#Shofirkon_IM
#Ota_onalar_majlisi
🏢 Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2025-yil 8-yanvar kuni ota-onalar yigʻilishi tashkil etildi. Yigʻilishda maktabning asosiy maqsadlari va oʻquvchilarning ta'lim jarayonlarini yanada samarali tashkil etish kabi masalalar muhokama qilindi.
Yigʻilishda maktab ma'muriyati, sinf rahbarlari va ota-onalar keng miqyosda ishtirok etdi. Yigʻilish davomida maʼnaviy - maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari S.Hojiyeva maktabning 2 chorak davomidagi yutuqlari va erishgan natijalari haqida ma'lumot berdi. Shu bilan birga, 2025-yil uchun belgilangan rejalar va maqsadlar taqdim etildi.
✅Maktab psixologi U.Sadriddinova ota-onalar ishtirokida "Men farzandimni qanday bilaman" mavzusida trening oʻtkazdi hamda oʻquvchilarning xulq-atvori va muomala madaniyati haqida toʻxtalib oʻtdi.
Majlis davomida:
1. Oʻquvchilarning darslarga qatnashuvini nazorat qilish va intizomini mustahkamlash.
2. Ta'lim sifatini oshirish bo'yicha taklif va tavsiyalar.
3. Ota-onalar va maktab oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish.
4. Maktabning tashkiliy tadbirlarida ota-onalarning faol ishtirokini ta'minlash kabi masalalar muhokama qilindi.
Tadbir yakunida maktab rahbariyati ota-onalarning taklif va tavsiyalarini inobatga olishlarini ta'kidladi. Shuningdek, har bir oʻquvchining muvaffaqiyatli rivojlanishi faqat maktab va ota-onalar oʻrtasidagi hamkorlik orqali amalga oshishi mumkinligi qayd etildi.
🔶 IMA tizimidagi Shofirkon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy sahifalari 👇👇👇
Telegram|Facebook|Instagram