Шофиркон ИМ -таьлим тараккиётига биз билан!
699 subscribers
10.4K photos
440 videos
63 files
1.79K links
Shafirkan specialized school under the Agency of Specialized Institutions

🔴 Murojaat uchun:
Rasmiy bot: @ShofIM_bot
https://www.facebook.com/groups/795922548205270/?ref=share
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov
#ixtirochilikka_qadam
#10_oktabr_20_oktabr

📣📣📣📣📣

⚙️ "IXTIROCHILIKKA QADAM" RESPUBLIKA TANLOVI

🗣"Ixtirochilikka qadam" respublika tanlovi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar, davlat va nodavlat umumta’lim maktablarining 5-, 6-, 7-, 8-, 9-, 10-,11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi.

Tanlov 4 bosqichda tashkil etiladi:
Maktab bosqichi – oʻquv yilining 1-choragida;
Tuman (shahar) bosqichi – oʻquv yilining 2-choragida;
Viloyat bosqichi – oʻquv yilining 3-choragida;
Respublika bosqichi – oʻquv yilining 4-choragida boʻlib oʻtadi.

❗️Tanlov davomida o‘quvchilar ta’lim, axborot texnologiyalari, yashil energiya, ekologiya, iqlim o‘zgarishi va qishloq xo‘jaligi kabi yo‘nalishlarda yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratishlari talab etiladi.


🟢Tanlovda individual yoki jamoa sifatida ishtirok etish mumkin. Bunda jamoa a’zolarining soni 3 nafardan oshmasligi kerak.

📆 Tanlovda qatnashish uchun joriy yilning 10-oktabridan 20-oktabriga qadar ixtirochi.piima.uz onlayn platformasida roʻyxatdan oʻtish lozim.

📞 Telefon: +998 (71) 207-20-17 ichki raqamlar 171, 172, 173, 174.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ixtirochilikka_qadam
#Shofirkon_tuman _IMI

🏢Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida joriy yilning 26- oktabr sanasida
🇺🇿🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 1-apreldagi PF-55-son Farmoni hamda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining 2024-yil  11-oktyabrdagi 01-11/2-2208-sonli xatini ijrosini ta’minlash maqsadida shuningdek, o‘quvchilar orasidan iqtidorli yoshlarni topish va ularni o‘zlari qiziqqan sohalarga yo‘naltirish va ixtirochiligini rag‘batlantirish hamda innovatsion faolligini oshirish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘quvchilar o‘rtasida
1.ta’lim,
2.axborot texnologiyalari,
3.yashil energiya,
4.ekologiya,
5.iqlim o‘zgarishi,
6.qishloq xoʻjaligi
yo‘nalishlarda  “Ixtirochilikka qadam” tanlovining maktab bosqichi o'tkazildi.


Telegram|Facebook|Instagram
👍4🔥3👏2
#Shofirkon_IM
#Ixtirochilikka_qadam
#Viloyat_bosqichi

🏢Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 8-sinf oʻquvchisi Shermatov Abdushukur hamda 7-sinf oʻquvchisi Rizoqulov Botirjonlar Buxoro shahrida boʻlib oʻtgan "Ixtirochilikka qadam" tanlovining viloyat bosqichida ishtirok etib faxrli 2-oʻrinni qoʻlga kiritishdi.

💥 Oʻquvchilarimizning bu muvaffaqiyatga erishishida oʻz hissalarini qoʻshgan ustozlari va ota-onalariga oʻz minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz.

📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
👍6🔥4👏3
#Shofirkon_IM
#Ixtirochilikka_qadam
#Respublika_bosqichi

Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari Shermatov Abdushukur Sheraliyevich hamda
Rizokulov Botirjon Azamatovichlar  Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 5-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan "Ixtirochilikka qadam" tanlovining respublika bosqichida faol ishtirok etib sertifikat bilan taqdirlanishdi.

Oʻquvchilarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz

IMA tizimidagi Shofirkon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy sahifalari👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
👍93🔥2