Sinopsis
8.41K subscribers
7.56K photos
2.52K videos
13 files
7.25K links
Sinopsis - har bir voqeaga obyektiv nazar!
Download Telegram
Hindistonda bir yoshli bola kobrani tishlab o‘ldirib qo‘ydi.

Independent nashrining xabar berishicha, uyda o‘ynab o‘tirgan bolaning yonida ilon to‘satdan paydo bo‘lib, go‘dakning qo‘liga chirmashib olgan. Oila a’zolari yordamga shoshilishganida bolakayning o‘zi kobrani qattiq tishlab olgan.

Natijada ilon halok bo‘lgan. Biroq, ilon ham bolani chaqishga ulgurgan. Bolakay zudlik bilan birinchi tibbiy yordam markaziga yetkazilgan. Shifokorlarning ma’lum qilishicha, hozirda uning ahvoli barqaror.

Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda ilk bor sun’iy intellekt asosida ishlaydigan piyodalar o‘tish joyi Toshkent viloyatida o‘rnatildi.

Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xitoyning Unitree kompaniyasi humanoid robotlar ishtirokida boks uyushtirdi

Avvalroq kompaniya mana shunday robotlarni 6 ming AQSH dollaridan ochiq savdoga chiqargan edi.

Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
Hindistondagi ayolda dunyoda hech kimda uchramaydigan qon guruhi aniqlandi

Rasmiy tasnifga ko‘ra, uning qoni keng tarqalgan O Rh+ sifatida belgilangan, ammo mavjud donor namunalari orasida birortasi ham qon quyish uchun mos kelmagan.

Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
Dengiz umrni uzaytiradi

Olimlar umr ko‘rish davomiyligi va suvga yaqin joyda yashash o‘rtasida bog‘liqlik borligini aniqlashdi. Dengiz yoki okeandan hech bo‘lmasa 50 km masofada yashaydigan odamlar boshqalarga qaraganda sog‘lomroq bo‘lisharkan.

Suv qirg‘og‘ida yashaydigan insonlar toza havodan nafas olishadi, ularning semizlikka moyilligi kamroq va uzoq keksalikkacha yuragi baquvvatroq bo‘lishi qayd etildi.

Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Daniyalik talabalar bir xil parraklardan foydalangan holda uchadigan va suzadigan dronni yig’ishdi.

Uning asosi o’zgaruvchan burchakli egiluvchan parraklarning maxsus konstruksiyasidir: havoda ular ko’taruvchi kuchni yaratadi, suv ostida esa suzib, harakatni aniq boshqarish imkonini beradi. Bunday dronlardan suv ostidagi tadqiqotlar va qutqaruv ishlarida foydalanish rejalashtirilgan.

Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
AQSHda “matryoshka” telefoni ixtiro qilindi. Mechanical Pixel kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan kontsept — bu to‘liq modulga ega smartfon bo‘lib, foydalanuvchining istaklariga moslashadi: u ixcham ekranli qurilmaga, oddiy qo‘ng‘iroq qiluvchi telefonga yoki “deyarli planshet”ga aylanishi mumkin.

Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
Xalqaro til sertifikati yo‘q o‘qituvchilarni ishdan bo‘shatmaslik bo‘yicha vazirlikka so‘rov yuborildi

Murojaatga ko‘ra, Mehnat kodeksining 8-moddasiga binoan, "har qanday normativ-huquqiy hujjat xodimning huquqiy holatini yomonlashtirmasligi kerak". Shunga asoslanib, sertifikatiga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar bilan mehnat shartnomalarini bekor qilish huquqiy jihatdan yetarli asos bo‘la olmasligi bildirilgan.

Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
Burchmullada yong‘in bo‘lmoqda

Yong‘in Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Chorvoq suv ombori bilan tutashgan tog‘ yonbag‘rida bo‘layotgani aytilmoqda.

Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
Nizomiy rektori Umarovaning davomchisi bo‘ldi.

Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori Karimova E’zozxon Gapirjonovna O‘zbekiston Respublikasining Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u rektorlik lavozimidan ozod etildi.

Karimova nomzodi Oliy Majlis qonunchilik palatasi tomonidan tasdiqlandi. U 2021-yilda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligida bo‘lim boshlig‘i, Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori maslahatchisi, 2023–2024-yillarda “Yangi O‘zbekiston” universitetida prorektor, 2025-yil may oyidan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari — Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori kabi lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgam.


Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ekologiya vazirligi Navoiyda 20 dan ortiq korxona faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi rahbariyati hamda Bosh prokuraturadan iborat ishchi guruh Navoiy shahridagi 20 ta korxona faoliyatini vaqtincha to‘xtatib, kamchiliklarni tuzatish uchun 10 kun muddat bergan.

Agar bartaraf etilmasa, faoliyat butunlay to‘xtatilishi mumkinligi aytildi.

Shuningdek, shahar va atrofidagi yana 168 ta korxona o‘rganilmoqda.

Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
Talabalar turar joyiga ariza topshirish boshlandi

1-avgustdan boshlab talabalar yotoqxonaga joylashish uchun ariza topshirish jarayoni boshlandi. Ushbu jarayon Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 376-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

Arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborish mumkin.

Imtiyoz va ustuvorlikka ega talabalar:
– Dastlab, imtiyoz va ustuvorlikka ega bo‘lgan talabalar qabul qilinadi. Shundan so‘ng qolgan o‘rinlar kurslar kesimida quyidagicha taqsimlanadi:
🗣1-kurs talabalariga — 55–65%
🗣2-kurs talabalariga — 15–20%
🗣3-kurs va undan yuqorilarga — 20–25%


Arizalar 1-avgustdan o‘quv yili yakunigacha davom etadi.

Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Avgustdan yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarimalar oshirildi. Miqdorlar qanchaga yetdi?

O‘zbekistonda bazaviy hisoblash miqdori 10 foizga oshirilib, 412 ming so‘m etib belgilandi. Bu jarimalar ko‘tarilishiga olib keladi.

Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
Olimlar OIVga qarshi kuchli vaksina yaratishga erishdi

Qarib yarim asrlik izlanishlardan so‘ng dunyo ilm-fani tarixiy yutuqqa erishdi: olimlar OIV virusiga qarshi samarali va deyarli to‘liq himoyani ta’minlovchi vaksina yaratishdi. Bu haqda xalqaro sog‘liqni saqlash tashkilotlari xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, vaksina uzoq yillik tadqiqotlar natijasida sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan va turli mamlakatlarda qo‘llanishi uchun zarur litsenziya va shartnomalar tayyorlangan. Ushbu kelishuvlar tufayli vaksina ko‘plab davlatlarda litsenziya to‘lovlarisiz tarqatiladi.

Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi xalqaro shartnomaga qo‘shildi

O‘zbekiston 2013-yil 25-oktyabrda Minsk shahrida imzolangan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlatlararo kengash tuzish to‘g‘risidagi bitimga rasman qo‘shildi. Bu haqda Prezidentning 2025-yil 30-iyuldagi PQ-240-sonli qarorida ma’lum qilindi.

Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
E’tirozlar inobatga olinib, hukumat Chorvoqdagi Sea Breeze oldiga bir qancha shartlar qo‘ydi

Qo‘yilgan talablardan biri — Chorvoq va Chirchiq daryosiga suv tushirilmaydi.

Agar qoidalar buzilsa va Chorvoqqa bir tomchi suv tushirilsa ham, loyiha qurilishi to‘xtatilishi hamda investitsiya shartnomasi bekor qilinib, yer olib qo‘yilishi qat’iy belgilab qo‘yilmoqda.

Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugundan 1-sinfga qabul uchun mikrohududdan tashqari maktablarga ariza yuborish boshlandi

1-avgust soat 10:00 dan 1-sinfga qabul uchun mikrohududdan tashqari maktablarga ariza yuborish boshlandi.

Videodan My.maktab.uz  platformasi orqali mikrohududdan tashqaridagi maktablarga ariza yuborish tartibini bilib olish mumkin.


Telegram | YouTube | Instagram | Facebook