Sirdaryo Kadastr
1.03K subscribers
7.14K photos
1.05K videos
18 files
4.96K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
🔹Tadbirkorlar bilan uchrashuv🔹

🏙 Bugun, Hampton by Hilton Tashkent mehmonxonasida tashkil etilgan konferensiya biznes uchrashuv ko‘rinishida bo‘lib o‘tdi.

💠 Toshkent shahar hokimligi tomonidan tashkil etilgan biznes uchrashuvda Davlat kadastrlari palatasidan, Qurilish vazirligidan, shuningdek, Davlat arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyasidan vakillar qatnashishdi.

💠 Spikerlar yerlarni auksion orqali harid qilish, binolar qurishdagi ahamiyat qaratish muhim bo‘lgan jihatlar bo‘yicha ma’ruzalar qildilar.

Uchrashuv haqida yana ma’lumot beriladi.

#DavKadastrPalata #auksion #tadbirkorlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
#Kadastr #tadbirkorlar_bilan_uchrashuv

“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida Kadastr agentligi direktorining birinchi o'rinbosari A.Allaberganov, Namangan tumani hokimi S.Mo‘minov hamda viloyatdan biriktirilgan masʼullar bilan birgalikda Namangan tumanida faoliyat yuritayotgan "Toshbuloq tekstil" MCHJ, “Muslima 2001” MCHJ, "Norin Jasmina textile" MCHJ va shu kabi bir qancha tadbirkorlar bilan uchrashib, ishlab chiqarish uskunalari uchun kredit masalasidagi muammolar, olib borilayotgan qurilish-montaj ishlarini ko'zdan kechirib yaratiladigan ish o'rinlari bilan tanishishdi. Bino qurilishini davom ettirish uchun kredit ajratish masalasini ko'rib chiqish yuzasidan kerakli topshiriqlar berildi.

"Korxonada qo'shimcha 51 nafar yangi ish o'rni yaratamiz, 20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis dasturi doirasida beriladigan imtiyozlardan foydalanishni maqsad qildim. Bu imtiyozlar korxonamizni yanada rivojlantirish uchun bizga qo'l keladi", - deydi "Norin Jasmina textile" MCHJ korxonasi rahbari Q.Ibragimova

Respublika Ishchi guruhi aʼzosi A.Allaberganov Namangan viloyatining Norin tumani Navoiy MFY hududida joylashgan "TEXTILE IMPEX COMPANY" MCHJ faoliyati bilan ham tanishdi. Ushbu korxona dastur doirasida soliq imtiyozlaridan foydalanib qo'shimcha 150 nafar yangi ish o'rinlari yaratishni maqsad qilgan.

Tashrif davomida Namangan viloyatining Norin tumani Sho'rariq MFY hududida joylashgan "Mir city tex" MChJ shakldagi Rossiya-O'zbekiston qo'shma korxonasi faoliyati bilan ham yaqindan tanishildi. Ayni damda mazkur korxonada 201 nafar ishchi mehnat qilayotgan bo'lsa dastur doirasida qo'shimcha 200 nafar yangi ish o'rinlari yaratish rejalashtirilgan. Bundan tashqari korxona dasturdagi imtiyozlardan foydalanib 120 kVt. quvvatdagi transformator punkti o'rnatilishi kutilmoqda.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM