#Shofirkon_tuman_IM
#Tafakkur_xazinasi
🔰Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 7-04 va 7-05-sinf oʻquvchilari ishtirokida buyuk shoir va mutafakkirlar Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bagʻishlangan adabiy bellashuv boʻlib oʻtdi.
Tadbir davomida oʻquvchilar Alisher Navoiy va Boburning hayoti, ijodi va adabiy merosi haqida bilimlarini sinovdan oʻtkazishdi. Bellashuv qiziqarli va bahs-munozaralarga boy tarzda kechdi. Unda ishtirokchilar Navoiy va Bobur qalamiga mansub gʻazal va ruboiylarni yoddan o‘qishdi, ulardagi ma’no va badiiy jihatlarni tahlil qilishdi.
Shuningdek, tadbir davomida o‘quvchilar uchun “Zakovat” tarzida savol-javoblar o‘tkazildi. Har ikki sinf jamoasi bilimdonlik va tezkor fikrlash qobiliyatini namoyon etib, faol ishtirok etishdi.Bilimdonlik bellashuvida maktabimizning 7 - 05 sinf o'quvchilari g'olib boʻlib, estalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇
Telegram|Facebook|Instagram