Sirdaryo Kadastr
1.01K subscribers
7.21K photos
1.06K videos
18 files
5K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
#Bilib_oling #Huquqiy_bilim

❗️Quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi:

1.Ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;

2.Ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;

3.Kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk obyekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan).

Ushbu hollarda kadastr pasporti uch ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! facebook telegram instagram youtube
#Bilib_oling #Huquqiy_bilim

❗️Quyidagilar kadastr pasporti berishni rad etish uchun asos bo‘ladi:

1.So‘rovnomada noto‘g‘ri maʼlumotlar ko‘rsatilishi;

2.Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi;

3.Ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda bo‘lmagan taqdirda;

4.Vakolatli organ tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi.

Kadastr pasportini rasmiylashtirishni ushbu bandda ko‘rsatilmagan asoslar bo‘yicha rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! facebook telegram instagram youtube
#Bilib_oling #Huquqiy_bilim

Auksionga chiqarishda yer uchastkasi to‘g‘risida ko‘rsatilishi shart bo‘lgan ma’lumotning minimal hajmi quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:

1. Yer uchastkasining o‘ziga xos raqami va joylashgan joyi;
2. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquq turi;
3. Yer uchastkasi kiradigan yerlar toifasi;
4. Yer uchastkasidan foydalanish mumkin bo‘lgan faoliyat turlari;
5. Yer uchastkasi maydoni (gektarda);
6. Yer uchastkasini kamida ikki tomondan o‘rab turgan obyektlarning raqamli fotosurati;
7. Yer uchastkasiga tutash hududlarning (obyektlarning) belgilangan maqsadi va turlari;
8. Qurilish obyektini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash mumkin bo‘lgan quvvatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
9. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarigacha bo‘lgan masofa;
10. Mazkur yer uchastkasida qurilishga ruxsat berilgan yoki taqiqlangan obyektlar turlari ro‘yxati;
11. Yer uchastkalarining boshlang‘ich narxi;
12. Yer uchastkasi bo‘yicha yoki undan foydalanish huquqiga nisbatan mavjud cheklovlar;
13. Yer uchastkasidan foydalanish shartlari va tartibiga taalluqli boshqa axborot.

Auksionga ijara huquqi bilan chiqariladigan yer uchastkasi bo‘yicha qo‘shimcha ravishda ijara muddati ko‘rsatiladi va ijara shartnomasining loyihasi ilova qilinadi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! facebook telegram instagram youtube
#Bilib_oling #Huquqiy_bilim

Sug'oriladigan yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga bo'lgan huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda o'zga shaxsga berish, — bazaviy hisoblash miqdorining to'rt yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha qilmish:
a) yerlarga ko'p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo'lsa;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
g) xizmat mavqeyidan foydalanib sodir etilgan bo'lsa, - bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha qilmish:
a) yerlarga juda ko'p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo'lsa;
b) o'ta xavfli retsidivist tomonidan;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko'zlab sodir etilgan bo'lsa, - muayyan huquqdan mahrum qilib, sakkiz yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
#Bilib_oling #Huquqiy_bilim

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Bilib_oling #Huquqiy_bilim

Auksionga chiqarishda yer uchastkasi to‘g‘risida ko‘rsatilishi shart bo‘lgan ma’lumotning minimal hajmi quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:

1. Yer uchastkasining o‘ziga xos raqami va joylashgan joyi;
2. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquq turi;
3. Yer uchastkasi kiradigan yerlar toifasi;
4. Yer uchastkasidan foydalanish mumkin bo‘lgan faoliyat turlari;
5. Yer uchastkasi maydoni (gektarda);
6. Yer uchastkasini kamida ikki tomondan o‘rab turgan obyektlarning raqamli fotosurati;
7. Yer uchastkasiga tutash hududlarning (obyektlarning) belgilangan maqsadi va turlari;
8. Qurilish obyektini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash mumkin bo‘lgan quvvatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
9. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarigacha bo‘lgan masofa;
10. Mazkur yer uchastkasida qurilishga ruxsat berilgan yoki taqiqlangan obyektlar turlari ro‘yxati;
11. Yer uchastkalarining boshlang‘ich narxi;
12. Yer uchastkasi bo‘yicha yoki undan foydalanish huquqiga nisbatan mavjud cheklovlar;
13. Yer uchastkasidan foydalanish shartlari va tartibiga taalluqli boshqa axborot.

📌Auksionga ijara huquqi bilan chiqariladigan yer uchastkasi bo‘yicha qo‘shimcha ravishda ijara muddati ko‘rsatiladi va ijara shartnomasining loyihasi ilova qilinadi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Bilib_oling #Huquqiy_bilim
Xususiylashtirilgan yerni mulkdordan qanday holatlarda olib qo'yish mumkin?

⚜️Qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to'g'risida qonunning 34-moddasiga ko'ra shunday belgilangan;
Yer davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun sotib olinganda (egasining yozma roziligi bilan);
Yerga ijro hujjatlari bo'yicha undiruv qaratilganda;
Yer musodara qilinganda;
Yer rekvizisiya qilinganda (epidemiya, tabiiy ofat vaqtida) olinishi mumkin.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Bilib_oling #Huquqiy_bilim

❗️Quyidagilar kadastr pasporti berishni rad etish uchun asos bo‘ladi:

1.So‘rovnomada noto‘g‘ri maʼlumotlar ko‘rsatilishi;

2.Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi;

3.Ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda bo‘lmagan taqdirda;

4.Vakolatli organ tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi.

Kadastr pasportini rasmiylashtirishni ushbu bandda ko‘rsatilmagan asoslar bo‘yicha rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Bilib_oling
Yerto'ladan foydalanish mumkin!

🏣Ko‘p kvartirali uylar yerto‘lasidan foydalanish tartibi qanday?

🔰 Ko‘p kvartirali uylar yerto‘lasidan foydalanish u joydagi mulkdorlar roziligiga asosan amalga oshiriladi.

📌 Yerto‘ladan joylar faqat yerto‘lada shug‘ullanilish mumkin bo‘lgan bir necha faoliyat turlarini amalga oshirish uchun beriladi.

Yerto‘ladan foydalanganlik uchun to‘lanadigan ijara to‘lovlarining eng kam miqdorlari hokimliklar tomonidan tasdiqlanadi.

🚫 Yerto‘ladan foydalanuvchi tomonidan uni boshqa shaxslarga sotish, hadya etish, garovga qo‘yish va ijaraga berishga yo‘l qo‘yilmaydi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Esllatma #Bilib_oling

⚡️KADASTR PASPORTINI TAYYORLASH MUDDATLARI

Kadastr pasportini tayyorlash ko‘chmas mulk obyektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

🔹umumiy maydoni 100 kv.m. gacha — 5 ish kunigacha;

🔹umumiy maydoni 100 kv.m dan 1 000 kv.m. gacha — 7 ish kunigacha;

🔹umumiy maydoni 1 000 kv.m dan 5 000 kv.m. gacha — 10 ish kunigacha;

🔹umumiy maydoni 5 000 kv.m dan 15 000 kv.m. gacha — 15 ish kunigacha;

🔹umumiy maydoni 15 000 kv.m dan 50 000 kv.m gacha — 20 ish kunigacha;

🔹umumiy maydoni 50 000 kv.m dan ortiq — 25 ish kunigacha;

🔹ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha — 3 ish kunigacha.

❗️Kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Esllatma #Bilib_oling

⚡️Yer qonun buzilish holatlari uchun 45 yoki 90 mln so'mgacha jarimalar mavjud

🔰O‘zbekiston Respublikasining ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 60-moddasi 3-qismiga ko'ra

❗️O‘zboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash bo‘lgan va tutash bo‘lmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirilganligi uchun

fuqarolarga — bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari ya'ni 45 00 000 so'm,

mansabdor shaxslarga — uch yuz baravari, 90 000 000 so'm miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

☝️Shuningdek noqonuniy egallangan yer maydonidagi uy-joy, savdo do'kon yoki boshqa imoratlarni sotish, hadya qilish, ijaraga berish yoki boshqa bitimlarni amalga oshirib bo'lmaydi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube