Шофиркон ИМ -таьлим тараккиётига биз билан!
604 subscribers
9.09K photos
399 videos
63 files
1.53K links
Shafirkan specialized school under the Agency of Specialized Institutions

🔴 Murojaat uchun:
Rasmiy bot: @ShofIM_bot
https://www.facebook.com/groups/795922548205270/?ref=share
Download Telegram
#Shofirkon_IM
#Fakultativ_mashgʻuloti
#Shaxmat

❇️Shaxmat - mantiqiy fikrlashni rivojlantiradi

❇️Shofirkon tumani ixtisoslashtirilgan maktabida sportning shaxmat  turi bo‘yicha to'garaklariga o'quvchilar  muntazam faol ishtirok etib kelmoqda.

🔶 IMA tizimidagi Shofirkon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#Fakultativ_mashgʻuloti
#Shaxmat

Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabda o‘quvchilarning intellektual salohiyatini oshirish va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida muntazam ravishda shaxmat to‘garaklari faoliyat olib bormoqda.
💫Ushbu to‘garak o‘quvchilarning nafaqat shaxmat o‘yinidagi ko‘nikmalarini rivojlantiradi, balki ularda sabr, diqqat, mustaqil qaror qabul qilish va mas’uliyatlilikni ham shakllantiradi. Shu sababli shaxmat to‘garagi maktabning eng faol va talabgir yo‘nalishlaridan biri sanaladi.

🔶 IMA tizimidagi Shofirkon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#Uch_avlod_uchrashuvi

🏢Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabda podpolkovnik Xalilov Ravshan Shodiyevich hamda podpolkovnik Rajabov Avaz Nosirovich ishtirokida uch avlod uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida maktab o‘quvchilari Vatan himoyachilari bilan jonli muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Harbiy xizmat yo‘lini tanlagan mehmonlar o‘zlarining hayotiy tajribalarini, armiyadagi qiyinchiliklar va muvaffaqiyatlar haqidagi hikoyalarini o‘rtoqlashib, yoshlar uchun qimmatli maslahatlar berdilar.

💫Tadbirda, shuningdek, mamlakatimiz armiyasining tarixiy rivojlanishi, mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, milliy armiyamizning bugungi kunda tutgan o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
💫O‘quvchilar tomonidan mehmonlarga qiziqarli savollar berildi. Tadbir yakunida podpolkovniklar yosh avlod vakillariga mehnatkashlik, intizom va maqsad sari intilish kabi fazilatlarni o‘zida tarbiyalash zarurligini uqtirdilar

💫Uchrashuv qiziqarli va mazmunli oʻtdi

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#Tonggi_motivatsiya

➡️ Bugungi zamonda telefonlar yomg‘iridan faqatgina KITOB soyaboni bilan omon qolish mumkin...

Xato qilishdan qo'rqmang, o'zgarmaslikdan qo'rqing!

📲Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifamiz orqali kuzatib boring:
Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#Milliy_sertifikat

Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining bir qator oʻquvchilari umumta'lim fanini bilish darajasini belgilovchi milliy sertifikatni qoʻlga kiritishni davom ettirmoqdalar.
⭐️Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘zbek tili va adabiyoti fani bo‘yicha o‘tkazilgan umumta’lim fanini bilish darajasini aniqlash imtihonida maktabning
9-10-11-sinf oʻquvchilari bir qator sertifikatlarni qo'lga kiritishdi.

☀️Oʻquvchilarimizni yaxshi natijalarga erishishlarida oʻz bilimi va mehnatini ayamagan ustozlarimizni tabriklaymiz.

📲Bizni itimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#Milliy_sertifikat
#Ustozlarimiz_yutuqlari

🔰Yuksak intellekt, aql-idrok va ijodiy salohiyatni o‘zida mujassam etgan aziz ustozlarimiz – Salimova Sarvinoz hamda Ismatova Malikalar A darajali milliy sertifikatni muvaffaqiyatli qo‘lga kiritishdi.

Bu yutuq nafaqat ularning professional mahoratining yuksakligini, balki yosh avlodga sifatli ta’lim berishga bo‘lgan intilishlarini ham namoyon etadi.

Ustozlarimizni ushbu ulkan muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz! Kelgusidagi faoliyatlarida ham omad va zafarlar hamroh bo‘lsin!

📲Bizni itimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#Fakultativ_mashgʻuloti
#Shaxmat

❇️Shaxmat - mantiqiy fikrlashni rivojlantiradi

❇️Shofirkon tumani ixtisoslashtirilgan maktabida sportning shaxmat  turi bo‘yicha to'garaklariga o'quvchilar  muntazam faol ishtirok etib kelmoqda.

🔶 IMA tizimidagi Shofirkon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
📚 Ma'naviyat -  jamiyat poydevori

Shofirkon ixtisoslashtirilgan maktabida buyuk ma’rifatparvar, yozuvchi, publitsist, dramaturg va  jadidchilik harakatining yetakchilaridan biri Mahmudxo'ja Behvudiy  tavallidining 150 yilligiga bag'ishlangan " Barhayot siymolar" nomli davra suhbati o'tkazildi.
🇺🇿 Mamlakatimiz dunyo tamadduni va ilm-fan rivojiga ulkan hissa qo'shgan ulug' alloma, ma'naviyatimizning ildizi bo'lgan buyuk siymo hayoti haqida  o'quvchilarimizning ijodiy  mulohazalari, fikrlari aytib o'tildi. Milliy ma‘rifatparvarlik harakati tarafdori Mahmudxo‘ja Behbudiy hayot yo'li yoritilgan videoroliklar namoyish etildi.
🔰 Millatimizni ma'naviyat, ta'lim, tarbiya kamoli sari yetaklagan milliy dramaturgiyamizning birinchi namunasi bo‘lgan “Padarkush” XX asr o‘zbek adabiyoti tongida yorug‘ yulduz sifatida adabiyotda yo‘l ochdi. Tadbirda asarning mazmun - mohiyati, badiiy salohiyati ham yana bir karra baholandi.

🔶 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring  👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#eco_schools_Uzbekistan
#Young_climate_champions
#Shofirkon_IM

🌱Buxoro shahridagi Prezident maktabida “Young climate Champions “  loyihasi doirasida ECO-FORUM o’tkazildi.Forumda Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi ECO -SCHOOL volontyorlari faol ishtirok etishdi.

🌱Kun davomida Ekologik muammolarni hal qilish, tabiiy resurslarni asrash va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari muhokama qilinib, Quiz, Bingo, Fashion show, Palm Print, ijodiy chiqishlar namoyish etildi.Forum davomida faol qatnashgan oʻquvchilarga esdalik sovgʻalari va sertifikatlar topshirildi.

🔶 IMA tizimidagi Shofirkon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#Fakultativ_mashgʻuloti
#Shaxmat

❇️Shaxmat - mantiqiy fikrlashni rivojlantiradi

❇️Shofirkon tumani ixtisoslashtirilgan maktabida sportning shaxmat  turi bo‘yicha to'garaklariga o'quvchilar  muntazam faol ishtirok etib kelmoqda.

🔶 IMA tizimidagi Shofirkon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#Fakultativ_mashgʻuloti
#Shaxmat

❇️Shaxmat - mantiqiy fikrlashni rivojlantiradi

❇️Shofirkon tumani ixtisoslashtirilgan maktabida sportning shaxmat  turi bo‘yicha to'garaklariga o'quvchilar  muntazam faol ishtirok etib kelmoqda.

🔶 IMA tizimidagi Shofirkon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#Ochiq_dars

Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida oliy toifali oʻqituvchi Sadilloyeva Dilorom Valiyevna tomonidan 9-02-sinfida adabiyot fanidan "Abdulla Oripov hayoti va ijodi" mavzusida namunali dars tashkil etildi. Darsda o'quvchilar 3guruhga bo'linib 5 shart asosida bellashdilar.
1."Zinama-zina"
2."Meni tushun"
3." Esda saqlang" 
4."Yillar tilga kirganda"
5."Ha-yo'q"
Yuqoridagi metodlar orqali oʻquvchilarning fanga bo'lgan qiziqishlari ortib, darsda yanada faol boʻlishlariga erishildi.
 
Bellashuvda "Iqtidorlilar"jamoasi g'olib bo'ldi.

🔰Dars qiziqarli va mazmunli oʻtdi.

📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#Shaxmat

Oʻzbekiston chempionati saralash musobaqasi

❇️Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining shaxmat toʻgaragi aʼzolari Buxoro shahrida boʻlib oʻtayotgan shaxmat sport turi boʻyicha Oʻzbekiston chempionati saralash musobaqasining 14-16-18 yoshlilar oʻrtasida tashkil etilgan viloyat birinchiligida  faol ishtirok etishyapdi.

🔶 Shaxmat – nafaqat o‘yin, balki saboq. Har bir mag‘lubiyat – kelajakdagi g‘alaba uchun dars. Yig‘lagan ko‘z yoshlar keyinchalik kulgu va g‘ururga aylanadi.


📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇

Telegram|Facebook|Instagram
#Shofirkon_IM
#Uchrashuv

Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan  maktabining sobiq bitiruvchilari – hozirda Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik muhandislik bilim yurtida tahsil olayotgan Qulmurodov Bahrom va Bekmurodov Elmurodlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir davomida harbiy taʼlim muassasasida oʻqish jarayoni, bu kasbning sharafi va masʼuliyati, harbiy hayotning qiziqarli jihatlari haqida fikr almashildi. Sobiq bitiruvchilar oʻquvchilarga oʻz tajribalari, bilim yurtiga kirish imtihonlariga tayyorgarlik jarayonlari, jismoniy va aqliy tayyorgarlikning muhimligi haqida soʻzlab berdilar.
Shuningdek, uchrashuv davomida harbiy sohaga qiziqqan yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.Tadbir yakunida maktab maʼmuriyati mehmonlarga tashrif uchun minnatdorlik bildirib, ularning kelgusidagi oʻqish va xizmat faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi. Bunday uchrashuvlar yosh avlodni Vatanga sadoqat, jasorat va fidoyilik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.
Telegram|Facebook|Instagram