Шофиркон ИМ -таьлим тараккиётига биз билан!
604 subscribers
8.95K photos
388 videos
63 files
1.5K links
Shafirkan specialized school under the Agency of Specialized Institutions

🔴 Murojaat uchun:
Rasmiy bot: @ShofIM_bot
https://www.facebook.com/groups/795922548205270/?ref=share
Download Telegram
Шофиркон ИМ -таьлим тараккиётига биз билан!
Photo
#Ona_tilim

Shofirkon tumanida bugun o‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan "Til yashasa millat yashaydi" shiori ostida tumandagi Prezident maktabi binosida ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirni tuman hokimi A.Fayzulloyev kirish so‘zi bilan ochib berib, barcha yig‘ilganlarni “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi” hamda 21-oktabr - ”O‘zbek tili bayrami kuni” bilan qizg‘in tabrikladi.

Shundan so‘ng millatimizni ruhan birlashtiruvchi, milliy davlatchiligimizning mustahkam asosi, milliy ma’naviyatimizning bitmas bulog‘i hisoblangan ona tilimizni madh etuvchi kuy~qo‘shiq va raqslar namoyish etildi. tuman hokimi o'rinbosari A.Qazoqov, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi bo'linmasi rahbari D.G‘afforovalar ishtirok etdi.

Tadbirning badiiy qismida Shofirkon tumani Madaniyat markazi xodimlari tomonidan tayyorlangan kuy-qo‘shiqlar tadbirda yig‘ilganlar e’tiboriga havola etildi. 

Ona tilimizning mavqei, buyukligini saqlashda har birimiz mas’ulmiz. Buni aslo unutmasligimiz lozim. Millatimizni ruhan birlashtiruvchi, milliy davlatchiligimizning mustahkam asosi, milliy ma’naviyatimizning bitmas bulog‘i hisoblangan ona tilimizni sevishni, ardoqlashni, uning boyligi va serjiloligidan bahramand bo‘lishni yosh avlodlarga o‘rgatishda o‘zimiz o‘rnak bo‘laylik.

Barchangizga 21 oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni yana bir bor muborak bo‘lsin
.


✍️Shofirkon tumani hokimligi axborot xizmati
#Shofirkon_IM
#Scholastic_Aptitude_Test

🏢Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida darslardan soʻng qoʻshimcha fakultativ darslarda xalqaro sertifikat sohibi, oliy toifali  matematika fani o'qituvchisi  Hasanov Hakim tomonidan 9-01-sinf oʻquvchilari ishtirokida SAT xalqaro sertifikatiga tayyorgarlik mashgʻulotlari olib borildi.

☝️ Maʼlumot uchun:
SAT (Scholastic Aptitude Test) — tanqidiy fikrlash ko'nikmalarini tekshirish uchun o'tkaziladigan imtihon, u matematika va ingliz tili fanlari bo'yicha olinadi. Shuningdek, AQSh, Singapur, Turkiya, Gonkong va Yaponiyadagi ayrim universitetlarga kirish uchun standartlashtirilgan test ham hisoblanadi.

📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇
Telegram|Facebook|Instagram