Шофиркон ИМ -таьлим тараккиётига биз билан!
621 subscribers
8.49K photos
360 videos
63 files
1.43K links
Shafirkan specialized school under the Agency of Specialized Institutions

🔴 Murojaat uchun:
Rasmiy bot: @ShofIM_bot
https://www.facebook.com/groups/795922548205270/?ref=share
Download Telegram
🟦🟦🟦
#Yod_etib

Toshpo‘lat Ahmadning yorqin xotirasiga bag‘ishlanadi

⭐️Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o‘zining o‘lmas ijodi va insoniy fazilatlari bilan Buxoro zaminida so‘nmas yulduzga aylangan, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “Mehnat shuhrati” va “El-yurt hurmati” ordenlari sohibi, taniqli yozuvchi va jamoat arbobi Toshpo‘lat Ahmad tavalludiga bag‘ishlangan “Saodatli umr sohibi” nomli adabiy-badiiy xotira kechasi bo‘lib o‘tdi.

⭐️Ushbu tadbir, shoirning boy ijodiy merosini keng ommaga yetkazish, uning insoniy fazilatlarini ulug‘lash va yosh avlodni ma’naviyatga oshno qilish maqsadida tashkil etildi. Kecha davomida Toshpo‘lat Ahmadning betakror ijodidan namunalar — uning qalb nurlari ila yoritilgan she’r va qo‘shiqlar taqdim etildi.

⭐️Xotira kechasida shoirning ijodiy faoliyati va insoniy fazilatlari haqida qimmatli fikrlar bildirildi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyat bo‘limi rahbari Shamshod Ochilov, Shofirkon tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari T. Yo‘ldosheva, jurnalist Hamza Bekturdiyev va boshqalar Toshpo‘lat Ahmadning xalq uchun qilgan xizmatlari, shogirdlariga bergan saboqlari va ularning hayotida qoldirgan izlari haqida gapirib o‘tishdi.

✍️Shofirkon tumani hokimligi axborot xizmati
🟦🟦🟦
#Yod_etib

⭐️Shoirning umr yo‘ldoshi Oysha Mavlonova ham kechada so‘z olib, Toshpo‘lat Ahmadning ijodkorlik jarayonidagi mashaqqatli mehnati va insoniyligi haqida tinglovchilarga soʻzlab berdi. U shoirning ijodi faqat uning o‘ziga emas, balki butun bir avlodga ruhiy va ma’naviy ilhom berganini ta’kidladi.

⭐️Shofirkonning faxri, boqiy chinori Toshpo‘lat Ahmad nomi nafaqat tug‘ilib o‘sgan diyorida, balki butun o‘zbek xalqining yuragida abadiy yashaydi. Ushbu tadbir ham shoirning xotirasini e’zozlash, yosh avlod qalbiga ma’naviy boylikni singdirish yo‘lidagi navbatdagi qadamlardan biri bo‘ldi.

⭐️Toshpo‘lat Ahmadning hayoti va ijodi nafaqat o‘tmishga boqib, ehtirom ko‘rsatish, balki kelajak uchun ham ma’naviy yo‘riqnoma bo‘lib xizmat qiladi. U kishining nomi, asarlari va mehnati O‘zbekiston madaniyati tarixida oltin harflar bilan bitilganini yana bir bor anglatadi.

⭐️Munavvar nomlari va ulug‘ izlari har doim qalblarda barhayot!

✍️Shofirkon tumani hokimligi axborot xizmati