Sirdaryo Kadastr
1.04K subscribers
7.07K photos
1.03K videos
18 files
4.91K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
#seminar #yer_kodeksi #yer_nazorati

📢 O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining topshirig’iga binoan Kadastr agentligininig Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan 2022-yil 26-yanvarda Agentlikning tuman, shahar bo’limi xodimlariga “Davlat yer, kadastr va geodeziya nazorati sohasidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun belgilangan choralarni ko’rish va ularni belgilangan tartibda rasmiylashtirish, bundan tashqari elektron dasturlarga kiritish hamda to‘g‘ri yuritilishi yuzasidan” o’quv seminari tashkil etildi.

🔷Seminarda yigilish ishtirokchilari tomonidan Agentlikga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining tegishli moddalari bo’yicha savollar berildi. Berilgan savollarga Kadastr agentligininig Sirdaryo viloyati boshqarmasining mas’ul xodimlari tomonidan javoblar berildi.

🔷Shuningdek o’quv seminari reja grafik asosida davom ettirilishi rejalashtirilgan.
#seminar #yer_kodeksi #yer_nazorati

📢 Kadastr agentligininig Sirdaryo viloyati boshqarmasi ma'sul xodimlari tomonidan ayni damda Agentlikning tuman, shahar bo’limi boshliqlariga “Davlat yer, kadastr va geodeziya nazorati sohasidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun belgilangan choralarni ko’rish va ularni belgilangan tartibda rasmiylashtirish, bundan tashqari elektron dasturlarga kiritish hamda to‘g‘ri yuritilishi yuzasidan” o’quv seminari bo'lib o'tmoqda.

Bizning rasmiy sahifalarimiz 👉🏼 facebook telegram instagram youtube
#Bilasizmi #Yer_kodeksi

⚡️ O‘z yeringizdagi huquqingizni bilasizmi ?

Yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori quyidagi huquqlarga ega:

🫥 yer uchastkasida undan foydalanish maqsadiga muvofiq mustaqil xo‘jalik yuritish;

🫥 yerlarni sug‘orish va ularning zaxini qochirish, agrotexnika va boshqa meliorasiya ishlari o‘tkazish;

🫥 qishloq xo‘jalik ekinlarini, dov-daraxtlarni sug‘orish hamda boshqa maqsadlar uchun sug‘orish manbalaridan limitlarga muvofiq suv olish;

🫥 uy-joy binolari, ishlab chiqarish, madaniy-maishiy hamda boshqa imoratlar va inshootlarni barpo etish, yer uchastkalaridan foydalanish maqsadi va loyiha hujjatlariga muvofiq ularni qayta qurish va buzib tashlash.

🫥 yer uchastkasi olib qo‘yilgan taqdirda unga yetkazilgan zararning qoplanishini talab qilish;

🫥 yer uchastkasini yoki uning bir qismini qonunchilikda belgilangan tartibda vaqtincha foydalanishga va ichki xo‘jalik ijarasiga berish;

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM