Шофиркон ИМ -таьлим тараккиётига биз билан!
623 subscribers
8.46K photos
360 videos
63 files
1.42K links
Shafirkan specialized school under the Agency of Specialized Institutions

🔴 Murojaat uchun:
Rasmiy bot: @ShofIM_bot
https://www.facebook.com/groups/795922548205270/?ref=share
Download Telegram
#Shofirkon_IM
#Konstitutsiya_baxtimiz_qomusi
🔴 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlangan
bayramga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish yuzasidan Maktabgacha va
maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 21-oktabrdagi 04-176-son nazorat rejasiga asosan Shofirkon   tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Ozbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan joriy yilning 2-dekabr kuni 9-02-sinf o‘quvchilari ishtirokida “KONSTITUTSIYA –HAYOTIMIZ QOMUSI!” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.
📜Ochiq dars davomida Konstitutsiya - har bir millatning bosh qonuni, mamlakat taraqqiyoti va jamiyat hayotining mustahkam huquqiy asosi ekanligi haqida muhim maʼlumotlar berildi.

🔰 Konstitutsiyamizni g`urur bilan “Baxtimiz Qomusi” deya olamiz.

📲Bizni itimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#3_dekab_Xalqaro_nogironlar_kuni

🏢Xalqimiz azal-azaldan mehr-oqibatli xalqdir.
Mehr-muruvvat, oqibat negizida insonning qadriga yetish, hol soʼrash,xayr-saxovat koʻrsatish, yetim-yesirlarga saxiy boʼIish kabi fazilatlar mujassamdir. Yurtimizda nogironligi bo‘lgan shaxslarni doimiy qo‘llab-quvvatlash,ularni ijtimoiy- siyosiy hayotga faol jalb etish maqsadida ko‘pgina chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.Bu kabi yurtdoshlarimizga "Hech kim mehr va e’tibordan chetda emas" degan ezgu g‘oya asosida quvonch ulashish, ko‘nglini ko‘tarish maqsadida Shofirkon tumani ixtisoslashtirilgan maktabi oʻqituvchilari va "Vatan tayanchi" atryadi aʼzolari 3-dekabr-"Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan ularni yo‘qlab borishdi. Imkoniyati cheklangan bo‘lishiga qaramay o‘zining mehnati, sabr-bardoshi, shukronalik fazilatlari bilan ko‘pchilikka oʻrnak boʻlib kelayotgan yurtdoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash, biroz bo‘lsada shodlik ulashish bizning insoniy burchimizdir.

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#Konstitutsiya_32_yil

🏢 Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Konstitutsiyamizning 32 yilligini keng nishonlash maqsadida “Ochiq dars”lar haftaligi davom etadi!

💥 Oliy toifali tarix fani oʻqituvchisi A.Fozilov tomonidan 8-03-sinf oʻquvchilari ishtirokida "Konstitutsiya tarixi va tahlili" mavzusida ochiq dars tashkil etildi. Ochiq dars davomida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Konstitutsiyasi milliy davlatchilikning chuqur ildizlari va xalqaro tajribalariga asoslangan holda, xalqning yuksak ijtimoiy-siyosiy tafakkurining mahsuli sifatida qabul qilinganligi va respublikada amalga oshirilayotgan barcha izchil islohotlarning huquqiy poydevori hisoblanishi haqida muhim maʼlumotlar berildi.

📲Bizni itimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#MEMORANDUM_IJROSI

♻️ Osiyo xalqaro universiteti va Buxoro tibbiyot instituti hamda Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
o‘rtasida oliy ta’limni targ‘ib qilish va rivojlantirish
sohasida o‘zaro hamkorlik
MEMORANDUMI imzolandi.

Joriy yilning 4-dekabr kuni Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi  bitiruvchilari Osiyo xalqaro universiteti va Buxoro tibbiyot institutlarida boʻlib, oliy oʻquv yurtlarida talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar va qulay shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

♻️ Oʻquvchilarga dastlab kutubxonalar, oʻquv jarayonlari va labaratoriya xonalari haqida maʼlumot berildi.

♻️ Institutning bir qator ustoz-murabbiylari o'quvchilarni xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirgach, ulardan laboratoriya jarayonlarida faol ishtirok etishlarini ta'minlashdi.
Oliygoh bo'ylab sayohat juda qizg'in tarzda davom etdi.
O'quvchi yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.


📲Bizni itimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#TADBIR
#Konstitutsiya_baxtimiz_qomusi

🔰Har bir davlat o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lini tanlar ekan, xalq farovonligini ta’minlashga xizmat qiladigan eng muhim maqsad va vazifalarini o‘zining Konstitutsiyasi – Asosiy qonunida mustahkamlab oladi. Binobarin, o‘z xalqining xohish-irodasi, dili va tilidagi ezgu niyatlariga hamohang Konstitutsiyaga ega bo‘lgan mamlakat o‘zi belgilagan yuksak marralardan hech qachon og‘ishmasdan, doimo oldinga qarab boradi.

🏢 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan Ixtisoslashtirilgan ta'lim  muassasalari agentligi tizimidagi Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida joriy yilning 6-dekabr kuni "Konstitutsiya - baxtimiz qomusi" nomli tadbir tashkil qilindi.

🎗Tadbir davomida o‘quvchilar ishtirokida Konstitutsiya tarixi, moddalar sharhi, mavzuga oid sheʼr va sahna ko‘rinishlari tomoshabinlarga havola etildi.

📲Bizni itimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#Bizning_faxrimiz
#IELTS_result

⚡️OʻQUVCHIMIZ IELTSDAN 8 BALLIK NATIJA KOʻRSATDI

🏢Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining  10-01-sinf oʻquvchisi Dilnoza Jalilova IELTS imtihonidan 8 ballga ega boʻldi.

Jumladan:
🌟 Listening - 9
🌟 Reading  - 8,5
🌟 Writing    - 6,5
🌟 Speaking - 7
🌟 Overall - 8

Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz.


📲Bizni itimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#OLIMPIADA_taqdirlash
🏢 Buxoro viloyat maktabgacha va maktab ta'lim boshqarmasi tomonidan Asosiy fan olimpiadasining viloyat bosqichi g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
🏢 Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabidan
Tuygʻunov Xurshid Dilshodovich - 11-sinf oʻquvchisi. Fizika fanidan 2-o'rin sohibi.
Bahodirov Davronbek Bobirovich - 9-sinf oʻquvchisi. Biologiya fanidan 2-o'rin sohibi va oʻquvchilarimizga bilim bergan ustozlari fizika fani oʻqituvchisi V.Axmedov hamda biologiya fani oʻqituvchisi J.Sadrjonovlar ham DIPLOM va pul mukofoti bilan taqdirlandilar!
O'quvchilarimizning ushbu natijaga erishishlarida beminnat yordamlarini ayamagan maktabimiz jonkuyar, fidoiy o'qituvchilariga minnatdorchilik bildiramiz.

💥 O'quvchilarimizga omad hamisha yor bo'lsin.


📲Bizni itimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#8_9_sinf

"Konstitutsiya- bosh qomusimiz" nomli onlayn olimpiada

💥 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining
2024-yil  3-dekabrdagi  02-31-1704 – sonli xatiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-oktabrda “O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiya kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o֥‘tkazish
to‘g‘risidagi” F-53-sonli Farmoyishi 1-ilovasining 44-bandida keltirilgan “Umumiy o‘rta,
o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi qoidalari va tamoyillarini o‘rganish bo‘yicha olimpiada o‘tkazish va
OAVda keng yoritish” topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 8-9-10-11-sinf oʻquvchilari "Konstitutsiya- bosh qomusimiz" nomli onlayn olimpiadada faol ishtirok etishib sertifikatlarga ega boʻlishdi.

📲Bizni itimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#10_11_sinf

"Konstitutsiya- bosh qomusimiz" nomli onlayn olimpiada

💥 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining
2024-yil  3-dekabrdagi  02-31-1704 – sonli xatiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-oktabrda “O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiya kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o֥‘tkazish
to‘g‘risidagi” F-53-sonli Farmoyishi 1-ilovasining 44-bandida keltirilgan “Umumiy o‘rta,
o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi qoidalari va tamoyillarini o‘rganish bo‘yicha olimpiada o‘tkazish va
OAVda keng yoritish” topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 8-9-10-11-sinf oʻquvchilari "Konstitutsiya- bosh qomusimiz" nomli onlayn olimpiadada faol ishtirok etishib sertifikatlarga ega boʻlishdi.

📲Bizni itimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#TAQDIRLASH

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 8- dekabr Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan tashkil etilgan insholar va rasmlar tanlovida faol ishtirok etib faxrli oʻrinlarni egallagan oʻquvchilar taqdirlandi.

📚 Insholar tanlovi natijalari:

🥇1-oʻrin Farhodova Farida
🥈 2-oʻrin Xayrullayeva Sabrina
🥉3-oʻrin Salimov Firdavs

🎨 Rasmlar tanlovi natijalari:

🥇1-oʻrin Yusupova Mushtariy
🥈 2-oʻrin Erkinova Nilufar
🥉3-oʻrin Muhammadova Marjona

💥  O'quvchilarimizga omad hamisha yor bo'lsin.


📲Bizni itimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram