Шофиркон ИМ -таьлим тараккиётига биз билан!
733 subscribers
10.3K photos
437 videos
63 files
1.75K links
Shafirkan specialized school under the Agency of Specialized Institutions

🔴 Murojaat uchun:
Rasmiy bot: @ShofIM_bot
https://www.facebook.com/groups/795922548205270/?ref=share
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_faxrim

⚡️Agentligimiz tizimidagi Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi tomonidan “O’zbek tili – milliy o’zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!” shiori ostida videorolik tayyorlandi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_faxrim

Muhtaram Vatandoshlar!

Til milliy o‘zlik timsoli, millatning g'ururi. O'zbek tili bizga ajdodlardan meros va mustaqil davlatchiligimizning timsolidir.

Zero, til borki, millat yashaydi, madaniyat rivoj topadi. Har bir millatning eng qiymatli xazinasi bu uning milliy tilidir.

Bugungi bayram butun Oʻzbekiston xalqiga muborak bo'lsin! Barchangizga sog‘lik-omonlik, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilaymiz.

Ona tilimiz hamisha mag‘rur yangrasin!

Hurmat bilan,
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi jamoasi


Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Forwarded from SHOFIRKON.UZ 🇺🇿
#Ona_tilim

Millatning shunday bebaho boyligi borki, bu boylik uni asrlar silsilasidan opichlab, xalq, davlat sifatida bo’y korsatishi uchun asos, poydevor vazifasini o’taydi. Uning sehrli jozibasidan yaralgan so‘zlarning mehli ohanglari chaqaloqni bolaga, bolani o'smirga, o'smirni yigit-qizga, yigit-qizni ota-onaga aylantiradi. Shu bilan millat bardavomligi taminlanadi. Otalar ma'naviy merosi farzandlar ko'ksidan joy oladi. Ona tiliga bolgan hurmat, mehr asta-sekin Vatanga muhabbatga aylanadi. Tuyg’ulari Vatan ishqiga oshufta ko'ngillarda o’zlikni anglash, g'urur, or-nomus hislari yaproq yozadi, g'uncha ochadi.

Bugun Shofirkon ixtisoslashgan maktabida o’tkazilgan "Ona tilim - g’ururim, faxrim’’ deb nomlangan tadbir, mazmun - mohiyatida ona tiliga muhabbat tuyg’usi orqali Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga  ehtirom tuyg’ulari tarannum etildi.

✍️Shofirkon tumani hokimligi axborot xizmati
Forwarded from SHOFIRKON.UZ 🇺🇿
Шофиркон ИМ -таьлим тараккиётига биз билан!
Photo
#Ona_tilim

Tilimizga  davlat tili maqomi berilganiga 34 yil to’ldi.  2019-yil 4-oktabrda 21- oktabrning  "O’zbek tili bayrami kuni "  deb e’lon qilinishi,  ushbu kunni umumxalq bayramiga aylantirdi. Shu munosabat bilan turli korik-tanlovlar, bayram sayllari, adabiy kechalar otkazilmoqda.,- deydi tadbirni ochib bergan maktab direktori D.Axmedova.

- Tilimiz juda qadimiy tarixga ega bo’lib, Oltoy tillar oilasining yuzga yaqin jonli tilini o’z ichiga qamrab oladi. Butun yer yuzasida bir necha yuz million kishi turkiy tilda so’zlashadi. Bizga turkiy tillarning uzoq tarixga ega ekanligini shu tillarda bitilgan dastlabki yodgorliklar ,,Xuastuanift’’ va O’rxun-Enasoy obidalari isbotlaydi. Manbalarda aytilishicha, o‘zbek tili rivojlangan tillar qatoriga kirib, bugungi kunda dunyo bo'yicha 25 milliondan ortiq va ba’zi manbalarda aytilishicha, 40 milliondan ortiq kishi ona tilimiz bo’lmish o’zbek tilida so’zlashadi...

Shu kabi tarixiy ma’lumotlar tadbirda yangragan milliy qo’shiqlarimiz, tilimiz tarannumiga bag’ishlsngan she’rlar, dilrabo raqslar, sahna ko’rinishlari taqdim etildi.

✍️Shofirkon tumani hokimligi axborot xizmati
Forwarded from SHOFIRKON.UZ 🇺🇿
#Ona_tilim

Sahnada tilimiz tarixida "Hibbat ul haqoyiq"’, "Devoni lugэotit-turk‘‘, "O’guznoma‘‘ , "Qissasi Rabguziy’’, "Xamsa’’ kabi sara asarlar yaratgan Mahmud Koshg’ariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Navoiy, Bobur, Mashrab, Ogahiy, Fitrat, Cho’lpon, A.Qodiriy, A.Qahhor, G‘afur G’ulom, A.Oripov, E.Vohidov, O’. Hoshimov, O.Yoqubov singari adabiyotimiz namoyandalari obrazlarining yaratilishi ajdodlar merosining o’ziga xos targ’iboti bo’ldi.

So’zga chiqqan til masalalari bo’yicha tuman hokimi maslahatchisi Sh. Obloqulova, ,,Inson’’ ijtimoiy xizmatlar markazi direktori T.Yo’ldoshevalar tadbir bo’yicha o’z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Tadbir ko'tarinki kayfiyatda davom etdi.

✍️Shofirkon tumani hokimligi axborot xizmati
#Shofirkon_IM
#Insholar_tanlovi
#Ona_tilim_mening_faxrim

💫 Ona tili – bu millatning ruhi, ma’naviy qiyofasi, or-nomusi, orzu-umidlari namunasidir. Ona tili – bu so’z shunchalar ulug’ki, uni har qancha ta’riflasak arziydi. Har qaysi millatning o’z Vatani, oilasi bo’lgani kabi jonajon, betakror tili ham bo’ladi. Inson dunyoga kelibdiki, unung o’z Vatani, onasi, oilasi qanchalik muqaddas bo’lsa, ona tili ham shunchalik ulug’dir

🏢 Shu munosabat bilan ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 5-8-sinf o'quvchilari o'rtasida "Ona tilim - mening faxrim" mavzusida insholar tanlovi tashkil etildi.

Tanlov g`oliblari 21-oktabr - "Ozbek tili bayrami kuni" munosabati bilan tashkil etiladigan bayram tadbirida taqdirlanadi.

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram|Facebook|Instagram
Шофиркон ИМ -таьлим тараккиётига биз билан!
Photo
#Ona_tilim

Shofirkon tumanida bugun o‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan "Til yashasa millat yashaydi" shiori ostida tumandagi Prezident maktabi binosida ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirni tuman hokimi A.Fayzulloyev kirish so‘zi bilan ochib berib, barcha yig‘ilganlarni “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi” hamda 21-oktabr - ”O‘zbek tili bayrami kuni” bilan qizg‘in tabrikladi.

Shundan so‘ng millatimizni ruhan birlashtiruvchi, milliy davlatchiligimizning mustahkam asosi, milliy ma’naviyatimizning bitmas bulog‘i hisoblangan
ona tilimizni madh etuvchi kuy~qo‘shiq va raqslar namoyish etildi. tuman hokimi o'rinbosari A.Qazoqov, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi bo'linmasi rahbari D.G‘afforovalar ishtirok etdi.

Tadbirning badiiy qismida Shofirkon tumani Madaniyat markazi xodimlari tomonidan tayyorlangan kuy-qo‘shiqlar tadbirda yig‘ilganlar e’tiboriga havola etildi. 

Ona tilimizning mavqei, buyukligini saqlashda har birimiz mas’ulmiz. Buni aslo unutmasligimiz lozim. Millatimizni ruhan birlashtiruvchi, milliy davlatchiligimizning mustahkam asosi, milliy ma’naviyatimizning bitmas bulog‘i hisoblangan ona tilimizni sevishni, ardoqlashni, uning boyligi va serjiloligidan bahramand bo‘lishni yosh avlodlarga o‘rgatishda o‘zimiz o‘rnak bo‘laylik.

Barchangizga 21 oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni yana bir bor muborak bo‘lsin
.


✍️Shofirkon tumani hokimligi axborot xizmati