Шофиркон ИМ -таьлим тараккиётига биз билан!
706 subscribers
10.4K photos
440 videos
63 files
1.79K links
Shafirkan specialized school under the Agency of Specialized Institutions

🔴 Murojaat uchun:
Rasmiy bot: @ShofIM_bot
https://www.facebook.com/groups/795922548205270/?ref=share
Download Telegram
Forwarded from Maftuna Nurullayevna
#Shafirkan_specialized_school
#The club_Zakovat
#Teachers_community
 

📌Shofirkon ixtisoslashtirilgan maktabida 7-noyabr kuni  o'qituvchilar orasida "Zakovat" bellashuvi tashkil qilindi.

📚Bellashuvda matematika fani o'qituvchisi  Mahmudov Ahmadning " Renessans " va biologiya fani o'qituvchisi Kenjayev Odilning  "Intellekt" jamoalari bellashdilar.

🏆Qizg'in bahs-munozaralarga boy bo'lgan bu intellektual o'yinda "Renessans" jamoasi 10:8 ball hisobida g'olib bo'ldi.

Shofirkon ixtisoslashtirilgan  maktabi axborot xizmati.

Bizning rasmiy sahifamiz:
https://t.iss.one/shofpiima
7👍7
Forwarded from Maftuna Nurullayevna
#Shafirkan_specialized_school
#The_best_poem
🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 8-01 sinf o'quvchisi Nizomova Sevinchning Vatan himoyachilar kuni munosabati bilan onlayn tarzda o'tkazilgan tanlovda "Eng yaxshi o'zi yozgan she'r" yo'nalishi bo'yicha 1-o'rinni olgan she'rini taqdim etamiz.
ASKARLAR.
Yurtning asl jasur og‘loni,
Sizlar borki obod shaharlar.
Chegaramiz metin qalqoni,
Joni fido mag‘rur askarlar.
Vatan uchun joningiz fido,
Uxlamaysiz hatto saharlar.
Sizni doim qo‘llasin xudo,
Omon bo‘ling doim askarlar.
Yurtning erkin o‘ylaysiz tinmay,
Jonkuyar yo‘q dunyoda sizday,
Qaddingiz tik egilmay, sinmay,
Yurtga qalqon mag‘rur askarlar.
Tungi uyqu sizdan ko‘p yiroq,
Kor qilmaydi oqshom qo‘rquvlar.
Vatan uchun yashaysiz ko‘proq,
Vatan ko‘rki mag‘rur askarlar.
Tinchlik  asli bebaho ne'mat,
Shu tinchlikni asraganlar mard,
Yurtimiz tinch shudir haqiqat,
Sizlar borki mag‘rur askarlar.

Bizning rasmiy sahifamiz👇:
https://t.iss.one/shofpiima
👍8🔥1
Mangu Yulduz 1- son.pdf
4 MB
#Shafirkan_specialized_school
#The Press_News

⚡️Shofirkon IMdan yana bir xushxabar!!!

🔰Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o'quv jarayonlari va maktab pedagoglari faoliyati yoritib boriladigan "Mangu yulduz" nomli maktabimiz jurnalining ilk soni nashrdan chiqdi.

📚Mazkur jurnal Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Buxoro viloyat hududiy boshqarmasiga, maktabimiz o'quvchilari va ularning ota-onalariga mutolaa hamda taklif uchun taqdim qilindi.

Bizning rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇:
https://t.iss.one/shofpiima
👍1