Sirdaryo Kadastr
1.02K subscribers
7.22K photos
1.06K videos
18 files
5.01K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #LX #workshop

🟢24-25-oktabr kunlari Koreya Respublikasining yer va geofazoviy maʼlumotlar korporatsiyasi (LX) va SIIS vakillaridan iborat, Lee Jong Min boshchiligidagi delegatsiya yurtimizda mehmon bo'lishdi.

“Integratsiyalashgan sunʼiy yo‘ldosh tasvirlarini qo‘llash tizimi bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslar uchun dastlabki o‘rganish” loyihasi doirasidagi ushbu tashrif davomida Kadastr agentligi markaziy apparati, Geoinnovatsiya markazi va Respublika aerogeodeziya markazi xodimlari uchun 2 kunlik mahalliy trening bo‘lib o‘tdi.

🟥Trening davomida mutaxassislar

➡️Geodezik koordinatalar tizimi;

➡️Yerni kuzatish sunʼiy yo‘ldosh tizimi platformasi;

➡️Koordinatalarni o‘zgartirish usuli;

➡️Koordinatalar tizimini o‘zgartirish uchun dasturiy taʼminot joriy etish kabi mavzularda malakalarini oshirdilar.

🖼Trening yakuni bo‘yicha mutaxassislarga Koreya Respublikasi delegatsiyasi tomonidan sertifikat va sovg‘alar topshirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM