Sirdaryo Kadastr
1.04K subscribers
7.07K photos
1.03K videos
18 files
4.91K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
🌤 #Ob_havo

Bugun 28-mart kuni kutilayotgan ob-havo to‘g‘risida maʼlumot

Gidrometeorologiya xizmati markaziga ko‘ra, 28-mart kuni Sirdaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.

Harorat kechasi +2...+7 daraja iliq, kunduzi +12...+17 daraja iliq bo‘ladi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
⚡️"Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida"gi yangi qonun qabul qilinmoqda

🔰 Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutilgan:

▪️ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar davlat reyestri, ro‘yxatdan o‘tkazish ishini va biznes jarayonlarni elektron shaklda yuritish;

▪️davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonlari, avtorizatsiya qilingan vositachilar bilan axborot kommunikatsiya tizimlari orqali maʼlumot almashish va ushbu maʼlumotlar asosida huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

▪️ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni belgilovchi hujjatlar, shu jumladan, xususiylashtirilgan yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqining boshqa shaxsga o‘tishini belgilovchi hujjatlar va uning o‘ziga xos xususiyatlari;

▪️ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish harakatlarini amalga oshirishni rad etish asoslari;

▪️mulkdorning qarori yoki mulkdorlarning bitimi asosida ko‘chmas mulklarni bo‘lish va qo‘shish mexanizmlarini joriy etish;

▪️vakolatli organlar qarori asosida ko‘chmas mulkka taqiq qo‘yilganda, bu haqda huquq egalarini xabardor etish.

🔰 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning asosiy prinsiplari etib quyidagilar belgilanmoqda:

🔸 ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish majburiyligi;
🔸 qonuniylik;
🔸 muqaddam davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan huquqlarning ustuvorligi;
🔸 oshkoralik va ishonchlilik;
🔸 taqqoslash va moslik.

☝🏻Qonun loyihasi Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyalari tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Auksion #VMQ_709

e-auksion.uz orqali 98 mingdan ortiq dehqon xo'jaligi yerlarini ijaraga oling!

Ayni paytda Sirdaryo viloyati hududida 3425 ta dehqon xo'jaligi yerlarini ijaraga ochiq tanlovga chiqarilgan bo'lib, ochiq elektron tanlovlarda ishtirok eting!

▪️Oqoltin tumanida 261 ta (Ko'rish)
▪️Boyovut tumanida 742 ta (
Ko'rish)
▪️Sayxunobod tumanida 399 ta (
Ko'rish)
▪️Guliston tumanida 313 ta (
Ko'rish)
▪️Sardoba tumanida 868 ta (
Ko'rish)
▪️Mirzaobod tumanida 132 ta (
Ko'rish)
▪️Sirdaryo tumanida 254 ta (
Ko'rish)
▪️Xovos tumanida 456 ta (
Ko'rish)

Tanlovda qatnashish tartibini ko'ring (video)

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#O`RQ_419 #stop_korrupsiya

KORRUPSIYAGA YO`L YO`Q

⚖️ Mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha davlatimiz tomonidan katta ahamiyat berilmoqda.

📲 Agarda Siz kadastr tizimida korrupsion holatlarga guvoh bo‘lsangiz yoki tizim xodimlarining noqonuniy harakatlari to‘g‘risida maʼlumotlarga ega bo‘lsangiz Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi Komplayens-nazorat xizmati xodimining +99867-225-98-97 telefon raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

🤝Murojaatchi to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar sir tutilishi kafolatlanadi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
⚡️Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi Yer va kadastr nazorati tuman (shahar) bo'lim inspektorlari tomonidan aniqlangan yer qonun buzilish holatlari to'g'risida ma'lumot.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
⚡️Ko‘chmas mulk obyektlarining turar joy fondiga oid qismiga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

🏢Ko‘p kvartirali uydagi kvartira uchun

▫️Ob’yektning 1 kvadrat metr maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,15 foizi

🏠Yakka tartibdagi turar joy uchun

▫️Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,15 foizi

Hozirgi kunda bazaviy hisoblash miqdori 270 000 so‘m bo‘lsa demak 1 kvadrat metr uchun 3 105 so‘m miqdorida to‘g‘ri keladi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Auksion

🔰Yer sotib olib tadbirkorlik qilmoqchi bo‘lsangiz qonuniy va shaffof yo‘lni tanlang!

2022-yil 28-mart holatiga Sirdaryo viloyatida 144 ta bo'sh yer uchastkalari Onlayn auksion savdo maydonchasiga qo‘yilgan.

▪️Oqoltin tumani 5 ta (Ko'rish)
▪️Boyovut tumanida 39 ta (
Ko'rish)
▪️Sayxunobod tumanida 1 ta (
Ko'rish)
▪️Sardoba tumanida 59 ta (
Ko'rish)
▪️Mirzaobod tumani 33 ta (
Ko'rish)
▪️Xovos tumanida 7 ta (
Ko'rish)

👨‍💻Onlayn auksion orqali savdoga qo‘yilgan yerlarni biz bilan birga kuzatib boring.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Kadastr #foydali_malumot

YER UCHASTKASINI NOQONUNIY OLIB QO‘YISH

Yer uchastkasini noqonuniy olib qo‘yish shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa,

🟥BHMning 200 baravaridan 250 baravarigacha miqdorda jarima yoki 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Batafsil o'qish uchun

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Eslatma #Huquqiy_bilim

🔹O'zbekiston Respublikasining
uy-joy kodeksi 19-moddasiga asosan Davlat tomonidan qanday holatlarda tekinga uy-joy beriladi

Turar joylari avariya holatida ekanligi yoki tabiiy ofatdan zarar ko‘rganligi belgilangan tartibda tan olingan fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tekinga uy-joy beriladi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Savol_javob #Huquqiy_bilim

Savol: Auksionga Uy-joy qurish uchun yerlar qanday o‘lchamda chiqariladi va ularning narxlari qanday belgilanadi?

Javob: Mazkur qarorning 3-ilovasida “Yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizasiya qilish tartibi to‘g‘risida nizom” tasdiqlangan.
Unga ko‘ra maydoni 4 sotixgacha bo‘lgan yer uchastkalari baholovchi tashkilotlar tomonidan baholanib, elektron auksionga chiqariladi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Биласизми Ўзбекистон Республикасининг умумий ер майдони қанча?
Anonymous Quiz
26%
448,7 минг км.кв.
48%
448,9 минг км.кв.
26%
447,9 минг км.кв.
#Savol_javob #Huquqiy_bilim

Savol: 2,5 Gektar maydon issiqxona qurilgan bo'lib, ushbu issiqxona ko'chmas mulk obyekti sifatida yuridik shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliqning soliq solish obyekti hisoblanadimi?

Javob: Soliq kodeksining
411-moddasiga asosan ko'chmas mulk yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq soliq solish obyekti hisoblanadi. Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazuvchi organlarda ro'yxatdan o'tkazilishi lozim bo'lgan binolar va inshootlar ko‘chmas mulk jumlasiga kiradi. Bunda ushbu soliqni hisoblab chiqarilayotganda soliq bazasi qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish va saqlash uchun, shuningdek ipak qurti yetishtirish uchun foydalaniladigan qishloq xo'jaligi korxonalari balansida bo'lgan mol-mulkning o'rtacha yillik qoldiq qiymatiga (o'rtacha yillik qiymatiga) kamaytiriladi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🔹Press tur boshlandi🔹

🔷 Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tomonidan o‘tkazilayotgan Press turda ishtirok etish uchun OAV vakillari, blogerlar, jurnalistlardan iborat ijodiy guruh Humo arena saroyi oldida uchrashdilar.

🔷 Ularni Davlat kadastrlari palatasi raisi Mohirxo‘ja Valiyevning o‘zi qarshi oldi va kun tartibidagi OAV vakillarini kutayotgan yangiliklar bo‘yicha qizg‘in muloqot olib bordi.

🔷 Ayni dam, ular Press turning kun tartibidagi birinchi manzil: Bektemir tumanidagi qishloq xo‘jaligi yerlarining xatlovida ishtirok etmoqdalar.

#DavKadastrPalata #press_tur #xatlov #geoportal

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Forwarded from SIRDARYO | onlayn
Кадастр агентлиги Коррупцияга қарши курашишда ҳамкорликка чақиради

🌐 Кадастр органларида коррупцияга қарши муросасиз ва кескин кураш олиб бориш ҳамда тизимдаги коррупцияни таг-томири билан бартараф этишда фаол ҳамкорликка чақиради.

💠Ҳурматли фуқаролар, агарда Кадастр агентлиги Сирдарё вилоят бошқармаси ва Давлат кадастрлари палатаси вилоят бошқармаси ҳамда унинг туман шаҳар бўлим, филиал ходими фаолиятида коррупция билан боғлиқ хатти-ҳаракат (ёки ҳаракатсизлик)ни кузатсангиз, сезсангиз, бу ҳақда зудлик билан Кадастр агентлиги Сирдарё вилоят бошқармаси Комплаэнс-назорат хизматининг 67 225-98-97 рақамига ёки Кадастр агентлигиниг қисқа рақамли 1097 «Ишонч телефони»га маълум қилишингизни сўраймиз.

💠Мурожаатчилар, зарур ҳолларда эса, уларнинг яқин қариндошлари ҳақидаги маълумотларнинг сир сақланиши тўлиқ кафолатланади.

➡️ @Sirdaryoonlayn
🔷Kadastr pasportini tayyorlash obyektning murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

1️⃣ Ko‘chmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha:
ko‘p kvartirali uydagi kvartira — 3 ish kunigacha;
yakka tartibdagi turar joy — 5 ish kunigacha;
2️⃣ Ko‘chmas mulk obyektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

Umumiy maydoni 100 kv.m. gacha — 5 ish kunigacha;
Umumiy maydoni 100 kv.m dan 1 000 kv.m. gacha — 7 ish kunigacha;
Umumiy maydoni 1 000 kv.m dan 5 000 kv.m. gacha — 10 ish kunigacha;
Umumiy maydoni 5 000 kv.m dan 15 000 kv.m. gacha — 15 ish kunigacha;
Umumiy maydoni 15 000 kv.m dan 50 000 kv.m gacha — 20 ish kunigacha;
Umumiy maydoni 50 000 kv.m dan ortiq — 25 ish kunigacha;
Ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha — 3 ish kunigacha.
Kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🔹Davlat kadastrlari palatasida Press tur🔹

🔷 Davlat kadastrlari palatasiga yetib kelgan bir guruh ommaviy axborot vositalari vakillari Press turning navbatdagi manzilida Yer xatlovidan so‘ng bosqich bo‘yicha geopartalga kirgizish va yer fondi turlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

🔷 Press tur yer munosabatlaridagi qonunchilikdagi o‘zgarishlar davrida ayni muddao bo‘lganini qayd etgan jurnalistlarda savollar juda ko‘p bo‘ldi, javoblar mehmonlarda yana savollar tug‘dirdi.

🔷 Shu vaqtga qadar davom etgan press turning matbuot anjumani juda qizg‘in baxs munozaralarga boy o‘tdi. Bu haqda alohida tez orada videoreportajda yana ma’lumot beramiz...

#DavKadastrPalata #press_tur #xatlov #geoportal

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube