Sirdaryo Kadastr
1.01K subscribers
7.93K photos
1.16K videos
20 files
5.46K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
❗️❗️❗️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Qurbon hayiti munosabati bilan O'zbekistonliklar nechta kun dam oladi?

6-iyun (juma) — Qurbon hayiti, barcha uchun dam olish kuni
7-iyun (shanba) — 5 kunliklarga dam, 6 kunliklarga qo'shimda dam olish kuni
8-iyun (yakshanba) — barcha uchun odatdagi dam kuni
9-iyun (dushanba) — barcha uchun ish kuni

😎Shu munosabat bilan bugun barcha xodimlar ishdan 1 soat vaqtli qaytishlari mumkin bo'ladi.

➡️Asos: O'zbekiston Respubliikasi Mehnat kodeksining 187-moddasi.

#Kadastr_agentligi #qurbon_hayiti

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📚📚📚📚

РАСМИЙ МУНОСАБАТ

Оммавий ахборот воситаларида ва ижтимоий тармоқларда Фарғона вилоятида кадастр ходими қўлга олингани ҳақида хабарлар тарқалди.

🌟 Кадастр агентлиги мазкур ҳолатни кескин қоралайди ва бундай нопок ходимлардан тизим тозаланишидан манфаатдор эканлигини маълум қилади.

Шунингдек, яна бир бор қатъий равишда, нафақат ҳудудий бошқарма ва тизим ташкилотлари ходим ҳамда рахбарлари ҳатто, Кадастр агентлиги раҳбариятида ҳам ер ажратиш ёки унинг тоифасини ўзгартириш ваколат йўқ эканлигини таъкидлайди.

Бу масала юзасидан Агентлик томонидан юртдошларимизга мурожаат ҳам йўлланган.

Агентлик фаолиятида шаффофлик, қонунийлик ва жавобгарлик тамойиллари устувор ҳисобланади. Ҳар қандай ноқонуний хатти-ҳаракатлар юзасидан зудлик билан ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар билан ҳамкорликда тегишли чоралар кўрилади.


Кадастр агентлиги барча ходимларини ўз хизмат бурчини сидқидилдан, ҳалол ва масъулият билан бажаришга, фуқаролар ва тадбиркорлар ишончини оқлашга чақиради.

Юртдошларимиздан эса собиқ ёки амалдаги кадастр ходимларининг ҳар қандай шубҳали таклифлари юзасидан ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органларга мурожаат қилишларини сўраймиз.

#Kadastr_agentligi #Rasmiy_munosabat

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠 “E’TIROF” AATNING KUNLIK HISOBOTI

Jami muhokamadagilar soni - 114 505 ta;
😄Jamoatchilikka e'lon qilinganlar soni - 12 123 ta;
Ko‘rib chiqilayotganlar soni - 2 095 ta;
🫥Jarayondagi yerlar soni - 7 761 ta;
✔️E'tirof etilganlar soni - 596 ta.

ℹ️ etirof.kadastr.uz saytiga kirib dasturdagi barcha jarayonlar bilan tanishishingiz mumkin.

#Kadastr_agentligi #etirof #937qonun_ijrosi

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sayyor_qabul #kadastr

⚡️Sardoba tumanida sayyor qabul

▪️ Kadastr sohasida aholi muammolarini joyida o‘rganish, hal qilish hamda zarur ko'rsatma, yo‘l-yo‘riqlar berish maqsadida  soha mutasaddilari ishtirokida fuqarolar uchun doimiy ravishda sayyor qabullar tashkil qilinmoqda.

▪️ Shular jumlasidan, bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmalari hamkorligida Sardoba tumanning "Bo'ston" mahallasida sayyor qabuli bo'lib o'tdi.

➡️ Sayyor qabul davomida 10 nafar fuqaroning kadastr sohasiga oid muammoli masalalari bilan murojaatlari ko'rib chiqildi.

8 nafar murojaatchiga mutaxassislar tomonidan huquqiy tushuntirishlar berilib murojaatlari joyida ijobiy hal etilgan bo'lsa 2 ta murojaat esa kadastr vakolatiga kirmasligi sababli tegishligigi bo'yicha boshqa tashkilotga yo'naltirildi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📑📑📑📑 ♻️♻️♻️♻️

🏠Ko‘chmas mulkingiz bo‘yicha ma’lumotlarni onlayn tekshiring!

