🏫Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati
711 subscribers
4.22K photos
188 videos
24 files
553 links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati
Download Telegram
Siz so‘ragan edingiz, biz javob beramiz

Savol: “Yangi O‘zbekiston” universitetda saralash imtihoni qay tartibda o'tkaziladi?

Javob: Universitetda 2024/2025 o‘quv yili uchun saralash imtihoni joriy yilning 6-iyul kuni Buyuk Britaniyaning “Cambridge University Press & Assessment” tashkiloti tomonidan o‘tkaziladi. Barcha yo‘nalishlar uchun imtihon matematika va mantiqiy fikrlashdan olinadi.

❗️Eslatib o‘tamiz, matematikadan SAT, International Baccalaureate Diploma, International AS & A Levels kabi xalqaro sertifikatlardan biriga ega talabalarga ham matematikadan olgan natijasiga ko‘ra tegishli ball taqdim etilib, imtihondan ozod etilishi mumkin.

👉 O‘qishga ariza topshiring.

☎️ Koll-markazi: +998712024111
✈️ Telegram bot: @newuucontact_bot

🔁 English

#qabul2024 #admission2024

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Yangi O‘zbekiston” universiteti ko'plab grant imkoniyatlarini taqdim etadi

Quyidagi talabgorlar 4 yil davomida davlat granti asosida tahsil olishlari mumkin:
🔹xalqaro olimpiada g‘oliblari;
🔹ijtimoiy himoya yagona reestriga kirgan oila a’zolari;
🔹Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan va ijod maktablarining eng yuqori ball asosida qabul qilingan 5% talabgorlariga.

Bir yillik tabaqalashtirilgan grantlar:
🔸Top 10% talabalarga 100% grant
🔸Keyingi 10% talabalarga 70% grant
🔸Keyingi 15% talabalarga esa 50% grant ajratiladi.

❗️Mazkur tabaqalashtirilgan grant miqdorlari talabaning bilim salohiyatiga ko‘ra ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi bosqichda tahsil olayotganida saqlanib qolinishi, ko'payishi yoki kamayishi mumkin.

👉 O‘qishga ariza topshirish.

🔁 English

#qabul2024 #admission2024 #grantlar

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Imtihon natijalari e'lon qilindi!

⚡️ “Yangi O‘zbekiston” universitetiga 2024/2025 o‘quv yili uchun o‘qishga hujjat topshirib, 6-iyul kungi saralash imtihonida ishtirok etgan abituriyentlarning imtihon natijalari e’lon qilindi.

Imtihon natijalari “Cambridge University Press and Assessment” tashkilotining veb sahifasi orqali e'lon qilindi.

💫 Shuningdek, shaxsiy kabinetingiz orqali (https://admission.newuu.uz) o'qishga grant yoki to'lov-kontrakti asosida qabul qilinganligingizni bilib, shartli ofertani yuklab olishingiz va o'z joyingizni band qilishingiz mumkin.

❗️ Shartli ofertani yuklab olmagan talabgorlar o'qishga qabul qilinmaydi va kutish rejimida turgan talabgorlarga almashtiriladi.

🎗Oʻqishga qabul qilingan barcha abituriyentlarni talaba boʻlganliklari bilan muborakbot etamiz.

🔁 English

#qabul2024 #imtihon_natijalari #exam_results

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kutish ro'yxati (pending list)da turgan talabgorlar o'qishga qabul qilinadimi?

"Yangi O'zbekiston" universitetiga o'qishga imtihon topshirgan va shaxsiy kabinetida kutish ro'yxati (pending list)da turgan talabgorlar imtihondan o'tganini ammo tanlagan yo'nalishiga ajratilgan kvota cheklanganligi bois kutish statusida ekanini bildiradi.

💫 Kvota doirasida bo'sh joylar mavjud bo'lganda kutish ro'yxatidagi talabgorlar ballar ketma-ketligi asosida yuqoridan pastga tartibida o'qishga taklif etiladi.

🗓️Ushbu talabgorlar statusi 15-avgustga qadar o'zgarishi mumkin. Ko'rsatilgan muddatga qadar shaxsiy kabinetingizni tekshirib borishni tavsiya etamiz.

🔁 English

#qabul2024 #imtihon_natijalari #exam_results

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM