Sirdaryo Kadastr
1.03K subscribers
7.12K photos
1.04K videos
18 files
4.95K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
#bilasizmi #huquq #VM_71

Savol:

Yerni xususiylashtirish uchun fuqaro tomonidan qancha mablag‘ to‘lanadi?

Javob:

Mulkdorlar, yerdan foydalanuvchilar uchun xususiylashtirish to‘lovi mazkur yer uchastkasi uchun hisoblangan yer solig‘i miqdorining 20 barobari deb belgilangan.

🔹Masalan: agar fuqaro bitta hovliga bir yilda 200 ming so‘m soliq to‘laydigan bo‘lsa, (bunda mol-mulk solig‘i qo‘shib hisoblanmaydi, aynan yer uchastkasiga to‘lanadigan soliqqa nisbatan hisoblanadi), xususiylashtirish uchun 4 mln so‘m to‘lov amalga oshiriladi.

☝🏻Eslatma: Fuqarolarda yakka tartibdagi uy-joy Yuridik shaxslarda esa noturar bino-inshootlarni mavjud bo'lgan taqdirda ular faqatgina o‘zlariga tegishli ko‘chmas mulkning yer uchastkasini kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish orqali xususiylashtirib olishi mumkin (agar bino-inshootlar kadastr hujjatlari rasmiylashtirilmagan bo‘lsa, yerni xususiylashtirish mumkin emas).

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#bilasizmi #huquq #VMQ_71

⚡️Yerni xususiylashtirish uchun qancha mablag‘ to‘lanadi?

🔰O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari tomonidan ularga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun hisoblangan yer solig‘i miqdorining 20 barobari miqdorida mablag' undiriladi.

🔹Masalan: agar fuqaro bitta hovliga bir yilda 200 ming so‘m soliq to‘laydigan bo‘lsa, (bunda mol-mulk solig‘i qo‘shib hisoblanmaydi, aynan yer uchastkasiga to‘lanadigan soliqqa nisbatan hisoblanadi), xususiylashtirish uchun 4 mln so‘m to‘lov amalga oshiriladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#savol_javob #huquq #VMQ71

Savol:
Yerlarni xususiylashtirishdan nima foyda ?

Javob:
Xususiylashtirilgan yerlarni sotish, meros qilib qoldirish hamda sovg'a qilish imkoniyati;

Xususiylashtirilgan yer uchastkasini xususiy mulk qilib olish;

Xususiylashtirilgan yer uchastkasini kredit olish maqsadlarida garovga qo'yish imkoniyati;

Eng muhimi mulk huquqidagi yeringiz davlat va jamiyat ehtiyojlari yoki snos kabi maqsadlarda sizning roziligingizsiz olib qo'yilmaydi.

❗️Ha aytgancha agar bino kadastrdan o‘tmagan bo‘lsa, yerni xususiylashtirish mumkin bo‘lmaydi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#savol_javob #huquq

Savol:

- Tuman hokimi qaroriga asosan qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan 1 gektar yer maydonini 25 yil muddatga ijara huquqi asosida olganman. Shu yerimni xususiylashtirsam bo‘ladimi?

Javob:

- "Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, yer uchastkalarini xususiylashtirish ularga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini sotib olish orqali amalga oshiriladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#savol_javob #huquq

Savol:

Uyimni kadastr hujjatini qilganimdan so‘ng yana yoniga qo‘shimcha uy solganman. Bu holatda kadastr hujjatlarimga o'zgartirish kiritamanmi?

Javob:

Mazkur holatda kadastr hujjatlari tayyorlangan turar-joyingizda kelishilgan loyiha va belgilangan ruxsatnoma asosida qo‘shimcha qurilgan uy-joyni ham kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishingiz zarur bo‘ladi.

Bunda sizda mavjud kadastr pasportiga o‘zgartirish kiritilib, yangilab beriladi.

Kadastr xizmatlariga to‘lanadigan belgilangan xizmat haqi faqat qo‘shimcha qurilgan (kadastr hujjatida mavjud bo‘lmagan) binolarning maydonidan kelib chiqib hisoblanadi.

Undan so‘ng qo‘shimcha qurilgan binoni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
#savol_javob #huquq

Savol:

- Tuman hokimi qaroriga asosan qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan 1 gektar yer maydonini 25 yil muddatga ijara huquqi asosida olganman. Shu yerimni xususiylashtirsam bo‘ladimi?

Javob:

- "Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, yer uchastkalarini xususiylashtirish ularga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini sotib olish orqali amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
#huquq_vaqti_ #kadastr_xizmati #bilasizmi

⚡️Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tqazish majburiy

Qonunchilikka muvofiq ko'chmas mulk hisoblangan kadastr obyektlariga bo'lgan huquqlar qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ro'yxatidan o'tkazilishi lozim.

🔹Kadastr obyektlariga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuridik va jismoniy shaxslarning kadastr obyektlariga bo'lgan huquqlari davlat tomonidan e'tirof etilishi hamda tasdiqlanishining yuridik hujjatidir.

🔹Kadastr obyektlariga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish hujjatlar bilan tasdiqlangan axborotni davlat reestrlariga kiritish yo'li bilan amalga oshiriladi.

❗️Ko'chmas mulk hisoblangan kadastr obyektlariga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish kadastr obyektlarining barcha mulkdorlari va kadastr obyektlariga doir boshqa huquqlarning egalari uchun majburiydir.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
#bilasizmi #huquq #VM_71

⚡️O‘zingizga tegishli yer uchastkangizni masofadan turib xususiylashtirish imkoniga egasiz

💻Endilikda yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun jismoniy va yuridik shaxslar my.gov.uz orqali murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi.

📨Ariza Kadastr agentligi va Qurilish bo‘limlariga yo‘naltiriladi. Xususiylashtirishga monelik qilmaydigan tomonlari tekshirilgach, fuqaroga xususiylashtirish haqida xabarnoma yuboriladi va talabgor to‘lovni amalga oshiradi.

💳Xizmat uchun to‘lov miqdori:
🔹Arizani ko‘rib chiqish uchun - 27 000 so‘m

💳Xususiylashtirish to‘lovi
🔹viloyat markazlarida yer solig‘ining 10 baravari,
🔹boshqa hududlarda 5 baravari miqdorida

📑To‘lov amalga oshirilgach, yer uchastkasiga bo‘lgan davlat orderi beriladi. Ushbu order asosida kadastr organlari yer uchastkasiga nisbatan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquq #kadastr_xizmati

⚡️Xususiylashtirilgan yer uchastkalari davlat tomonidan himoya qilinadi

Xususiylashtirilgan yer uchastkalari xususiy mulk va fuqarolik muomalasi obyektlaridir.

Xususiylashtirilgan yer uchastkasiga bo‘lgan xususiy mulk huquqi unga bo‘lgan huquq Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga tegishli maʼlumotlarni elektron tarzda kiritish orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan eʼtiboran yuzaga keladi.

‼️Xususiylashtirilgan yer uchastkalariga bo‘lgan xususiy mulk huquqi daxlsizdir va qonunga muvofiq davlat tomonidan himoya qilinadi.

Huquqiy asos: O‘RQ–728, 15.11.2021 y.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM