noqonuniy imoratlar bo‘yicha yangi vakolat berilishi kutilyapti

“Ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.

👉 https://kun.uz/uz/30209021

➡️ Sirdaryo xabarlari
#Auksion #VMQ_71

🔰Yer sotib olib tadbirkorlik qilmoqchi bo‘lsangiz qonuniy va shaffof yo‘lni tanlang!

2022-yil 3-iyun holatiga Sirdaryo viloyatida 1171ta bo'sh yer uchastkalari onlayn auksion savdo maydonchasiga qo‘yilgan.

▪️Oqolltin tumanida 95ta (
Ko'rish)
▪️Boyovut tumanida 213 ta (
Ko'rish)
▪️Sayhunobod tumani 31 ta (
Ko'rish)
▪️Guliston tumani 85 ta (
Ko'rish)
▪️Sardoba tumanida 284 ta (
Ko'rish)
▪️Mirzaobod tumani 65 ta (
Ko'rish)
▪️Sirdaryo tumanida 85 ta (
Ko'rish)
▪️Xovos tumanida 202ta (
Ko'rish)
▪️Guliston shahrida 15 ta (
Ko'rish)
▪️Shirin shahrida 4 ta (
Ko'rish)
▪️Yangiyer shahri 92 ta (
Ko'rish)

👨‍💻Onlayn auksion orqali savdoga qo‘yilgan yerlarni biz bilan birga kuzatib boring.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Kadastr #maʼrifat_soati

SIYOSIY-MAʼRIFAT SOATI

🔹Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Sirdaryo viloyat boshqarma va filial xodimlari uchun anʼana bo‘yicha bugun "Siyosiy-maʼrifat soati" bo‘lib o‘tdi.

🔹Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan uyushtirilgan maʼrifat soatida:

✏️ Spikerlar quyidagi masalalarga to‘xtalib o‘tishadi:

🔰 Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yondashuvlari.

🔰Stressga bardoshlilikning psixologik asoslari.

🔰 Huquqiy savodxonlik (hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati).

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #foydali

Kadastr agentligidan "Milliy hisobot" sahifasi.

📌Ushbu sahifada siz O'zbekiston Respublikasi Yer resurslarining 2022-yil 1-yanvar holati to'g'risidagi ma'lumotlardan xabardor bo'lishingiz mumkin.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
🔰“Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun ma’qullandi.

Senat yalpi majlisida “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun muhokama qilindi.

Qonun bilan Yer kodeksiga kiritilayotgan o‘zgarishlarga muvofiq ochiq elektron tanlov orqali qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish huquqini qo‘lga kiritgan shaxslarga o‘sha hudud hokimining tasdig‘i talab etilmaydi.

Batafsil: kun.uzda

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Auksion

e-auksion.uz elektron savdo platfomasida ro'yxatdan o'tish uchun video qo'llanma.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
⚡️Markaziy bank yangi «So‘m ramzi»ni eʼlon qildi.

$, £ belgilari qatorida endi o‘zbek so‘mi ham mazkur belgi bilan ifodalanadi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, hayʼat tomonidan O‘zbekiston milliy valyutasi — so‘m timsolini ifoda etgan ushbu grafik belgi tanlab olingan.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
⚡️O‘zbekiston Respublikasining Yer, Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslari, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish rejalashtirilmoqda. Tegishli qonun loyihasi muhokama uchun eʼlon qilindi.

🔰Qonun loyihasiga muvofiq, Yer kodeksi 40-moddasining birinchi qismi “12” kichik band bilan to‘ldirilib, unga ko‘ra yer uchastkalariga egalik qiluvchi, ulardan foydalanuvchi, ularni ijaraga olgan, shuningdek mulk qilib olgan yuridik va jismoniy shaxslar yer uchastkalariga bo‘lgan o‘z huquqini belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishi shartligi belgilanmoqda.

Batafsil: Qalampir.uz

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube