Sirdaryo Kadastr
1.04K subscribers
7.08K photos
1.03K videos
18 files
4.91K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
Forwarded from JIZZAX KADASTR
#Kadastr #kop_uchraydigan_savollar

⁉️Savol: Kadastr xodimlari uyning planini chizib bergani uchun pul talab qilishga haqlimi?

Javob: Uyni kadastr plani ya'ni kadastr yig‘ma jildini shakllantirish uchun murojaatlar davlat xizmatlari markazi orqali qabul qilinadi. Kadastr yig‘ma jildini shakllantirish natijasi bo‘yicha kadastr pasporti taqdim etiladi.

Ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun to‘lov miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyuldagi 186-sonli qaroriga asosan aniqlanadi, undan tashqari kadastr plani uchun qo‘shimcha to‘lov qilinmaydi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Forwarded from Kadastr - Live
#Kadastr #kop_uchraydigan_savollar

⁉️Savol: Qaysi bino va inshootlar o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat deb hisoblanadi?

Javob: Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida, shuningdek imorat qurish uchun zarur ruxsatnoma olmasdan yoki arxitektura va qurilish normalari hamda qoidalarini jiddiy buzgan holda qurilgan uy-joy, boshqa bino, inshoot yoki o‘zga ko‘chmas mulk o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat hisoblanadi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #kop_uchraydigan_savollar

Savol: Menga bo'sh yer kerak tadbirkorlik qilmoqchiman. Hokimyatgan borsam kadastrga jo'natdi, kadastrga borsam bizda yer berishga vakolat yo'q deyapti. Kimga ishonay?

Javob: Hurmatli fuqaro Siz O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga ishoning. Qonun hujjatlariga ko‘ra bugungi kunda Respublikamizda uy-joy qurish hamda tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun yer maydonlarini ajratish auksion orqali amalga oshirilishi belgilab berilgan. Buning uchun maxsus e-auksion.uz sayti faoliyat yuritadi. Agarda sizga kimdir yer olib berishni va’da qilgan bo‘lsa, bu firibgarlik hisoblanadi. Bugungi kunda respublikamizda uy-joy qurish hamda tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun yer maydonlarini ajratish faqatgina onlayn auksion savdo maydonchasi orqali amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
#Kadastr #kop_uchraydigan_savollar

Savol
Turar joyimning bir qismini noturar joy toifasiga o‘tkazganman va kadastr hujjatini rasmiylashtirganman. Endi o‘sha noturar joyimni qayta binoning turar joy qismiga qo‘shtirmoqchiman. Bu qay tartibda amalga oshiriladi?

Javob
Noturar joyni qayta turar joy toifasiga o‘tkazish uchun tegishli hujjatlar bilan joylardagi Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilishingiz zarur bo‘ladi. Shu bilan birga, kadastr hujjatlaringizni qayta tayyorlash uchun ariza berishingiz mumkin.

💬 Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
#Kadastr #kop_uchraydigan_savollar

Savol
Mahallamizdagi fermer o‘zining fermerlik yeridan uy-joy qurish uchun menga yer ajratib bermoqchi. Uning yeridan olib uy-joy qursam keyinchalik noqonuniy deyishmaydimi?

Javob
Fermer xo‘jaligiga berilgan yer uchastkalarini fermer rahbari hamda hech qaysi vakolatli organlar tomonidan oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlanishi mumkin emas. Bu O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 16-moddasi va 24-moddalari bilan taqiqlab qo‘yilgan. Mazkur fermerning harakatlari noqonuniy hisoblanadi.

❗️Bugungi kunda uy-joy qurish uchun yer uchastkasini e-auksion orqali sotib olishingiz mumkin.

💬 Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
#Kadastr #kop_uchraydigan_savollar

Savol: Turar joyimning bir qismini noturar joy toifasiga o‘tkazganman va kadastr hujjatini rasmiylashtirganman. Endi o‘sha noturar joyimni qayta binoning turar joy qismiga qo‘shtirmoqchiman. Bu qay tartibda amalga oshiriladi?

Javob: Noturar joyni qayta turar joy toifasiga o‘tkazish uchun tegishli hujjatlar bilan joylardagi Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilishingiz zarur bo‘ladi. Shu bilan birga, kadastr hujjatlaringizni qayta tayyorlash uchun ariza berishingiz mumkin.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube