🏫Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati
712 subscribers
3.99K photos
179 videos
24 files
542 links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati
Download Telegram
#Эълон

📣Ingliz tili o‘qituvchilari uchun yana bir imkoniyat!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda ingliz tili fan o‘qituvchilarini Britaniya Kengashining "Online Teacher Community" platformasida malaka oshirish kurslariga taklif etadi.

📆 Malumotlarni diqqat bilan o‘qib chiqib, quyida berilgan havola orqali kursga 16-oktabrgacha ariza topshirishingizni tavsiya qilamiz.

👉https://forms.office.com/r/g4hgAyiZG6
______________________ 📣A great opportunity for English teachers to develop professionally

The Agency for Presidential Educational Institutions in cooperation with British Council invites English language educators to advanced training courses on the British Council's online Teacher Community platform.

📆 We recommend you to read the information carefully and apply for a course by October 16 following the link below.

https://forms.office.com/r/g4hgAyiZG6
Forwarded from Xorazm.uz
#Эълон

Таълим муассасаларида қишки таътил 2023 йил 23 январга қадар узайтирилди

Маҳаллий давлат ҳокимияти органларининг таълим соҳасидаги ваколатларига асосланиб, вилоят ҳудудида совуқ об-ҳаво шароити сақланиб қолаётгани туфайли Хоразм вилоятидаги барча мактабгача таълим муассасалари, умумтаълим мактаблари, Президент, ижод ва ихтисослаштирилган мактаблар, олий ва ўрта махсус ўқув юртларида қишки таътил 2023 йил 23 январга қадар узайтирилди.

Хоразм вилояти ҳокимлиги матбуот хизмати

Xorazm.uz | Facebook | Telegram | Instagram
#Эълон
#Вазир_жамғармаси

VAZIR JAMG‘ARMASIGA DA'VOGAR PEDAGOGLARNI SARALASH IMTIHONLARIGA START BERILMOQDA

Joriy yilning 19-fevral kuni Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri jamg‘armasi hisobidan 2024-yilda har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning saralash imtihonlari bo‘lib o‘tadi.

⚡️ Bu yil Vazir jamg‘armasidan oylik ustama oladigan pedagoglarning soni 1250 ta deb belgilandi.

Shundan 1150 ta kvota umumta'lim muassasalari pedagoglari uchun, 100 ta kvota Ixtisoslashgan ta'lim muassasalari pedagoglari uchun ajratilgan.

📝 Ma'lumot o‘rnida: Vazir jamg‘armasidan oylik ustama oluvchi g‘oliblarni aniqlash nomzodlar orasida ikki bosqichda amalga oshiriladi:

➡️ Birinchi bosqichda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 2024-yil 19-fevral kuni barcha hududlarda nomzodlarning dars beradigan umumtaʼlim fani bo‘yicha bilim darajasini baholash uchun test sinovlari bo‘lib o‘tadi.

➡️ Ikkinchi bosqichda esa umumtaʼlim fanini bilish darajasini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlarida maksimal ballning 80 foizi yoki undan yuqori natija ko‘rsatgan nomzodlarning kasbiy mahoratini baholash uchun suhbat o‘tkaziladi.

❗️ Mazkur suhbat natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan malakali pedagog kadrlarga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida har oylik ustama to‘lanadi.

➡️ 1-bosqich test sinovlari har bir hudud markazida 2 smenada bo‘lib o‘tadi.

👉 Vazir jamg‘armasi uchun 1-bosqich test sinovlari bo‘lib o‘tadigan manzillar ro‘yxati va grafik bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

📝 Eslatib o'tamiz, Vazir jamg'armasi uchun o'tkazilayotgan saralash imtihonlaridagi tegishli fanlardan test topshiriqlari spetsifikatsiyalari Bilim va malakalarni baholash agentligi rasmiy saytida e'lon qilingan bo'lib, ular bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://uzbmb.uz/page/xalq_spets
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM