Sirdaryo Kadastr
1.04K subscribers
7.08K photos
1.03K videos
18 files
4.91K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
#Eslatma #Huquqiy_bilim

🔹Umumiy maydonni aniqlashda barcha imoratlar va inshootlarning umumiy maydoni hisobga olinadi. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 208-moddasiga binoan kadastr pasportini tayyorlash xizmatlari narxidan qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) olinmaydi.

📌 Asos Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 623-sonli qarori!

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! facebook telegram instagram youtube
#Eslatma #Huquqiy_bilim

🔰Kadastr pasportini yangilash zarurati yuzaga kelganda, yangi tashkil qilingan (rekonstruksiya qilingan) ko‘chmas mulk obyektlari xatlovdan o‘tkaziladi va ularning narxi mazkur Nizomga muvofiq belgilanadi.
❇️ Yangi obyektga kadastr pasportini rasmiylashtirishda faqat kadastr pasportini shakllantirish va geokod berish uchun haq undiriladi.
❇️ I va II guruhlar nogironlari va Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari uchun davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qiladi.
❇️ Ushbu ilovaga muvofiq belgilangan davlat xizmatlari uchun jismoniy shaxslarga hisoblangan haq miqdorlariga quyidagi kamaytiruvchi koeffitsiyentlar qo‘llaniladi:
tumanlarda (shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar, tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar va tuman markazi hisoblangan shaharchalar bundan mustasno) — 0,9;
borish qiyin bo‘lgan va tog‘li hududlarda — 0,8.
❇️ “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq dehqon xo‘jaliklarini yuritish uchun berilgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun yig‘im undirilmaydi.

📌 Asos Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarori!

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! facebook telegram instagram youtube
#Eslatma #Huquqiy_bilim

🧾 Kadastr pasportining shakllari quidagilardan iborat:

🏢 Ko‘p kvartirali uydagi turar joyning kadastr pasporti;
🏡 Yakka tartibdagi turar joyning kadastr pasporti;
🏭 Noturar joy toifasidagi ko‘chmas mulk obyektining kadastr pasporti;
📝 Yer uchastkasining kadastr pasporti;
🏗 Qurilishi tugallanmagan obyektning kadastr pasporti;

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! facebook telegram instagram youtube
#Eslatma

🔹O'zbekiston Respublikasining “Ma’muriy javobgarlik to'g'risida”gi kodeksining 68prim 1-moddasiga asosan “Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazishni amalga oshiruvchi organga (Davlat kadastrlari palati, hududiy boshqarmalari, tuman shahar filiallariga) yer uchastkasiga bo'lgan huquqni ro'yxatdan o'tkazish uchun o'z vaqtida murojaat etmaslik” fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari, mansabdor shaxslarga esa 15 baravari miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar yuqoridagilardan kelib chiqib ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni o'z vaqtida davlat ro'yxatidan o'tkazishingizni so'raymiz.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Eslatma #Huquqiy_bilim

🔹O'zbekiston Respublikasining
uy-joy kodeksi 19-moddasiga asosan Davlat tomonidan qanday holatlarda tekinga uy-joy beriladi

Turar joylari avariya holatida ekanligi yoki tabiiy ofatdan zarar ko‘rganligi belgilangan tartibda tan olingan fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tekinga uy-joy beriladi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Eslatma
Quyidagi hollarda davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun yig‘imlar undirilmaydi:

1️⃣ Kadastr pasportini rasmiylashtirishda:
ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;
Ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga;
Rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;
Kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk obyekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan);

2️⃣ Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlar va ular bo‘yicha tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda:
Fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganda;
Tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli va (yoki) firma nomi o‘zgarganda”.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Eslatma

Hurmatli fuqarolar e-notarius.uz sayti orqali elektron shaklda ko'chmas mulkni oldi-sotdi, ayirboshlash va xadya etish xizmatidan foydalanishingiz mumkin.

Shu bilan birgalikda
meros ishlarini qidirish xizmati ham mavjud.
Belgilangan qidiruv mezonlarga ko'ra meros ishi haqida ma'lumot olishingiz mumkin bo'lgan xizmat

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Eslatma

❗️Quyidagi hollarda kadastr pasporti berishni rad etish uchun asos bo‘ladi:

1️⃣So‘rovnomada noto‘g‘ri maʼlumotlar ko‘rsatilishi;

2️⃣Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi;

3️⃣Ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda bo‘lmagan taqdirda;

4️⃣Vakolatli organ tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi.

Kadastr pasportini rasmiylashtirishni ushbu bandda ko‘rsatilmagan asoslar bo‘yicha rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Eslatma

🏠O'zingizga tegishli bo'lgan yerni xususiylashtirish uchun davlat xizmatlari markazlariga yoki yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiling.

Bir martalik to'lov yuridik va jismoniy shaxslar uchun sotib olish qiymatini aniqlashda o'sha kunda belgilangan bazaviy soliq stavkasining 20 baravari etib belgilangan.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Eslatma
Quyidagi hollarda davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun yig‘imlar undirilmaydi!

🔹 Kadastr pasportini rasmiylashtirishda:
ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;
Ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga;
Rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;
Kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk obyekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan);

🔹 Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlar va ular bo‘yicha tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda:
Fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganda;
Tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli va (yoki) firma nomi o‘zgarganda”.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Eslatma

Hurmatli fuqarolar e-notarius.uz sayti orqali elektron shaklda ko'chmas mulkni oldi-sotdi, ayirboshlash va xadya etish xizmatidan foydalanishingiz mumkin.

Shu bilan birgalikda
meros ishlarini qidirish xizmati ham mavjud.
Belgilangan qidiruv mezonlarga ko'ra meros ishi haqida ma'lumot olishingiz mumkin bo'lgan xizmat

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Eslatma

Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun 50% chegirma beriladi.

Savol:
Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun to'lovlarni to'lashda nogiron yoki nafaqaxo'rlarga imtiyozlar bor?

Javob:
Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun to'lovlarni to'lashda nogiron yoki nafaqaxo'rlarga imtiyozlar Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentyabrdagi “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko'rsatishning ma'muriy reglamentlarini tasdiqlash to'g'risida”gi 535-son qarori bilan tartibga solinadi.

📌I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslar yoki Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qiladi).

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Eslatma #VMQ-535

Kadastr pasportini tayyorlash muddatlari:

‼️ Turar joy bo‘yicha:
🏢 Ko‘p kvartirali uydagi kvartira — 3 ish kunigacha;
🏡 Yakka tartibdagi turar joy — 5 ish kunigacha.

‼️ Noturar joy bo'yicha:
🔹Umumiy maydoni 100 kv.m. gacha — 5 ish kunigacha;
🔹100 kv.m dan 1 000 kv.m. gacha — 7 ish kunigacha;
🔹1 000 kv.m dan 5 000 kv.m. gacha — 10 ish kunigacha;
🔹5 000 kv.m dan 15 000 kv.m. gacha — 15 ish kunigacha;
🔹15 000 kv.m dan 50 000 kv.m gacha — 20 ish kunigacha;
🔹50 000 kv.m dan ortiq — 25 ish kunigacha.

♦️ Ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha — 3 ish kunigacha.

Huquqiy asos