📄Davlat kadastr reyestridan ko‘chmas mulk bo‘yicha ko‘chirma va kadastr pasportni tekshirish xizmatidan mutlaqo bepul va onlayn foydalaning!

🔹 Xizmatdan kimlar foydalanishi mumkin?
– Jismoniy va yuridik shaxslar

🔹 Xizmat narxi:
– bepul

🔹 Kerakli hujjatlar:
– Hech qanday hujjat talab etilmaydi

🔹 Xizmat muddati:
– Javob avtomatik tarzda shakllantiriladi

🔹 Xizmatni ko‘rsatuvchi tashkilot:
🌟 Kadastr agentligi

🔹 Xizmatdan foydalanish tartibi.
1️⃣Foydalanuvchi "Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)"da ro‘yxatdan o‘tadi va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi
2️⃣ So‘rov yuboriladi – va natija avtomatik tarzda taqdim etiladi!

📄 Huquqiy asos:
🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-avgustdagi 424-son qarori

➡️ Xizmatdan foydalanish.

#Kadastr_agentligi #onlayn_xizmatlar

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
OGOHLIKKA CHORLOV!

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda kadastr muhandisi mahalliy fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydoniga egalik guvohnomasini rasmiylashtirib, uy-joy qurish uchun ruxsat olib berish evaziga pul talab qilgani va tezkor tadbirda qo‘lga olingani haqida xabarlar tarqaldi.

🌟Kadastr agentligi bunday holat yuz bermasligi uchun yurtdoshlarimizga bir necha marotaba ogohlantiruvchi murojaat bilan chiqqan.

Bugun yana bir bor barcha yurtdoshlarimizni ogohlikka chaqiramiz.

Uzoq yillar davomida o‘zi yashab kelayotgan uyini rasmiylashtirib olishni niyat qilib yurgan halol insonlar ko‘p ammo, vaziyatdan foydalanib, noqonuniy yo‘llar bilan daromad qilishni reja qilib yurgan «uddaburonlar» ham yo‘q emas.

Sizlarni bunday nopok kimsalarning har qanday so‘zlari va va’dalariga ishonmaslikka chaqiramiz!

Birinchidan, mahallalar aniq tasdiqlangan reja asosida xatlovdan o‘tkaziladi. Biri qolib ikkinchisiga o‘tilmaydi, ya’ni xalq tili bilan aytganda “tezlashtirib berishning imkoni yo‘q!”.

Ikkinchidan, xatlovdan keyin «E’TIROF» dasturiga kiritilgan har bir holat bo‘yicha 15 dan ortiq vazirlik va idoralar xulosalarini beradi hamda kosmik suratlar yordamida tahlil qilinadi. Xalq tili bilan aytganda “ilojini qilib o‘tkazib bo‘lmaydi!”.

Uchinchidan, xatlov jarayonida qonun bilan aniq belgilab berilgan 8 ta toifaga kiruvchi holatlar o‘rganiladi. Hozirda egallab olib, qurilish qilib qonuniylashtirib olishni reja qilayotganlar javobgarlikka tortiladi va bu ishlar ham axborot tizimlari orqali nazorat qilinadi. Xalq tili bilan aytganda “tanish-bilish o‘tmaydi!”.

‼️Hurmatli yurtdoshlar, har qanday holatda ham firibgarlik, ta’magirlik yoki korrupsiya holatlariga duch kelsangiz huquqni muhofaza qilish organlariga xabar bering.

#Kadastr_agentligi #Murojaat

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr

⚡️YERLAR FAQAT AUKSION ORQALI SOTILADI YOKI IJARAGA BERILADI

❗️Yer
sotib olib tadbirkorlik qilmoqchi bo‘lsangiz qonuniy va shaffof yo‘lni tanlang, firibgarlarga aldanib qolmang!

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriknoma #Kadastr

Bugun 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi jamoasi OAV vakillari, jurnalistlar va Matbuot kotiblarini "27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni" bilan samimiy muborakbod etadi.

Sizga mustahkam sog‘lik, o‘tkir qalam, kasbiy faoliyatingizda ulkan yutuqlar tilaymiz. Sharafli mehnatingiz, haqiqatni soʻzlashdagi jasoratingiz va yaxshilikni keng yoyishdagi joʻshqin ishtiyoqingiz aslo soʻnmasin.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube